Daryo

Samarqandda harakatlanayotgan Gentra’dan tanasini chiqarib, soxta dollar sochgan yigitlarga chora ko‘rildi

Hodisa Past Darg‘om tumanida to‘y korteji harakatlanganda sodir bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish25 940 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyatida guruh bo‘lib qoidalarni buzgan holda harakatlangan Gentra haydovchilari va tanasini mashinadan chiqarib soxta dollar sochgan shaxslarga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan ko‘rish mumkinki, yigitlar harakatlanayotgan Gentra lyuki va oynalaridan tanasini chiqarib, pul sochgan. Hodisa Past Darg‘om tumanida to‘y korteji harakatlanganda sodir bo‘lgan.

Qoidabuzarliklar tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, holat viloyat IIB YHXB tomonidan nazoratga olingan va barcha qoidabuzarlar topilgan.

Ularga nisbatan tegishli ma’muriy bayonnomalar tuzilib, mashinalar jarima maydoniga joylashtirilgan.

Avvalroq Toshkent shahar Chilonzor tumanida yangi yil kechasi qo‘pol qoidabuzarlik sodir etgan yigitlar javobgarlikka tortilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Samarqand shahrida 2023-yil 1-yanvarga o‘tar kechasi Mercedes-Benz’da drift qilgan haydovchi javobgarlikka tortilgan edi. Undan oldin esa Nukusda raqamsiz harakatlanib, drift qilgan “shumaxer” topilgandi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar