Parhezdagi cheklovlar tanani o‘zini himoya qilishga undaydi, chunki taqiqlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ularni buzishga bo‘lgan istak shunchalik kuchayadi. Psixologlar kichik narsadan boshlashni tavsiya etadi: ovqatlanish vaqtini cheklash. Siz, albatta, keng tarqalgan “Kechki soat 6 dan keyin ovqatlanmaslik” qoidasi haqida eshitgansiz. Bu usulni sinab ko‘rganlar natijasini sezgach, soat 15:00 dan keyin ovqatlanmaslikka qaror qiladi.
Soat 18 dan keyin ovqatlanmaslik: hammasi bioritmlarga bog‘liq
Parhezda nafaqat nima yeyish, balki qachon yeyish ham muhim. Qadimgi Xitoy tabiblari tanani quyosh harakatiga mos ravishda energiya bilan to‘ldirishini hisoblashgan. Ovqatlanish vaqti ham shunga mos bo‘lishi kerak
- Ertalab soat 7-9 — oshqozon faoliyati vaqti, kun davomidagi eng ko‘p miqdordagi ovqatlanish payti.
- Ertalab 9-11 oralig‘i — oshqozon osti bezi va taloq faollashgan vaqt, oz miqdorda ovqatlanish tavsiya etiladi.
- Soat 11 dan 13 gacha — yurak va boshqa a’zolar faoliyati vaqti, o‘rtacha miqdorda ovqatlanish mumkin.
- Kechqurun 17-19 oralig‘i — buyraklar faollashgan vaqt va yengil kechki ovqat iste’mol qilish payti.
18 dan keyin ovqatlanmaslikning afzalliklari:
- Faollikning eng yuqori darajasi (ko‘pchilik odamlarda) soat 12-16 oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda ham jismoniy, ham aqliy tizimlar ishga tushadi. Eng muhim ovqatlanish — nonushtadan olingan energiya sarflanadi.
- Kechqurun kaloriyalarni cheklash kun davomida to‘yimli va sifatli mahsulotlarni iste’mol qilish odatini shakllantirishga yordam beradi, bu esa kunlik kaloriya miqdorini kamaytiradi.
- Erta kechki ovqat tezroq uyquga ketishga undaydi, chunki ertaroq turib nonushta qilishni istaysiz! Maqbul holat — o‘sish va yog‘ eritish gormoni somatotropin hamda kayfiyat va to‘yinganlik gormoni serotonin ishlab chiqarilishi uchun soat 22 da yotishdir. Vazn yo‘qotishda bu ikki gormon juda muhim rol o‘ynaydi.
18 dan keyin ovqatlanmaslikning kamchiliklari:
Har qanday parhezning tarafdorlari va qarshilari ham bo‘ladi. Asosan, u yoki bu tizim ularga mos kelmagani yoki natija bermagani sababli. Ular kutilgan natijani ko‘rmaydi, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi yoki hammasi juda murakkab tuyuladi.
- Kun davomidagi ovqatlanish odatlari: ko‘p va to‘yib ovqatlanish, natijada oshqozon kengayib, uzoq vaqt oralig‘i va ochlikka chiday olmaydi. Uxlash umuman imkonsiz bo‘lib qoladi.
- Kechki faollik, bunda organizm turmush tarzi (ish, oilaviy vaziyatlar va boshqalar) tufayli kech vaqtgacha (yoki tun bo‘yi) tetik bo‘ladi va quvvatga muhtoj bo‘ladi.
- Sog‘liq holatiga ko‘ra, masalan, qandli diabet yoki gipoglikemiyada ovqatlanish lozim bo‘lgan ma’lum vaqt oraliqlar. Bunday holatlarda oraliqli och qolish faqat shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi lozim.
15:00 dan keyin ovqatlanmaslik odatini qanday shakllantirish mumkin?
“Soat 15 dan keyin ovqatlanmaslik” rejimi klassik “Soat 18 gacha” grafigining yanada qat’iyroq ko‘rinishi hisoblanadi. Parhezshunoslar avvaliga “Soat 18 dan keyin ovqatlanmaslik” qoidasini sinab ko‘rishni tavsiya etadi. Ammo eng muhimi — har qanday yondashuvda organizmni oldindan tayyorlash lozim.
— Kaloriyalarni birinchi navbatda kechki ovqat hisobiga kamaytiring, u yengil, ammo to‘yimli (oqsilli) bo‘lsin. Vaqtni rejali ravishda uzaytiring - kunning so‘nggi ovqatlanishini har kuni 15:00 ga yetguncha yarim soatga kechiktiring.
— O‘zingizga vaqt bering. Albatta, ochlikdan hushdan ketish yoki tunda muzlatkichga yugurish haqida gap ketmayapti. Agar ahvolingiz nazorat ostida bo‘lsa, qorin dastlabki kunlardagina ozgina quldirashi mumkin.
— Haqiqiy ochlikni his qilishni va boshqarishni o‘rganing. Ko‘pincha odamlar chindan ham och qolgani uchun emas, balki zerikkanidan yoki kayfiyatni ko‘tarish uchun ovqatlanadi. Oshqozonni to‘ldirib, bir stakan toza suv iching: bir necha daqiqadan so‘ng ovqat yoki ichimlik xohlayotganingiz aniq bo‘ladi.
— Vasvasalardan xalos bo‘ling. Bu xuddi o‘sha yarim tunda muzlatgichga yugurish masalasiga taalluqli.
— O‘zingizga uzoq muddatli maqsad qo‘ying: doimo sifatli ovqatlaning va keraksiz oziq-ovqatlardan saqlanishga harakat qiling. Psixologlar isbotlaganidek, ko‘ylakka sig‘ish, dugonangizning to‘yida yaxshi ko‘rinish yoki ta’tilda plyajda chiroyli bo‘lish istagi sizni dastlab cheklab qo‘yadi. Siz vaqtinchalik natijaga moslashyapsiz. Maqsadga erishganingizdan so‘ng esa, o‘z-o‘zidan bo‘shashasiz. Ha, ozgan holingiz o‘zingizga yoqishi aniq. Lekin maqsadga ham erishiladi-ku! Charchagan organizm mukofot va dam olishni talab qilib, yangi maqsad qo‘yishni xohlamaydi.
Soat 15:00 dan keyin ayrim mahsulotlarni yeyish mumkin
Kunning soat 15:00 dan so‘ng uglevodlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilish man etiladi:
- makaron, guruch, bo‘tqalar;
- non va non mahsulotlari;
- kartoshka, sabzi, lavlagi;
- qandolat mahsulotlari, mevalar, quruq mevalar, murabbo, asal.
Bu oziq-ovqatlardan olingan quvvat uyquga ketguncha sarflanishga ulgurmay, yog‘ shaklida tanaga o‘tiradi. Bundan tashqari, uglevodlar organizmdan suyuqlikning chiqib ketishiga to‘sqinlik qilad. Shuningdek, shirin sut mahsulotlari (zapekanka, sut, tvorogli quymoq)dan ham voz kechgan ma’qul, chunki ular somatotropin gormonining ishlab chiqarilishiga xalaqit beradi.
Fastfud, qovurilgan taomlar, yarimtayyor mahsulotlar, kolbasa, shirin ichimliklar va boshqa zararli oziq-ovqatlar taqiqlanganini sanab o‘tirishning hojati yo‘q. Yaxshisi, kechki ovqatda tabiiy sut mahsulotlari, sabzavotlar, baliq, yog‘siz go‘sht yoki tuxumdan tayyorlangan taomlar bilan cheklaning.
Izoh (0)