Andijon viloyati Asaka tumanida 20 yoshli qiz mashinadan tanasini chiqarib harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Viloyat YHXB axborot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Unga ko‘ra, holat 18-may kuni soat 23:50 lar atrofida, Asaka tuman hududida sodir bo‘lgan. 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.O. o‘zining Gentraʼsida tanishining tug‘ilgan kunidan uyga qaytib kelayotgan vaqtida, o‘zi bilan birga kelayotgan 2003-yilda tug‘ilgan fuqaro M.V. mashinaning salon qismidan tana qismlarini chiqarib harakatlangan. Holat boshqa bir fuqaro tomonidan video tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.
Mazkur holat yuzasidan, viloyat IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan qoidabuzarlarga nisbatan tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rilib, boshqarma boshlig‘ining 1-o‘rinbosari ishtirokida profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
Izoh (0)