Andijon shahrida bir nechta yigitlar yo‘lda guruh bo‘lib, ulardan ikki nafari tanasining yarmini mashina oynasidan chiqarib harakatlandi. Viloyat YHXB holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Xabarga ko‘ra, 30-aprel kuni soat 15:20 larda Andijon shahri O‘zbekiston ko‘chasida bir guruh haydovchilar mashinalarda guruh bo‘lib harakatlanib, o‘zining va o‘zgalarning hayotiga xavf tug‘diruvchi xatti-harakatlar sodir etgan. Jumladan, 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro A.N. o‘zining Nexia-3 mashinasida asosiy yo‘lda teskari (orqa bilan) harakatlanib, avariya holatini keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlar sodir etgan.
Bundan tashqari, ushbu guruh bo‘lib harakatlangan transport vositalarida 2 nafar yo‘lovchi tanasini salondan chiqarib, kortejni videoga olayotgan holatlari aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan barcha qoidabuzarlarga tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rildi.
Izoh (0)