• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Orzulari bir olam edi: Mudhish YTH oqibatida hayotdan bevaqt ko‘z yumgan aktrisa Farangiz Rejametovani xotirlaymiz

    Qisqa umri davomida tomoshabinlar mehrini qozonishga ulgurgan aktrisa Farangiz Rejametova hayot bo‘lganida 7-aprel kuni 32 yoshni qarshilagan bo‘lardi. Afsuski 2018-yilning yozida yuz bergan baxtsiz hodisa aktrisani hayotdan olib ketdi.

    Uning san’atkor bo‘lishi aniq edi

    San’atkorlar oilasida dunyoga kelgan Farangiz Rejametovaning san’atkor bo‘lishiga hech kim shubha qilmasdi. Chunki u ustoz san’atkorlar To‘g‘on Rejametov va Shirin Azizovalarning nabirasi bo‘lgan. Farangiz Rejametova filmlarda kam suratga tushgan bo‘lsa-da, sanoqli rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozondi. U qisqa umri davomida hayotda o‘z o‘rnini topishga va odamlarning muhabbatini qozonishga muyassar bo‘ldi.

    Foto: Instagram / @rejametovafatima

    Farangiz Rejametovaning kino olamiga kirib kelishi juda qiziq kechgan. Onasi Fotima Rejametova gastrol safariga ketganida Shirin Azizova qo‘ng‘iroq qilib, qizini kastingga chaqirishayotgani haqida xabar beradi. Rejissyor Zulfiqor Musoqov Yaponiya bilan hamkorlikda “Oyijon” nomli filmni suratga olishi va bosh rolni kichik qizaloq ijro etishi kerak edi.

    Foto: Instagram / @rejametovafatima

    — Bibisi qo‘ng‘iroq qilib, “Farangizni kastingga olib boraman”, deganida hayron bo‘lganman. Ammo “Oyijon” filmi haqida eshitgan edim. Chunki hamma filmlarning kastingi ham televideniyeda e’lon qilinmasdi. Hatto ijodkorlar avvaliga butun respublika bo‘ylab rolga nomzod izlagan ekan. Ammo qizimning rolga tasdiqlanishi va rolni bunchalik ishonarli ijro etishini kutmagandim, deydi Fotima Rejametova.

    “Farangiz hech charchadim demasdi”

    Farangiz Rejametova “Oyijon” filmidagi rolga tasdiqlangan paytda endigina besh yarim yoshda edi. Onasi ssenariyni o‘qib biroz ikkilangan, katta rol mas’uliyati uni biroz o‘ylantirib qo‘ygan.

    Foto: Instagram / @rejametovafatima

    — Qizimning hayotdagi fe’l-atvori qanday bo‘lsa, kinodagi roli ham shunday edi. Odatda bolalar rejissyorni qiynaydi, ular bilan ishlash mashaqqatli deyishadi. Ammo Farangiz hech kimni qiynamasdi. Yig‘lash kerak bo‘lgan sahnalarni ham tabiiy ijro etardi. Qizimning bolaligi to‘kis baxtda o‘tgan. U paytda otasi rahmatli ham tirik edi. Bola bo‘lib yig‘lagani, injiqlik qilganini eslolmayman.

    Foto: Instagram / @rejametovafatima

    Suratga olish paytida tun sahnalari ham ko‘p edi. Yarim tun bo‘lganida ijodiy guruh ishni to‘xtatishni, charchashganini aytishardi. Farangiz esa biror marta charchadim, demagan. O‘shanda Zulfiqor Musoqov “Olti yoshlik qiz biz bilan barobar ishlayapti. O‘z hisobimdan qo‘shimcha pul to‘layman, ishni bitiraylik” degandi, deydi Fotima Rejametova.

    “Bu sahnani qayta olib bo‘lmasdi”

    “Oyijon” filmining bir nechta epizodlari Yaponiyada suratga olinishi kerak edi. Ammo o‘sha paytda moliyaviy muammolar sabab bor-yo‘g‘i 10 kishining Yaponiyaga borishiga ruxsat berishgan. Eng qizig‘i, ijodiy guruhga maxsus ruxsatnoma berilmagani uchun ular sayyoh vizasi bilan safar qilgan.

    Foto: Instagram / @rejametovafatima

    — Zulfiqor aka “Menga Yaponiyadagi ko‘p tasvirlar kerak. Sizlardan iltimos, agar kameralaringiz bo‘lsa, atrof-muhitni ko‘proq tasvirga olinglar”, degan. Filmda biz olgan kadrlardan ham foydalanilgan. Film yakunida Kento Aosima va Satoko Akioning muzqaymoq bilan bog‘liq sahnasi bor. Ko‘chada suratga olishga ruxsatnomamiz bo‘lmagani uchun uni bir dublda olishimiz kerak edi. Buning ustiga bir marta muzqaymoq teggach, uni tozalashga ancha vaqt ketardi. Kento Aosima bir urinishda muzqaymoqni ustiga surib, boshiga “qo‘ndirib” qo‘ygan, deydi Fotima Rejametova.

    “Film premyerasida onam yig‘lagan”

    “Oyijon” filmining premyerasi nafaqat O‘zbekistonda, balki Yaponiyada ham bo‘lib o‘tgan. 

    Foto: Instagram / @rejametovafatima

    — Premyera kuni onam rahmatli rosa yig‘lagan. Sababini so‘rasam “Odamlar onasi san’atkor bo‘lgani uchun rolga chaqirishdi, deyishmaydi”, degandi. Uning quvonch ko‘z yoshlarini ko‘rib, o‘zim ham yig‘laganman. Tog‘asi olib bergan chiroyli ko‘ylakchani kiyib olgan Farangiz ham sahnada turib tinmay yig‘ladi. Eng qizig‘i, ko‘zini mendan uzmasdi. Oldiga borib sababini so‘rasam, “Yaponiyaga borishni xohlayman”, degandi. Chunki kastingdan o‘tganini aytishganida, rolni yaxshi o‘ynasin deb Yaponiya haqida ko‘p gapirardim, deydi Fotima Rejametova.

    U xalqaro jurnalist bo‘lish niyatida edi

    Foto: Instagram / @rejametovafatima

    Farangiz Rejametova faoliyati davomida bor-yo‘g‘i beshta filmda suratga tushdi. “Oyijon”, “Muruvvat”, “Sehrli qalpoqcha”, “Uy bekasi” va “Sehrli qalpoqcha-2” kabi filmlarda katta-kichik rollarni ijro etgan. Uni ko‘pchilik aktrisa bo‘ladi, deb o‘ylagandi. Ammo kutilmaganda uning qarori o‘zgardi, til o‘rganib, xalqaro jurnalist bo‘lishni niyat qildi. 

    Avtohalokat qurboni bo‘ldi…

    Foto: Instagram / @rejametovafatima

    Aktrisa Farangiz Rejametovani 2018-yili 20-iyul kuni Abdulla Qodiriy va Mahatma Gandi chorrahasidagi piyodalar o‘tish joyida Mercedes-Benz avtomobili urib ketgan. Haydovchi uni kasalxonaga olib borgan, ammo Farangiz yo‘lda vafot etgan.

    Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan qizga yo‘l bermasdan, uni urib yuborgan. 
    Aktrisa Fotima Rejametova 2020-yilda qizining xotirasiga bag‘ishlab, “Qizim” deb nomlangan qo‘shiq kuyladi.

    9 aprel, 19:45   Izoh (0)   20119
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Fotima Rejametova#xotira#Farangiz Rejametova#mashhurlar#filmlar#seriallar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Yordamchisiga mashina sovg‘a qilgan Kaniza, Sayyora Qoziyeva xonadonida iftorlik, Madina Mumtozni sudga berishdi

    08.04.2022, 22:12

    Instagram: Ravshan Komilov nevarali, Ma’rufxon Muhammedov farzandli bo’ldi, Parizodaning muxlislariga murojaati, Botir Imomxo’jayev bilan bo’lgan ko’ngilsizlik

    27.07.2022, 22:22

    “Ko‘nglimga og‘ir botgan, san’atni ham tashlayman, deganman”. Dilshodbek Kattabekov yoshligidagi kamsitishlar, “Kichkina tabib”dan qancha gonorar olgani haqida

    23.12.2022, 19:23

    Rol uchun 8 oy lo‘lilar bilan gaplashgan Maryam va xo‘roz sabab televizorga chiqqan Maraymamat — bir roli bilan mashhurlikka erishgan o‘zbek aktyorlari

    13.01.2023, 11:43

    Faqat Farhod Mannopov emas: 30 yoshga ham to‘lmay vafot etgan o‘zbek shou-biznesi yulduzlari   

    18.03.2023, 11:53

    Farangiz Rejametovani xotirlab: 5 yoshli qizcha “Oyijon” filmidagi bosh rolga qanday tasdiqlangan edi? 

    08.04.2023, 16:59

    “Hozirgi aqlim bo‘lganida ajrashmasdim”. Iroda Iskandarova o‘g‘lining o‘limidan so‘ng o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgani hamda Davron G‘oyipov bilan turmushi haqida

    15.12.2023, 13:35

    Bo‘yi pastligi sabab mazax qilingan, qo‘shiqchilikda omadi kulmagan va unvonni sotib olishni istamagan ijodkor Dilshodbek Kattabekov 34 yoshda (foto, video) 

    06.03.2024, 19:35

    Instagram: Rayhon Ulasenova yangi uyga ko‘chdi, Bobur Mansurovga uyushtirilgan syurpriz, Amerikaga qanday ketish mumkin?

    29.03.2024, 10:35

    Farangiz Rejametovasiz yana bir yil: sanoqli rollari bilan sevimli bo‘lishga ulgurgan iste’dod egasini xotirlaymiz (foto, video)

    16.04.2024, 12:51

    Ular 30 ga ham kirmagan edi: hayotdan bevaqt ko‘z yumgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto, video) 

    19 fevral, 14:43

    Qo‘shiqchilikni orzu qilgan, bitta rol bilan mashhur bo‘lgan, o‘zidan 14 yosh kichik qizga uylangan Dilshodbek Kattabekov 35 yoshda (foto, video)  

    27 fevral, 16:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi

    Reklama | 15 avgust, 10:30

    Erkak 8 yil davomida ko‘kragiga sanchilgan pichoq bilan yashaganini tibbiy ko‘rikdagina bilib qoldi (foto)

    Dunyo | 15 avgust, 10:27

    Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ikki kishi firibgarlik bilan pora olayotganida qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 09:58

    Qozog‘iston aholi jon boshiga YIMda Rossiya va Xitoyni ortda qoldirdi

    Dunyo | 15 avgust, 09:56

    Konor Makgregor UFC ro‘yxatidan o‘chirilgani rad etildi

    Sport | 15 avgust, 09:55

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim oilalarga ichimlik suvi bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 09:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.