• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    “Butun jahon o‘zida his qiladi. O‘zbekiston ham” — geosiyosiy bosimlarning iqtisodiy oqibatlari haqida

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning iqtisodiy oqibatlari haqida “Daryo”ga so‘zlab  berishdi.

    Foto: AFP / Natalia Kolesnikova

    Foto: AFP / Natalia Kolesnikova

    Ularga ko‘ra, geosiyosiy bosimlar nafaqat ma’lum davlat iqtisodiyotiga, balki jahon iqtisodiyotiga ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatishi kundek ravshan.

    Rossiya iqtisodiyoti sanksiyalar bosimiga anchadan buyon duch keladi. 2014-yildan beri “Rosneft”, “Novatek” kabi yirik davlat banklariga nisbatan AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan sanksiyalar joriy qilingan, Rossiya davlat obligatsiyalarini sotib olish, Rossiya hukumatiga qarz berish, transport, infratuzilma va energetika sohasiga sarmoya kiritish orqali hamkorlik qilish cheklangan. 

     

    2014—2021-yillarda “Qrim sanksiyalari”dan keyin Rossiya yalpi ichki mahsuloti 2,3 trln dollardan 1,7 trln dollarga pasayib, rubl valyutasi 2,4 baravarga qadrsizlandi. 2014—2017-yillarda aholining real daromadi 8,8 foizga qisqardi.

    Shunga qaramay, Rossiya iqtisodiyoti avvalgi mavjud cheklovlar davrida qiynalmadi. Shu bilan bir qatorda, import o‘rnini to‘ldirish hisobiga sanoatning ayrim tarmoqlari, xususan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi mustahkamlandi. 

    Bu safargi Ukraina mojarolari bilan bog‘liq yangi sanksiyalar anchayin jiddiy bo‘lib, uning salbiy oqibatlari nafaqat Rossiyaga, balki boshqa mamlakatlar iqtisodiyotiga ham ta’sir o‘tkazishi kutilmoqda. 

    Bugungi kunga qadar G‘arb mamlakatlari tomonidan moliya sohasida quyidagi sanksiyalar qabul qilingan. Eng yirik Rossiya banklari aktivlari muzlatilib, ushbu mamlakatlarda ular bilan amalga oshiriladigan har qanday operatsiyalarga chek qo‘yildi.

     

    Yevropa Ittifoqi mamlakatlari “Promsvyazbank”, “VEB”, “Rossiya” banki va boshqalarga cheklov o‘rnatgan bo‘lsa (bank sektorining 70 foiziga nisbatan jami sanksiyalar), AQSh esa  “VTB” (va uning 20 ta sho‘ba korxonasiga), “Otkryitie” banki, “Sovkombank” va “Novikombank” OAJ  hamda ularning 34 ta sho‘ba korxonasiga sanksiyalar e’lon qildi. 

    Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar “Sberbank”ning kelajakdagi har qanday operatsiyalarini chekladi va uning barcha vakillik hamda joriy hisob varaqalarini yopdi, shuningdek, Belorusdagi 2 ta davlat bankiga (“Belinvestbank” – 4-o‘rinda, “Dabrabyt” banki esa 11-o‘rinda turuvchi Belarusning eng yirik moliya instituti) va 9 ta mudofaa firmasiga sanksiyalar e’lon qildi. 

    Foto: Getty Images / Kirill Kudryavtsev

    Foto: Getty Images / Kirill Kudryavtsev

    Buyuk Britaniya Rossiya fuqarolarining Britaniya banklarida saqlashi mumkin bo‘lgan depozit summalarini (50 ming funt yoki 67 ming dollargacha) chekladi.

    Xuddi shu paytning o‘zida, Germaniya Moliya vazirligi, gaz ta’minoti uchun to‘lovlarni amalga oshirish va Rossiyadagi o‘z kompaniyalarining sho‘ba korxonalariga o‘zlari tomonidan mablag‘ o‘tkazish uchun tranzaksiyalarning mavjudligi saqlanib qolinganini ta’kidladi. 

     

    Ushbu sanksiyalarning joriy etilishi haqidagi e’lon Rossiya iqtisodiyotiga keskin salbiy ta’sir ko‘rsatib ulgurdi. Sanksiyalar haqidagi xabarlardan so‘ng, VTB aksiyalari  qariyb 40 foizga tushib ketdi. Rossiya rubli 78 rubldan (22-fevral) 85 rublga (24-fevral) qadrsizlandi.

    Kelgusida Rossiya rubli devalvatsiyasi taxmin qilinib, bu inflyatsiyaning 12-15 foizgacha oshishiga olib kelishi mumkin.

    Rossiya banki vaziyatni barqarorlashtirishda rublga nisbatan kuzatilayotgan bosimlarni yumshatish uchun 24-fevral kunidan boshlab (2014-yildan beri birinchi marta) valyuta intervensiyasini boshladi. 

    Rossiya banklari bilan operatsiyalarni qisman va to‘liq to‘xtatish sanksiya qo‘llagan mamlakatlar va Rossiya o‘rtasidagi moliyaviy va savdo vositachilik operatsiyalarining keskin qisqarishiga, Rossiyada xorijiy valyutadagi likvidlikning yetishmasligiga, shuningdek, xalqaro pul o‘tkazmalari va xalqaro to‘lov tizimlari operatsiyalarini cheklashiga olib kelishi mumkin.

    Biroq Rossiyadagi har bir bankning 80 foizdan oshiq aktivlari rublda hisoblangan va valyuta kreditlari avvalo kreditga layoqatligi kuchliroq bo‘lgan mahalliy kompaniyalariga berilgan, bu esa Rossiya bank tizimi uchun salbiy oqibatlarni kamaytiradi va kamchiliksiz ishlashiga yordam beradi.

     

    Shu bilan birga, sanksiyalarning joriy qilinishi rossiyalik sarmoyadorlarning xorijdagi, shu jumladan, O‘zbekistondagi investorlik faolligini cheklashi ham mumkin.   

    Kuni kecha Rossiyaning ayrim banklari xalqaro SWIFT tizimidan chiqarib yuborilishiga qaror qilindi, biroq salbiy oqibatlar AQSh va Yevropa mamlakatlarning o‘ziga ham ta’sir qilishi mumkin.

    Shu bilan bir qatorda, Eron neft eksporti daromadlaridan 50 foizini yo‘qotgan, tashqi savdo hajmi esa 30 foizga qisqargan davrida, mamlakat banklarining 2018-yil SWIFT’dan chiqarib yuborilganini misol qilish mumkin.

    Biroq mazkur vaziyatda, Rossiya SWIFT’dan chiqib ketish ehtimolini tan olgani va oldini olish choralarini ko‘rganini hisobga olish lozim.

    2014-yilda “Rossiya” banki, hozirda 335 ta (banklararo to‘lovlarning 20 foizi), shu jumladan, 38 ta xorijiy banklardan iborat moliyaviy xabarlar uzatish tizimini (SPFS) yaratdi. Shunday ekan, bunday hodisaning ehtimoliy oqibatlari sezilarli darajada qisqarishi mumkin. 

    Foto: Reuters / Chris Helgren

    Foto: Reuters / Chris Helgren

    Shuningdek, Rossiya hukumati, davlat moliya institutlari va korxonalarining (shu jumladan, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Farovonlik milliy jamg‘armasi) moliya bozorlari va xizmatlariga kirishini cheklovchi Rossiya suveren qarziga nisbatan sanksiyalar joriy qilindi.

    Amerika tomondan qo‘llangan ushbu sanksiyalar “Sberbank”, “Alfa-Bank”, “Moskva” kredit banki, “Gazprombank”, “Rossiya qishloq xo‘jaligi banki”, “Gazprom”, “Gazprom neft”, “Transneft”, “Rostelekom”, “RusHydro”, “Alrosa”, “Sovcomflot”, Rossiya temiryo‘llari kabi tashkilotlarga tegishlidir. Nomi qayd etilgan kompaniyalarning umumiy aktivlari 1,4 trln dollarni tashkil qiladi.

    Shuningdek, yangi qarz majburiyatlari bo‘yicha bitimlar tuzish va moliyalashtirishni ta’minlash bo‘yicha taqiq qo‘yildi. Buyuk Britaniya rossiyalik kompaniyalar tomonidan London fond birjasiga qimmatli qog‘ozlarning joylashtirilishini chekladi. 

     

    O‘rnatilgan cheklovlar tufayli Rossiya AQSh va Yevropadan moliyaviy resurslarni jalb qila olmaydi. Ammo bu holat u uchun jiddiy ahamiyatga ega emas.

    To‘lovlar jadvalida yiliga 4,5 mlrd dollardan ortiq to‘lovlar mavjud bo‘lmagani sabab kelgusi bir necha yillarda xorijiy valyuta qarzlarini to‘lash bilan bog‘liq muammolar ehtimoli juda pastdir.

    Xorijiy sarmoyadorlarning rubl qarzidagi ulushi  so‘nggi yillarda taxminan 20 foizni (AQSh va YI investorlari talabning yarmidan ko‘pini ta’minlaydi) tashkil etdi.

    Ammo, hozirda 85 foizni tashkil qilayotgan federal budjet tarkibidagi rubl qarzi ulushining yanada oshishi ehtimoli yuqoridir.

    Foto: Reuters / Ilya Naymushin

    Foto: Reuters / Ilya Naymushin

    Potensial investorlar bazasining sanksiyalar ta’siri ostida 10-20 foizga qisqarishi rubl kurslarini 0,5 foiz punktdan oshirishi mumkin.

    Bundan tashqari, Rossiya sarmoyalarni yangi bozorlardan, xususan, Xitoydan jalb qilish bo‘yicha keng imkoniyatlarga egadir. 

    Rossiyaga texnologik tovarlarning  eksport qilinishini cheklash

    AQSh Amerikada ishlab chiqarilgan dasturiy ta’minot, texnologiyalar yoki uskunalardan (yarim o‘tkazgichlar, telekommunikatsiyalar, shifrlash, lazerlar, sensorlar, navigatsiya vositalari, avionika, dengiz texnologiyalari, neft va gaz sanoati uchun uskunalar) foydalangan holda xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan texnologik tovarlarni Rossiyaga eksport qilishga cheklovlar qo‘ydi.

    AQSh hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaga texnologiya yetkazib berish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi, Avstraliya, Yaponiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya bilan o‘rnatilgan qo‘shma cheklovlar, hozirda G‘arb mamlakatlaridan 50 mlrd dollarni tashkil qilayotgan, Rossiyaning yuqori texnologiyali mahsulotlar importini qariyb ikki baravarga qisqartiradi. 

     

    Bu takomillashtirish jarayonlari, Rossiya iqtisodiyoti uchun yangi texnologik tartibga o‘tishni anchayin sekinlashtirishi mumkin, albatta.

    Biroq, shuni ham ta’kidlash joizki, Rossiyaga yarimo‘tkazgichlar importining qisqarishi rossiyalik ishlab chiqaruvchilar (Rossiya yarimo‘tkazgichlar importi 1,5 mlrd dollarni, eksport esa atigi 96 mln dollarni tashkil qiladi) mahsulotlariga nisbatan talabning oshishiga imkon yaratadi.

    Rossiya jahon yarimo‘tkazgichlar bozorining atigi 0,7 foizini tashkil qilishi tufayli yarimo‘tkazgichlarga bo‘lgan talabning yuqori darajada pasayishi kutilmaydi. 

    Neftni qayta ishlash zavodlarini takomillashtirish uchun Yevropa texnologiyalarining Rossiyaga eksport qilinishi, barcha samolyotlar, ularning ehtiyot qismlari va jihozlarining sotilishi Yevropa Ittifoqi tomonidan taqiqlandi.

    Foto: Aleksey Filippov / RIA Novosti

    Foto: Aleksey Filippov / RIA Novosti

    Bunda energetika sektori Rossiyaning asosiy iqtisodiy yo‘nalishi ekanligini qayd etish lozim.

    2020-yilda neft-gaz sektorining ulushi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 15,2 foizni tashkil etdi. 2021-yilda budjetning neft va gaz daromadlari yalpi ichki mahsulotning 6,8 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda – 7,2 foizga, 2023-yilda – 6,5 foizga, 2024-yilga kelib esa 5,7 foizga rejalashtirilgan.

    Mazkur choraning joriy etilishi munosabati bilan ham, 2015—2026-yillarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlarini takomillashtirish dasturlarining oqsab qolish ehtimoli yuqori.

     

    Bu esa, o‘z navbatida, neftni qayta ishlash va sanoatdan eksport tushumlarining kamayishiga olib keladi. Biroq, shu bilan birga, neft ishlab chiqaruvchi texnologiyalarning Rossiyaga eksport qilinishini taqiqlash g‘arb kompaniyalarining neftni qayta ishlash uskunalari eksportidan keladigan daromadlarini vaqtincha qisqartirishi mumkin. 

    Alohida bozorlarga ta’siri

    Qo‘shma Shtatlar “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri operatori bo‘lgan “Nord Stream 2 AG” kompaniyasiga  va uning rahbariyatiga qarshi sanksiyalarni joriy qildi, Germaniyaning Iqtisodiyot vazirligi esa ushbu gaz quvurini sertifikatlash jarayonini to‘xtatdi.

    Foto: Nord Stream 2 / Nikolai Ryutin

    Foto: Nord Stream 2 / Nikolai Ryutin

    Sanksiyalar e’lon qilingach, Yevropada gaz narxi 1,5 baravarga oshib, 1000 kub metr uchun 1600 dollarni tashkil qildi, keyinchalik esa 1250 dollarga o‘zgartirildi. Loyihaning to‘xtatilishi, katta ehtimol bilan, Yevropa va jahon bozorlarida gaz narxining oshishiga olib keladi.  

    Neft narxi, har doimgidek geosiyosiy keskinlik davrida oshib bormoqda. 24-fevral kuni Brent neftining narxi bir barrel uchun 105 dollardan oshib, 26-fevralga kelib 96 dollargacha tushib ketdi. Oxirgi marta neft fyucherslari 2014-yilning avgust oyida bir barrel uchun 105 dollardan oshgan edi.

     

    Rossiyaning neft va gaz kompaniyalariga qarshi sanksiyalar va eksportning cheklanishi, nafaqat neft va gaz daromadlarining 30 foizga, YaIMning 4 foizga kamayishiga olib kelishi mumkin, balki energiyaga qaram mamlakatlarning ishlab chiqarish tannarxini oshirgan holda, qimmat neft narxining saqlanib qolishi sabab, butun jahon iqtisodiyotiga ham anchayin salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

    So‘nggi yillardagi qayta tiklanuvchan energiya manbalarining jadal rivojlanishi an’anaviy energiya resurslariga qo‘yilgan narxlarining oshishini qoplay olmaydi.

    Xuddi shunday holat, geosiyosiy beqarorlik davrida oshib borayotgan oltin narxi bilan ham kuzatilmoqda. 24-fevral kuni oltin narxi bir unsiya uchun 1970 dollargacha ko‘tarilgani qayd etilgan.

    Iqtisodiy sanksiyalar qatorida, Donetsk va Lugansk xalq respublikasi bilan moliyaviy operatsiyalar va har qanday tovar va xizmatlar importining Yevropa Ittifoqi tomonidan taqiqlanganini ham eslab o‘tish mumkin.

    Foto: TASS / Ruslan Shamukov

    Foto: TASS / Ruslan Shamukov

    Biroq, Yevropa Ittifoqining DXR va LXRga qo‘llagan savdo sanksiyalarining oqibatlari unchalik ham ko‘zga tashlanarli bo‘lmasligi mumkin, buning sababi shundaki, ushbu respublikalar tashqi savdo aylanmasidagi Rossiya ulushi 2017-yilda 74 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yil boshidan beri DXR umumiy tovar eksportining 96 foizi Rossiyaga to‘g‘ri keladi. 

    Sanksiya qo‘llagan mamlakatlarga kirishi taqiqlangan Rossiya va Belarus fuqarolariga nisbatan qo‘llanadigan shaxsiy sanksiyalar alohida o‘ringa ega bo‘lib, ularning mazkur mamlakatlardagi aktivlari muzlatiladi. Ammo bu sanksiyalar iqtisodiy emas, balki siyosiy ahamiyatga egadir.

    AQSh sanksiyalar ro‘yxatiga 10 nafar, Yevropa Ittifoqi esa 351 nafar Rossiya Davlat Dumasi deputatini o‘z ichiga olgan jami 375 nafar kishini kiritgan, bundan tashqari, Rossiya elitasining Yevropa Ittifoqi banklariga 100 ming yevrodan ortiq depozit qo‘yishi taqiqlangan.

    Bundan tashqari, DXR va LXRdagi shaxslarga, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar tomonidan Belarusdagi 9 nafar shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy qilingan. Shu bilan bir qatorda, 25-fevral kuni AQSh, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya Rossiya prezidenti Vladimir Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga qarshi shaxsiy sanksiyalar joriy etgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

     

     Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, sanksiyalar bosimi, u qanday sabablarga ko‘ra qo‘llanmasin, mamlakatlarning raqobatdosh ustunliklariga asoslangan turli xil tovarlarga bo‘lgan talab va taklif ta’sirida shakllanuvchi jahon savdosining barqarorligiga doimo ta’sir ko‘rsatadi.

    Sanksiyalar jahon bozorida shaffof raqobat tamoyillariga rioya qilishga qarshilik qiladi, shu bilan nafaqat sanksiyalar qo‘llanayotgan va qo‘llayotgan mamlakatlarda, balki sanksiyalarga aloqasi bo‘lmagan davlatlardagi tadbirkorlik subyektlari uchun ham ma’lum xarajatlarni keltirib chiqargan holda, butun jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.  

    27.02.2022, 12:41   Izoh (0)   1047
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Dunyo iqtisodiyotidan chiqarib tashlanadi” — AQSh sanksiyalari Rossiyaga qanday ta’sir ko‘rsatishni boshladi?

    25.02.2022, 18:49

    Ukrainadagi voqealar Markaziy Osiyo davlatlariga qanday iqtisodiy oqibatlar olib kelishi mumkin?

    25.02.2022, 15:33

    GSP+ ga a’zolik O‘zbekistonga qanday manfaat keltiradi?

    24.02.2022, 18:29

    Ukraina va Rossiya voqealari fonida iqtisodiyotda yuz berayotgan asosiy voqealar: rubl qadrsizlanmoqda, neft va gaz qimmatlashmoqda

    24.02.2022, 15:25

    Oltin va boshqa qimmatbaho metallar narxi keskin ko‘tarilmoqda

    24.02.2022, 13:52

    Jahon bozorida gaz narxlari 40 foizga keskin oshib ketdi

    24.02.2022, 13:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.