Juftliklar o‘rtasidagi yosh farqi bu ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ladigan mavzu. Baʼzilar uchun bu munosabatlarning muhim jihati, boshqalari uchun esa shunchaki raqamlardir. Quyida turli avlodlarga mansub yulduzli juftliklar haqida ma’lumotlar keltiriladi.

Chenning Tatum va Inka Uilyams o‘rtadagi farq 19 yosh
-3axvC-bY.avif)
Chenning Tatum va Zoi Kravits ajrashgandan so‘ng, muxlislar uning darrov yangi ishqiy munosabatlarni boshlab yuborishi haqida o‘ylamagan edi. Ammo tez orada aktyor yangi munosabatlarga kirishdi. Taqdir 44 yoshli aktyorni o‘zidan 19 yoshga kichik bo‘lgan 25 yoshli model Inka Uilyams bilan bog‘ladi. Maʼlumotlarga ko‘ra yosh farqi sevishganlarni umuman bezovta qilmaydi. “Inka uni baxtli qiladi”, deyishadi manbalar.
Bredli Kuper va Jiji Hadid o‘rtadagi farq 21 yosh
-f7EGI-jF.avif)
50 yoshli aktyor Bredli Kuper 29 yoshli model sevgilisi Jiji Hadid bilan o‘rtadagi 21 yosh farqqa qaramay uyg‘un munosabatlarda ekanligini taʼkidlaydi. “Axir gap yoshda emas, balki juftiga o‘zini bag‘ishlashga tayyorlikda” deydi Jiji.
“Menimcha, munosabatlarda nimani istayotganingiz va nimaga loyiq ekaningizni tushunish nuqtasiga yetib borish muhim, keyin esa hayotning shu nuqtasida bo‘lgan odamni topish va shundan so‘ng ikkalangiz ham eng yaxshi juftlik bo‘lish uchun birgalikda harakat qila boshlaysiz”.
Merayya Keri va Anderson Pak o‘rtadagi farq 17 yosh

Sevgida chegaralar yo‘qligiga Merayya Keri va Anderson Pak o‘rtasidagi munosabatlarni yorqin misol qilish mumkin. Pop yulduzi va prodyuser o‘rtasidagi yosh farqi katta bo‘lishiga qaramay, bir-birlari bilan o‘zlarini qulay his qilishadi. Ularni ijodga bo‘lgan haqiqiy sevgi birlashtirgan.
“Juftlikning munosabatlari studiyada, yangi musiqa ustida birgalikda ishlash paytida boshlandi va tez orada romantik munosabatlarga aylandi”, deydi ichki manbalar.
Nik Jonas va Priyanka Chopra o‘rtadagi farq 10 yosh

Priyanka Chopra turmush o‘rtog‘ining undan 10 yoshga kichikligi hammani bezovta qilishini lekin bu narsaning unga umuman ahamiyati yo‘qligini ta’kidlaydi. Chunki Nik Jonas unga o‘zining yetukligini va jiddiy munosabatlarga tayyorligini 6 yillik turmush davrida ko‘p marta isbotladi.
“Men barqarorlikni xohlardim va u bilan birinchi uchrashuvimizga borgunimcha Nikka munosib baho bermadim. Biz butun oqshomni birga o‘tkazdik va men qallig‘imning qalbi va fikrlashi yoshiga nisbatan ancha kattaligini angladim. U men uchun inson qiyofasidagi barqarorlikdir”.
Jeyson Momoa va Adria Arxona o‘rtadagi farq 13 yosh
-TDmI4eNf.avif)
Aktyor Jeyson yaqinda o‘zidan 10 yosh katta Liza Bon ismli qiz bilan turmush qurgan edi. Afsuski, ularning turmushi baxtli yakun topmadi. Aktyorning yangi sevgilisi atigi 32 yoshda, aktyor esa hozirda 45 yoshda. Bu munosabatlar qancha davom etadi, noaniq. Ammo Gollivudda hamma narsa bo‘lishi mumkin.
Bleyk Layvli va Rayan Reynolds o‘rtadagi farq 11 yosh
-jzEC_kVJ.avif)
Bleyk Layvli va Rayan Reynolds — eng yoqimli mashhur juftliklardan biri. Garchi aktyorlarni 11 yosh ajratib tursa ham, ularning munosabatlari o‘zaro tushunish va samimiy sevgi asosida qurilgan. Bundan tashqari, bu juftlikda juda ko‘p umumiylik bor, shuning uchun ular bu farqni allaqachon unutib qo‘ygan bo‘lishi mumkin:
“Biz turmush o‘rtog‘im bilan hamma narsani birga qilishni afzal ko‘ramiz. U uyimiz uchun narsalar tanlashda menga yordam berishni yaxshi ko‘radi, mening barcha oshpazlik tajribalarimga qiziqadi. Men tayyorlagan hamma ovqatlarni yoqtirishini aytadi ... Biz bir-birimizga rollarga tayyorgarlik ko‘rishga yordam beramiz. Sevgan insoningiz bilan turmush o‘rtoq bo‘lish ajoyib”, deydi Bleyk.
Leonardo Di Kaprio va Vittoria Cheretti o‘rtadagi farq 24 yosh
-Eb0Ae0xT.avif)
Gollivud yulduzi, 50 yoshli Leonardo Di Kaprioning 26 yoshli yangi sevgilisi Vittoria uni rekord o‘rnatishga majbur qildi. Gap shundaki, undan oldin aktyor hech qachon 25 yoshdan katta qizlar bilan munosabat qurmagan. O‘rtadagi yosh tafovutiga qaramay juftlikning hozircha ajrashish niyati yo‘q, munosabatlar abadiymi yoki yo‘q buni vaqt ko‘rsatadi.
Izoh (0)