• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Narigi dunyoga tirik holda o‘tish yo‘lini topsang ham, o‘z vijdoningdan qochib qutulolmaysan! O‘zingdan qanday qochasan?..” “Mashinist” filmi haqida

    O‘qish davomiyligi: 8-9 daqiqa

    Hech e’tibor berganmisiz, hech kimga bildirmay, nimadir ish qilib qo‘ygan odam, deylik, sigaret chekkan/aroq ichgan/yolg‘on gapirgan/o‘g‘rilik qilgan/begunoh hayvon yoki odamni o‘ldirgan/undan ham kattaroq gunoh qilgan odam oxir-oqibat o‘sha yashirib yurgan sirini yaqinlari oldida o‘zi tan oladi. Jazoga o‘zi bosh urib boradi. Chunki yolg‘izlikda bu badhaybat sirni berkitib yashash azobidan ko‘ra yaqinlaring oldida yuzing shuvut bo‘lishi ming marta yengilroq va osonroq tuyuladi. Aslida ham shunday. Bugungi kinotaqrizda ham aynan o‘sha og‘riq — vaqtida oshkor etilmagan gunoh og‘irligi va tiyiqsiz vijdon azobi haqida gaplashamiz.

    Foto: “Alternative Movies”

    Sujet rasshifrovkasi

    Janr: psixologik triller, drama

    Ishlab chiqarilgan yil: 2004

    Budjet: 5 million dollar

    Rejissor: Bred Anderson

    Aktyorlar: Kristian Beyl, Jennifer Jeyson Li, Aytana Sanches Xixon

    Slogan: “How do you wake up from a nightmare if you’re not asleep?” (“Uxlamay turib qanday bosinqirashdan cho‘chib uyg‘onish mumkin?”) 

    Kartina bosh qahramoni — Trevor Reznik. Shaharning eng ko‘rimsiz zavodida oddiy chilangar bo‘lib ishlaydi. Qachondir Trevor baliq oviga mukkasidan ketgan, o‘ziga yarasha kayf-u safo qilib yurar, umuman, hayotning har lahzasini shunchaki o‘tkazib yuborishni xohlamaydigan odam edi. Lekin endi Trevor uni “yuruvchi murda”ga aylantirgan uyqusizlikdan aziyat chekmoqda. Bir yildan beri uxlamaydi. Bir yil — odam aqldan ozishi uchun keragidan ortiq fursat. U nimadir yeganini, bundan keyin ham yeyishini eslolmaydi. Qorni ochqaydimi, yo‘qmi, endi u bu narsalar xususida bosh qotirmaydi. Qotiradigan bosh allaqachon o‘zining qo‘rquvlari, illyuziyalari iskanjasida qolib ketgan.

    Hamkasblari, dastlab, o‘ng va tushning farqiga bormay qolgan bu yigitning telbanamo harakatlari, uzuq-yuluq gaplari, qorayib, salqib qolgan qovoqlariga, ma‘nosiz boqib turguvchi ko‘zlariga toki bir kuni zavodda kutilmagan holat ro‘y bergunga qadar e‘tibor berishmaydi: o‘rta yoshli ishchining qo‘lini birdan ishga tushib ketgan mexanizm uzib oladi. Bunda ko‘pchilik Reznikni aybdor deb topadi. Chunki u o‘sha ishchi oldida turgan va mexanizmni ham o‘zi istamagan holda (tisarilaman deb yelkasi bilan qizil tugmani bosib yuboradi) ishga tushirib yuborgan edi. Lekin Trevor bunda zarracha aybi yo‘qligini ta‘kidlaydi: emishki, hammasiga zavodga yaqinda ishga kirgan Ayvan ismli qora tanli ishchi sababchi. Unga g‘alati gaplar gapirdi, g‘alati tirjaydi, bundan qo‘rqqan Trevor instinktiv ravishda ortga tisarildi, shuning oqibatida shu falokat yuz berdi. Biroq Trevorning gapini hech kim jiddiy qabul qilmaydi. Aksincha, uni aqldan ozyapti, deb o‘ylashadi. Chunki zavodga yaqin orada hech qanday yangi ishchi kelmagan, Ayvan ismli qora tanli ishchi esa na ro‘yxatda, na real hayotda bor edi. Trevor bundan dahshatga tushadi. Boshliqlariga meni ishdan bo‘shatish uchun boshqa bahona topilmadimi, deya jahl qilib chiqib ketadi.

    Foto: “Alternative Movies”

    Trevor ming harakat qilsa ham uxlolmaydi. Endi ko‘zim ilindi deganda, oddiy tiqirlash, telefon jiringlashi, kitobni qo‘lidan tushib ketishi bahonasida cho‘chib uyg‘onib ketadi va har safar soatga qaraganida tungi 1:30 dan oshgan bo‘ladi. Bu narsa uning ruhiyatiga ta‘sir qilmay qolmaydi. Cho‘pday, qo‘rqinchli tarzda ozib ketadi. Paranoikka aylanadi: yuz bergan hodisalar rostmi, yolg‘on bora-bora farqlolmay qoladi. Bu narsa uning ich-etini yeydi. Dardini bo‘lishadigan odam izlaydi va ofitsiant bo‘lib ishlaydigan Merini uchratadi. Ayolga ham Trevor yoqib qoladi, hatto bir kuni o‘g‘li Nikolas bilan birga sayr qilib kelishiga rozilik bildiradi.

    Sirli ishlar

    Telbalik girdobi uni asta-sekin yutib yuboradi. Biroq, u o‘zi bilan sodir bo‘layotgan hamma g‘alati narsalar kimningdir shaytoniy o‘yini, ssenariysi ekanligiga ishonib yuradi. Vaqti-vaqti bilan u Ayvan bilan juda ko‘p o‘xshashliklarga ega ekanligini ko‘rsatadigan “maslahatlar”ga, holatlarga duch keladi…

    Ko’p o‘tmay zavodda tag‘in fors-major holat yuz beradi. Fojia takrorlanishiga bir baxya qoladi: Trevor ham qo‘li uzilgan ishchi holiga tushib qoladi. Yaxshiyamki, unga vaqtida yordam ko‘rsatishadi. Biroq aqldan ozgan Reznik buni uyushtirilgan deb hisoblaydi va ishdan ketadi. Boshqa tarafdan Trevor uyqusizlik va mavhum qo‘rquvlar dastidan sillasi quriydi. Ayvanni izlashga holi qolmaydi. Bir kuni yo‘ldan o‘tayotganda Ayvanni qizil mashinada ketayotganini ko‘rib, uni politsiyachilar ta’qib qilishi uchun, o‘zini ataydan mashinaga otadi. Qattiq shikastlansa-da, Trevor la’nat tekkur odamni tezroq ushlashlari uchun politsiyaga jabrdiyda sifatida murojaat qiladi. Biroq barmoq izlari va boshqa ma‘lumotlar ochiqlangach, tergovchilar unga ishonqiramay, xavfsirab qarashni boshlaydi. Chunki u aybdor deb topgan mashina bir necha oy oldin Trevorning o‘ziga tegishli bo‘lgan, qanchalar dahshatli eshitilmasin, uni o‘zi urib yuborgandi. Politsiya uni kissavur bilib, qo‘lga olmoqchi bo‘ladi, biroq Reznik u yerdan qochib ketadi.

    Foto: “The Film Experience”

    Yillar dovulidan asrab kelgan tayanch nuqtasi birdan ro‘yo bo‘lib chiqsa, odam bo‘shliqda qolib ketadi, na oldga intila oladi, na ayni holatga ko‘na oladi. Xuddi shunday, suyanchiq yo‘qotib qo‘ygan Trevordagi ruhiy buzilishlar avjiga chiqib boraveradi. Ilk bor ko‘nglini yoritgan ayolga bor g‘ussalarini to‘kib sochish uchun kafega borganida, lol qoladi. Ma‘lum bo‘lishicha, Meri ismli ayol bu yerda hech qachon ofitsiant bo‘lib ishlamagan, Trevorga esa bir yildan beri butkul boshqa xotin xizmat ko‘rsatadi. Baribir barchasiga oydinlik kiritish jazavasi Trevorni tinch qo‘ymaydi.

    “Endi ozgina uxlasam bo‘lar…”

    Bir kecha Reznik uyiga Ayvan Nikolas, Merining yagona dilbandini olib kirib ketayotganini ko‘rib, shoshib orqalaridan kiradi, bola esa birdan yo‘qoladi. Shuncha chaqirsa ham javob kelmaydi. Hammasidan batamom charchagan mashinist Ayvanni urib o‘ldiradi. Jasadni isqirt bir palosga o‘rab, shahar chetidagi ko‘lga oqizib yuborish uchun mashinasining orqa bagajiga ortadi. Yarim tunda o‘likni xarsanglar ustidan turib, otib yubormoqchi bo‘lganida uzoqdan kimdir fonar bilan u tarafga kela boshlaydi. Trevor guvoh paydo bo‘lmasidan jasaddan tezroq qutulish uchun palosni yozadi va undagi o‘z qoniga bo‘yalgan murda izsiz yo‘qolganini payqab, dahshatga tushadi. Ortdan fonar ko‘tarib kelgan odam esa yana Ayvan bo‘lib chiqadi. Mashinist holsizlanib, barini bir-bir eslashga urinib ko‘radi. Nihoyat uning vijdoni o‘ziga ko‘zgu tutadi: vaziyat, aslida, butkul boshqacha bo‘lgan edi.

    Aslida, Trevor bir yil oldin o‘sha qizil mashinasida yo‘ldan xotirjamgina o‘tayotgan murg‘akkina Nikolasni urib yuborgan, Meri jon bergan farzandi qoshiga chinqirib chopgan, Reznik falokatdan qo‘rqib, voqea joyidan gumdon bo‘lgandi. Vijdon azobidan butun umr qiynalmaslik uchun Trevor Endryu (“La’natlanganlar oroli”) kabi barchasini unutgan, eslashga harakat ham qilmagandi. Biroq vijdon azobidan shunchaki qochib qutulib bo‘lmaydi. Trevor qilgan ishidan pushaymon bo‘ladi va hammasini politsiyaga aytib, uni qamashlarini so‘raydi. U qamaladi. Kartina oxirida biqiq xonadagi toshdek qattiq krovatga cho‘zilar ekan, mashinist bir so‘zni pichirlaydi: “Ozgina uxlab olmoqchiman…”

    Foto: “The Film Experience”

    Tahlili bor sujet uchun qo‘shimcha tushuntirish

    “Mashinist”ni to‘liq tushunish uchun Dostoyevskiyning Raskolnikovini eslash kifoya. Vijdon azobidan ezilib, adoyi tamom bo‘lgan yigitning qutqaruvga muhtoj ruhi kartinadagi juda ko‘p sahnalarda bo‘y ko‘rsatadi. Trevor ham Raskolnikov kabi jinoyat sodir etadi va undan yashirinish mumkin deb o‘ylaydi. Alaloqibatda, uni chindan politsiya, qonun, tergovchilar fosh qilisha olmasa-da, o‘z o‘ziga o‘qigan hukmi oldida chidolmaydi, qarg‘ishga uchragan kunlarni boshidan o‘tkazadi.

    Mashinist tafsilotlar va ramzlar bilan to‘ldirilgan psixologik triller. Filmning mohiyati shundaki, har kim o‘z vijdonidan qochib qutulolmaydi. Mavjud qonun-u huquqlardan qutulish mumkindir, biroq ichkaridagi o‘ydan xalos bo‘lishning iloji yo‘q. Trevor ham qattiq travma olgan odam sifatida oxirida sodir etgan gunohi uchun pushaymon bo‘ladi.

    Endi ishoralarga doir bir necha savollar tug‘iladi. Nega soat har doim tungi 1:30 ni ko‘rsatardi? Nega Trevor har doim uyidan bir necha chaqirim uzoqlikdagi aeroportga, shunchaki qahva ichish uchun borardi? Bunga uni nima majbur qilar edi? Sababi, Reznik bolani soat 13:30 da urib yuboradi. Jinoyat esa aeroport hududida sodir bo‘ladi. Rejissor bu bilan sen qutuldim deb o‘ylagan makon aynan sen qochgan joy bo‘lib chiqadi, ming urinma, ming o‘zingni aldama, bu umumg‘oyani, o‘zgarmas mezonni buza olmaysan, demoqchi bo‘lgandir balkim.

    Ha, aytgancha, Ayvanning kiyinishida ham bir nechta simvollar bor. Reznik yengil avtohalokatda pachoq bo‘ldi degan bahona bilan mashinasini sotib, dalillardan qutuladi. O‘shanda uning mashinasida sigaret, zajigalka, kovboylarnikiga o‘xshab ketadigan etik, avtomobil oynasiga osilgan “marshrut-66” yozuvi va qora ko‘zoynak bor edi. Trevor Ayvanni uchratganda mana shu narsalarning barchasi Ayvanda borligini eslaydi. Unda Ayvan kim?

    Ayvan Trevordan jismonan kuchliroq va u chinakam odam emas, balki Trevorning baxtsizlik ko‘lankalaridan hosil bo‘lgan “qop-qora” gunohi. Ayvanda Trevorning jamiki kamchiliklari, isqirt odatlari, yovuzligi mujassam. Shuning uchun u Trevorni bemalol boshqara oladi, unga bo‘yinsunmaydi, uning mashinasini haydaydi, ko‘zoynagi, kovboy etiklarini kiyadi va u kabi baliq ovlashni yaxshi ko‘radi.

    Darvoqe, baliq. Film davomida xolodilnik ichida bir yildan oshiqroq vaqt davomida qolib, sasib, irib ketgan baliq sahnasini ko‘ramiz. Umuman, nimaga aynan baliq tanlangan? Bu ham qiziq. Psixoanaliz sohasida tengsiz bo‘lgan K. G. Yung uni Iso Masih bilan bog‘lagan. Bu bilan Trevor muzlatgichidagi bijg‘igan baliq uni Masihning g‘oyalaridan uzoqlashishni anglatishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, bu yerda qo‘rquv va qahramonning pokiza ruhni qutqarish uchun irkit tanasini qurbon qilishni istamasligi bor.

    Shuncha mazmun va mohiyat sabab ham “Mashinist” har kim ko‘rishi, ko‘rganda ham yolg‘iz, chalg‘imasdan tomosha qilishi kerak bo‘lgan filmlar ro‘yxatining eng yuqori pog‘onalarini egallab turadi. Undagi og‘riq, gallyutsinatsiya, uyqusizlik charchog‘i, madorsizlik, kino so‘nggiga qadar sizni tark etmaydigan horg‘in xomushlik filmning eng katta yutuqlaridan hisoblanadi.

    Foto: “Movie posters”

    Kinodan iqtiboslar

    Shu ko‘yi ozishda davom etsang, yo‘q bo‘lib ketishing tayin.

    — Xavotirlanma, hammada bo‘ladi uyqusizlik.

    — Stivi, men deyarli bir yildan beri uxlaganim yo‘q...

    Eng kichik gunohning ham yo‘li uzun…

    Qiziqarli faktlar

    Kristian Beyl Trevor obrazini gavdalantirish uchun tez va shifokorlar maslahat bermaydigan yo‘l bilan ozgan. Hatto Bred Andersonning (“Mashinist” rejissori) o‘zi ham Beylning bunchalik ozib ketishini tasavvur qilmagan. Ammo aktyorning har ishga professional yondashuvini ko‘rib, uning iste’dod va mehnatiga tasanno aytgan.

    Trevor Meri va Nikolasni uyiga olib borganida, haydovchining yon oynasidan diqqat bilan qarasangiz, orqa fonda o‘tirgan ikki kishini ko‘rishingiz mumkin. Bred Andersonning so‘zlariga ko‘ra, ular haqiqatdan geroin bilan shug‘ullanadigan giyohvandlar bo‘lgan, suratga olish payti tasodif bilan kinoga muhrlanib qolgan.

    Kristian Beyl yanayam tezroq ozish va dahshatli ko‘rinish uchun suratga olish kunlaridan tashqari ham surunkasiga chekkan hamda tanaga quvvat bo‘luvchi deyarli hech narsa yemagan.

     Azizbek Yusupov

    05.08.2023, 23:30   Izoh (1)   20428
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 5606461557@telegram.org / 09.08.2023, 15:21

      Bo'lajonim, gap yo', yorvoration!

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vaqtida so‘ralmagan erk tashnaligi, beg‘uborlik qobig‘i va ko‘zgudagi haqiqat. “Qora oqqush” filmidagi ishoralar talqini

    19.05.2023, 10:30

    “Hayvonday yashagandan odamdek o‘lgan ma’qul...”. “La’natlanganlar oroli” filmi haqida

    20.05.2023, 22:37

    “Sen egalik qilayotgan narsalar vaqti kelib senga egalik qilishni boshlaydi…” — “Jang klubi” filmi haqida

    22.06.2023, 23:40

    Ekranlarda millionlab qalblarni zabt etishiga qaramay shaxsiy hayotda haligacha baxtini topmagan turk aktyorlari (foto)

    05.08.2023, 18:35

    Mashhur filmda Fantomas obrazini gavdalantirgan aktyor hayotda qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan? 

    05.08.2023, 14:35

    Nufuzli universitetlarni tamomlagan jahon kinosi yulduzlari (foto)  

    04.08.2023, 17:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NATO sobiq bosh kotibi Trampga qarshi turish uchun klub tuzishga chaqirdi

    Dunyo | 13 may, 19:30

    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan

    Reklama | 13 may, 19:30

    Maksim Shatskix “Andijon” bosh murabbiyi etib tayinlandi

    Sport | 13 may, 19:29

    Qozog‘istonda onasidan ayrilgan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 13 may, 19:20

    Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

    O‘zbekiston | 13 may, 19:18

    Ukraina Xitoy armiyasini Moskvadagi paradda qatnashgani uchun tanqid qildi

    Dunyo | 13 may, 19:10

    XDP fraksiyasi — parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 13 may, 18:00

    Kann kinofestivali ishtirokchilariga ochiq kiyinish taqiqlandi

    Layfstayl | 13 may, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.