Andijon shahrida bir guruh qizlar Damas oynasidan tanasini chiqarib harakatlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, holat 2023-yil 10-aprel kuni taxminan soat 16:00 larda sodir bo‘lgan. Bir guruh qizlar to‘yga olib borishga Damas haydovchisini gaplashadi. Shundan so‘ng mashina harakatlangach, ular tanasining yarmini oynadan chiqarib, belgilangan tartib-qoidalarni buzgan.
“Men 10-12 metr yurganimda ular boshini chiqarib, turli harakatlar qilishni boshladi. Shu vaqt men mashinani to‘xatib, ularga ichkariga kiringlar dedim”, — deydi haydovchi.
Shuningdek, qizlar ham o‘z ishiga izoh berib, bundan pushaymonligini aytib o‘tgan.
“Haydovchining yo‘lini to‘sib, biz ‘ZAGS’ga bordik. Bilmay bu ishni qilibmiz”, — deydi qizlardan biri.
“Biz Damas chaqirib, ‘ZAGS’ga chiqayotgan edik. Oynani ochib, baqir-chaqir qilib, oynadan chiqdik. Shundan pushaymonmiz”, — deydi yana bir qiz.
Qoidabuzar qizlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ular bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.
Izoh (0)