• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Merilin Monro, Maykl Jekson, Bryus Li. Sirli o‘lim topgan jahon yulduzlari (foto)

    Mashhurlarning hayoti millionlab odamlarning eʼtibor markazida bo‘ladi. Ko‘pgina muxlislar o‘zlarining seviklilari haqidagi hamma narsani bilaman deb o‘ylaydi, lekin baʼzi yulduzlar abadiy sir bo‘lib qolmoqda. Ularning o‘lim sabablari ham ko‘plab fitna nazariyalarini keltirib chiqaradi. Quyida shunday yulduzlar haqida hikoya qilamiz.

    Merilin Monro

    Merilin Monro
    Foto: Wikimedia Commons

    Mashhur aktrisaning o‘limi hali ham sirligicha qolmoqda. Aktrisaning jasadi 1962-yili 4-avgustdan 5-avgustga o‘tar kechasi Los-Anjelesdagi uyidan topilgan. Merilin Monro haqiqatan ham o‘zini zaharlab joniga qasd qilganmi yoki u aslida Amerika razvedka xizmati tomonidan o‘ldirilganmi, hali ham nomaʼlumligicha qolmoqda. Ekran yulduzi o‘sha paytdagi AQSh prezidenti Jon Kennedi bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan. Monro Kennedi oilasining baʼzi sirlarini bilganligi aytiladi. Aktrisaning jasadi yotoqxonasida oyoqlari va qo‘llarida qotillik alomatlari bilan topilgan. Har holda ko‘plab muxlislar ushbu versiyaga ishonadi.

    Malika Diana

    Malika Diana
    Foto: Getty Images

    1997-yil 31-avgust kuni Uels malikasi, Britaniya qirollik oilasi vakili Diananing avtohalokatga uchrab, fojiali o‘lim topgani butun dunyoni qayg‘uga soldi. O‘sha mudhish kechada Diana misrlik milliarderning o‘g‘li  sevgilisi Dodi al-Fayed bilan kechki ovqatdan qaytayotgan bo‘lgan. Ular Parijdagi uyida qolib, ertasi kuni ertalab Londonga uchib ketishni rejalashtirgan. Versiyalardan biriga ko‘ra, ularning yo‘lini mashina kesib o‘tgan, natijada haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, beton ustunga borib urilgan. Haydovchi va Dodi voqea joyida vafot etgan. Shifokorlar har qancha harakat qilmasin Diananing hayotini asrab qola olmagan. Tergovdagi ko‘plab nomuvofiqliklar sabab uning o‘limi ko‘plab fitna nazariyalarini keltirib chiqardi. Baʼzilar qirollik oilasi 1995-yilda BBC bilan shov-shuvli intervyusi bilan qirollik oilasi sha’niga putur yetkazgan Dianani yo‘q qilish uchun Britaniya maxsus razvedka xizmati bilan til biriktirgan deb hisoblaydi. Bundan tashqari, Diananing misrlik oshig‘idan homiladorligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi va qirollik oilasi shahzodalarning musulmon birodarlari bilan uzoqdan bo‘lsa-da qarindosh bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdi. Dodining otasi ham ushbu versiyani omma oldida tasdiqlagan. Keyinchalik Diananing  xizmatkori topgan maktubda kimdir uni o‘ldirmoqchi bo‘layotgani haqida yozilgan bo‘lgan.

    Maykl Jekson

    Maykl Jekson
    Foto: Global Look Press

    Rasmiy versiyaga ko‘ra, pop qiroli 2009-yil 25-iyunda giyohvand modda iste’molini haddan tashqari oshirib yuborgan va nojo‘ya taʼsiri tufayli vafot etgan deyiladi. Sud xonandani davolagan shifokorni qotillikda ayblab, qamoq jazosiga hukm qildi. Lekin super yulduzning muxlislari uning o‘limi sahnalashtirilganiga ishonadi. O‘limining so‘nggi yillarida mojarolar tufayli Maykl Jeksonning obro‘siga putur yetgan etdi. Xonanda “This is It” xayrlashuv gastroli uyushtirish orqali moliyaviy ahvolini yaxshilashni rejalashtirgan, lekin birorta ham konsert berishga ulgurmagan. Ammo o‘limidan keyin uning katta sug‘urta shartnomalari yo‘qotishni qopladi va musiqa savdosidan tushgan foyda uning merosxo‘rlari uchun yaxshi hayotni taʼminladi.

    Janni Versache

    Foto: Marie Claire
     

    Moda olamining qiroli Janni Versachening o‘limi sababi javoblardan ko‘ra, ko‘proq savollar tug‘diradi. Mayami politsiyasi boshlig‘i Richard Borrero: “Haqiqiy sababni hech qachon aniqlay olishimizga ishonchim komil emas”, — degan. Versache moda imperiyasi asoschisining hayoti 1997-yil 15-iyulda Mayami-Bichdagi villasi ostonasida fojiali tarzda yakun topdi. 27 yoshli amerikalik seriyali qotil Endryu Kyunennen qochib ketayotib dizaynerga ikki marta o‘q uzgan. Shundan so‘ng, jinoyatchi o‘z joniga ham qasd qilgan, shuning uchun sabablar noaniqligicha qolmoqda. Dizaynerning hayoti va faoliyatida uni shu tarzda o‘ldirish istagi paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan nimadir bo‘lganmi yoki yo‘qligi ma’lum emas.

    Tupak Shakur

    Tupak Shakur
    Foto: Getty Images

    Tupak Shakurning o‘limi hip-hop tarixidagi eng bahsli voqealardan biri bo‘lib qoldi. Reper 1996-yil 13-sentyabrda 25 yoshida vafot etgan. O‘sha mudhish oqshomda reper menejeri Shug Nayt bilan birga mashinada Los-Anjelesdagi klublarning biriga ketayotgan edi. Yo‘lda ularni boshqa bir mashina quvib yetib, uning oynasidan bir nechta o‘q uzildi. Boshidan yaralangan menejer omon qolgan, ammo Tupak Shakur olgan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etgan. Shakurning o‘limi ko‘pchilikni shubha ostida qoldirdi, sababi uning o‘limidan keyin chiqqan albomida o‘limi sahnalashtirilishi mumkinligi haqida aytgan ekan. Boshqa bir guruh muxlislar Shug Nayt o‘z hamkorini o‘ldirishga buyurganiga ishonadi. Tupak Shakur Death Row Records musiqiy leybl bilan shartnomasini bekor qilishni rejalashtirayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan. Bu esa Naytning foyda olish huquqidan mahrum bo‘lishini anglatadi. Hozirgacha bu holat yopiqligicha qolmoqda.

    Natali Vud

    Natali Vud
    Foto: Marie Claire

    1981-yil noyabr oyida aktrisa eri Robert Vagner, ularning oilaviy do‘sti Kristofer Uoken va kema kapitani Dennis Devern bilan Kaliforniya qirg‘oqlari bo‘ylab yaxtada sayohatga chiqadi. Biroq, ular Natalisiz qirg‘oqqa qaytadi. Bir necha kundan keyin aktrisaning jasadi suvdan topilgan. Ular fojiaga aloqadorligini rad etib, Natali Vud tunda uxlashga yotganini va ertasi kuni ertalab uning kabinasi bo‘sh bo‘lganini daʼvo qildi. Keyinchalik o‘lim sababi cho‘kish deb aytildi, ammo 30 yil o‘tgach, jamoatchilik yangi tafsilotlarni bilib oldi. Kapitan Dennis Devern o‘zining “Alvido, Natali, xayr, Splendour” memuar kitobida, tergov paytida u Robert Vagner versiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun advokatlar bosimi ostida majbur bo‘lganini tan oldi. Maʼlum bo‘lishicha, u Natali Vud va uning eri o‘rtasidagi janjalning guvohi bo‘lgan va uni eri o‘ldirganiga shama qilgan. Uning ko‘rsatmasi bo‘yicha ish qayta ochildi, ammo hozircha tergov Robert Vagnerni hibsga olish uchun asos topmadi.

    Bryus Li

    Bryus Li
    “O'lim o'yini” filmidan lavha

    Afsonaviy jang sanʼati ustasi va aktyor Bryus Li 1973-yil 20-iyulda “O‘lim o‘yini” filmini suratga olish paytida vafot etgan. O‘limidan oldin, u bosh og‘rig‘idan shikoyat qilgan va “Equagestik” tabletkasini qabul qilgan. Ammo to‘satdan uning ahvoli keskin yomonlashadi va u suratga olish maydonchasida vafot etadi. O‘limning rasmiy sababi miya shishi bo‘lib, u preparatga allergiya yaʼni qonda natriy yetishmasligi tufayli tanadagi suyuqlik kamaygani natijasida yuzaga kelganligi aytiladi. Gap shundaki, fojiadan olti oy oldin aktyor ekranda yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lish uchun ter bezlarini oldirgan. Bu esa issiqlik urishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan. Biroq muxlislar o‘lim suiqasd tufayli sodir bo‘lganiga shama qiladi. Bryus Li go‘yoki Yakuzaga o‘zi tushgan filmlardan olgan daromaddan foiz to‘lashdan bosh tortgan. Boshqa nazariyaga ko‘ra, kung-fu sirlarini oshkor qilgani uchun buddist rohib tomonidan o‘ldirilgan.

     Ruslana Korshunova

    Ruslana Korshunova
    Nina Ricci reklamasidan lavha

    Ruslana Korshunova o‘zining go‘zalligi uchun “rus Rapunzeli” laqabini olgan. U butun dunyo bo‘ylab afishalarda va podiumlarda porlagan. Ko‘pchilik uni Nina Ricci parfyumining reklamasi orqali hali ham eslaydi. Uning kelajagi buyuk bo‘lishini bashorat qilishgan, ammo hayoti 2008-yilning 28-iyunida fojiali tarzda yakun topdi. Sud-tibbiyot ekspertlari qizning Manhettendagi kvartirasining to‘qqizinchi qavati derazasidan sakrab tushganini aniqlashdi. Top modelning onasi va muxlislari o‘z joniga qasd qilish versiyasiga ishonmadi. Britaniyalik televizion prodyuser Piter Pomerantsev qizning o‘limini model uch oy davomida ishtirok etgan “Dunyo atirgullari” sektasi bilan bog‘ladi. Biroq o‘shanda hech narsani isbotlab bo‘lmadi. Qizning jasadini topgan xizmatchi Korshunovaning sochlari qirqilganini payqagan. Bir yil o‘tgach, Ruslananing dugonasi Anastasiya Drozdova (ular birga “Dunyo atirgullari” shaxsiy o‘sish bo‘yicha treninglarda qatnashgan) ham joniga qasd qildi. Ruslana Korshunova tug‘ilgan kunidan to‘rt kun oldin vafot etdi. U endigina 20 yoshda to‘lgan edi.

    Brittani Merfi

    Brittani Merfi
    Foto: Peopletalk.ru

    Brittani Merfining o‘limi muxlislar uchun kutilmagan hodisa bo‘ldi. Uning jasadi topilganda yulduz 32 yoshda edi. Sud-tibbiyot ekspertlari o‘lim sababi og‘riq qoldiruvchi dorilar qabul qilish natijasida kelib chiqqan yurak xuruji degan xulosaga keldi, biroq aktrisaning otasi mustaqil tekshiruv o‘tkazishga qaror qilgan. Laboratoriya xulosasi Merfining sochlarida o‘nta potensial zaharli og‘ir metallar mavjudligini ko‘rsatdi, ammo yana ham hayratlanarlisi olti oy o‘tgach, xuddi shunday holatda aktrisaning turmush o‘rtog‘i Saymon Monjek vafot etgani g‘alati. Qizining o‘limidan so‘ng qotillik bo‘lganiga hech qanday shubha qolmadi. Muxlislar ham otaning versiyasiga ko‘ra, Brittani Merfi va uning turmush o‘rtog‘i go‘yoki sobiq bojxona va chegara himoyasi agenti Julia Devisni qo‘llab-quvvatlaganliklari sababli o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi, lekin sud topilgan dalillar bilan qiziqib ham ko‘rmadi.

     

    08.12.2023, 09:45   Izoh (0)   23542
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moda olamining qiroli Janni Versache qanday qilib hashamat va boylik ramziga aylandi? (foto)

    28.09.2021, 20:59

    2 mln dollarlik paypoq: Maykl Jeksonning qimmatbaho liboslari, avtograflari va kristallar bilan bezatilgan limuzini hozirda kimlarga tegishli?

    04.09.2023, 10:34

    “Qirolicha”, “Spenser” va malika Diananing hayoti haqida hikoya qiluvchi boshqa mashhur filmlar (foto)

    09.09.2023, 14:40

    “Qo‘rg‘on sirlari” — yilning eng yaxshi seriali. Turk kinosi “Oskar”i— “Oltin kapalak” mukofoti o‘z egalariga topshirildi (foto)

    07.12.2023, 13:04

    Gollivud yulduzi Nikolas Keyj kinodagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi

    07.12.2023, 12:03

    Hayotdagi tendensiyalarni o‘zgartirib yuborgan 7 ta film

    06.12.2023, 15:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.