2025-yilning yanvar-mart oylarida jami 1,5 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 256,5 ming nafarga yoki 20,3 foizga oshgan. Yanvar-mart oylarida chet elga borgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

- Qirg‘iziston – 631 240 nafar
- Tojikiston – 281 539 nafar
- Qozog‘iston – 240 644 nafar
- Saudiya Arabistoni – 112 274 nafar
- Rossiya – 69 065 nafar
- Turkiya – 46 566 nafar
- BAA – 44 796 nafar
- Misr – 16 689 nafar
- Tailand – 13 456 nafar
- Vyetnam – 9 574 nafar
- Boshqa davlatlar – 53 704 nafar
2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 1,3 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 361,2 ming nafarga yoki 37,1 foizga oshgan.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
- Qirg‘iz Respublikasi — 422 591 nafar
- Tojikiston — 401 377 nafar
- Qozog‘iston — 199 048 nafar
- Rossiya — 90 611 nafar
- Afg‘oniston — 81 797 nafar
- Turkmaniston — 48 871 nafar
- Turkiya — 22 520 nafar
- Xitoy — 14 062 nafar
- Hindiston — 10 326 nafar
- Koreya Respublikasi — 5 292 nafar
- Boshqa davlatlar — 38 810 nafar.
Yanvar oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet el fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
- qarindoshlarni yo‘qlash – 461 277 nafar
- xizmat yuzasidan – 88 336 nafar
- sayyohlik – 75 392 nafar
- tijorat – 41 196 nafar
- davolanish – 8 966 nafar
- o‘qish – 3 508 nafarni tashkil etgan.
O‘zbekiston Butunjahon sayyohlik tashkilotining Sayyohlarni himoya qilish xalqaro kodeksiga rasman qo‘shildi. Bu bilan mamlakat turizm sohasidagi xalqaro standartlarga va sayohatchilar huquqlarini himoya qilishga bo‘lgan sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.
Izoh (0)