Daryo

Ukraina Buyuk Britaniya va Yaponiyadan 1 mlrd dollar oldi

Moliyalashtirish Ukrainani zarur kredit yordami bilan taʼminlash maqsadida Trast fondi doirasida Yaponiya hukumati tomonidan kafolatlangan 567 million dollar va Buyuk Britaniya hukumati tomonidan kafolatlangan 483 million dollardan iborat

1 daqiqa o‘qish5 135 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina Jahon bankining “O‘sish uchun asos” dasturi doirasida 1 milliard dollar oldi.

Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal ma’lum qildi.

Foto: Korrespondent.ru

Moliya vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, moliyalashtirish Ukrainani zarur kredit yordami (ADVANCE Ukraine) bilan taʼminlash maqsadida Trast fondi doirasida Yaponiya hukumati tomonidan kafolatlangan 567 million dollar va Buyuk Britaniya hukumati tomonidan kafolatlangan 483 million dollardan iborat.

"Yig'ilgan mablag'lar iqtisodiy rivojlanish salohiyatini oshirish va Ukraina davlat byudjetining ustuvor ijtimoiy-gumanitar xarajatlarini moliyalashtirishga yo'naltiriladi", deb ta'kidladi Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenko.

Avvalroq Shveysariya Ukrainaga qo‘shimcha 50 million dollar miqdorida yordam berishi ma’lum qilingandi.

Umuman olganda, urush boshlangan 2022-yildan beri Shveysariya Ukrainaga 500 million dollardan ortiq yordam ajratgan. 

The Economist nashri esa Ukraina Rossiyaga qarshi iqtisodiy urushda yutayotganini ma’lum qilgan.

Ukraina Markaziy banki 2024-yilda yalpi ichki mahsulotning 4 foizga, 2025-yilda esa 4,3 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. Valyuta barqaror bo‘lib, foiz stavkalari 13,5 foiz darajasida so‘nggi 30 oydagi eng past ko‘rsatkichlarga yaqin holatda qolmoqda, deya xabar bergan The Economist.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar