Yaponiya ERA (Favqulodda daromadlarni tezlashtirish) dasturi doirasida Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘lar hisobidan Ukrainaga 3 milliard dollar ajratdi. Mablag'lar 30 yil muddatga beriladi. Bu haqda Ukraina Moliya vazirligi bayonotida aytiladi.

“Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenko va Yaponiyaning Ukrainadagi Favqulodda va muxtor elchisi Masashi Nakagome kelishuv imzoladilar, unga ko'ra Kiyev G7 ERA dasturi bo'yicha kredit oladi. Bitim Ukrainaga 471 milliard dollargacha bo'lgan miqdorda kredit berishni nazarda tutadi”, deyiladi xabarda.
So‘nggi uch yil ichida Yaponiya Ukrainaga 8,5 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratdi.
Avvalroq Yevrokomissiya muzlatilgan Rossiya aktivlari tushumlari hisobidan Ukrainaga G7 krediti doirasida 1 mlrd yevro ajratgani xabar qilingandi.
“Yevropa komissiyasi Ukrainaga alohida makromoliyaviy yordam qarzi doirasida 1 milliard yevro miqdorida qo‘shimcha transh ajratdi. Bu mablag‘ Rossiyaning Yevropa Ittifoqidagi muzlatilgan davlat aktivlaridan tushadigan daromadlar hisobidan qoplanishi kerak. Bu Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri Yevropa Ittifoqining eng yirik homiy sifatidagi mavqeyini mustahkamlaydi”, deya xabar berilgandi o‘shanda
Umuman olganda, makromoliyaviy yordam 18,1 milliard yevroni tashkil etadi. Bu Yevropa Ittifoqining “katta yettilik” rahbarligidagi ERA tashabbusiga qo‘shgan hissasi hisoblanadi. Ushbu tashabbus doirasida G7 Ukrainaga taxminan 45 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatadi. Jumladan, joriy yilda Ukraina ushbu kredit bo‘yicha Yevropa Ittifoqidan jami 4 milliard yevro oldi.
Izoh (0)