Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda haydovchi tungi vaqtda bolasining boshini mashina oynasidan chiqarib harakatlangani aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
YHXBning xabar berishicha, yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchiga nisbatan o‘rnatilgan tartibda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borildi.
Bundan oldin Qoraqalpog‘istondagi to‘yda tanasini mashinadan chiqarib tasvirga olgan operatorlar va haydovchi jarimaga tortilgan edi. Shuningdek, Andijonda 20 yoshli qiz mashinadan tanasini chiqarib harakatlangani, Samarqandda harakatlanayotgan Gentra’dan tanasini chiqarib, soxta dollar sochgan yigitlarga chora ko‘rilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)