• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ikki yillik pandemiyadan so‘ng oyoqqa turgan o‘zbek turizmi. Soha qanday tiklanmoqda?

    Turizm O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri. O‘tgan olti yil davomida sohada yaxshi o‘zgarishlar qilindi. Biroq oldinda turizmni ideal darajada rivojlantirish uchun bajariladigan ishlar talaygina.

    Foto: “Daryo”

    Sayyohlar soni va xizmatlar eksporti

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2019-yilda respublikaga kirib kelgan sayyohlar soni 2016-yilga nisbatan 3,3 baravarga oshgan. O‘sha yili qariyb 6,7 million nafar turist O‘zbekistonda sayohat qilgan. Buning natijasida 1,6 milliard dollarlik turistik xizmatlar eksporti amalga oshirilgan. Mazkur ko‘rsatkich 2016-yilda 430,7 million dollarga teng bo‘lgan.

    Infografika: Madaniyat va turizm vazirligi 

    Madaniyat va turizm vazirligining “Daryo”ga maʼlum qilishicha, 2020-yilda mamlakatga 7 million nafardan ortiq xorijiy sayyoh tashrifi kutilgandi. Biroq, og‘ir pandemiya sharoitida barcha sohalar qatori turizm ham qattiq zarbaga uchradi, sayyohlar soni sezilarli darajaga kamaydi. Yaʼni 2020-yilda respublikaga 1,5 million nafar sayyoh kelgan, 261 million dollarlik turizm xizmatlari eksport qilingan.

    2021-yilda O‘zbekistonga nisbatan ko‘proq – 1,9 million nafar xorijiy sayyohlar kelgan va 422,1 million dollarlik turizm xizmatlari eksport qilingan.

    Infografika: Madaniyat va turizm vazirligi 

    2022-yilda turistlar soni yana keskin o‘sib, qariyb 5,2 million nafar xorijiy sayyohlar O‘zbekistonga tashrif buyurdi va ko‘rsatkichlar 2017-yilga (2,7 million nafar) nisbatan 1,9 baravarga o‘sdi. O‘tgan yili turizm xizmatlari eksporti hajmi ham oshib, 1,6 mlrd dollarga yetgan (2017-yilda 531 million dollar bo‘lgan).

    Infografika: Madaniyat va turizm vazirligi 

    2022-yilda ichki sayohat qiluvchilar soni ham 2017-yilga nisbatan (10,5 million nafar) 107 foizga o‘sib, 11,3 million nafarni tashkil qildi.

    2023-yilda respublikaga 2020-yilda kutilganidek, 7 million nafar turist kelishi va 2 milliard dollarlik xizmatlar eksport qilinishi kutilmoqda. Pandemiyaning salbiy taʼsirida kutilmalar va o‘sish ko‘rsatkichlari uch yilga kechikdi deyish mumkin.

    Infografika: Madaniyat va turizm vazirligi 

    Investitsion holat

    Vazirlik axborotida turizmga jalb qilinayotgan investitsiyalar ulushi ortayotgani ham keltirilgan. Jumladan, 2021-yilda sohada investitsiya loyihalari doirasida umumiy qiymati 11,4 trillion so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib, 495 ta loyiha amalga oshirilgan.

    Davlat investitsiya dasturi asosida mahalliy hokimliklar bilan birga 1,2 milliard dollarlik 62 ta loyihadan 562,7 million dollar investitsiya o‘zlashtirilib, 31 ta loyiha ishga tushirilgan.

    2022-yil yakuniga qadar, turizm sohasida jami qiymati 21,6 trillion so‘mlik 727 ta loyihalar ishga tushirilib, tarmoqda qo‘shimcha 22 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilgan.

    Foto: “Daryo”

    Tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya jalb qilish hamda raqobatbardosh xizmatlarni yo‘lga qo‘yishga berilgan eʼtibor natijasida turizm bozoriga Hilton, Marriott, Hyatt, Wyndham, InterContinental Hotels Group va Accor kabi yetakchi mehmonxona brendlari kirib kelmoqda. Ular nafaqat Toshkent, balki, Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlariga ham qiziqish bildirib, o‘z faoliyatlarini tashkil qilmoqda.

    O‘zbekiston prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Investitsiya dasturi”ga xizmatlar sohasida qiymati 6 milliard 217 million 900 ming dollar bo‘lgan 144 ta loyiha kiritilgan. Shundan 3 milliard dollari (78 ta loyiha) turizm va madaniy meros sohalariga to‘g‘ri keladi.

    Hududiy investitsiya loyihalari hamda tadbirkorlik subyektlarining tashabbuslari bilan jami qiymati 10,5 trillion so‘m bo‘lgan 689 ta loyiha amalga oshirilishi va 17 ming 426 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.

    Vazirlik axborotiga qaraganda, respublikada 2022-yil 1-iyul holatiga qiymati 5,7 trillion so‘m bo‘lgan 378 ta loyiha amalga oshirildi va natijada 9 ming 584 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi

    Turizm infratuzilmasi va tadbirkorlik

    Madaniyat va turizm vazirligi bergan maʼlumotlarga ko‘ra, respublikada 2018—2022-yillar davomida jami 6 ming 788 ta yangi sanitariya-gigiyena shoxobchasi foydalanishga topshirildi. Avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalarining sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan taʼminlanish ko‘rsatkichi 20 foizdan 96,9 foizga yetkazildi.

    Turizm obyektlarida 3 ming 652 ta Wi-Fi nuqtalari tashkil etildi, 1 ming 901 ta yo‘l ko‘rsatkichlar o‘rnatildi, 132 ta axborot markazlari barpo qilindi. 440 ta yangi turizm obyektlari o‘rganilib, ushbu obyektlarning 250 tasi turizm marshrutlariga kiritildi.

    Bundan tashqari, turizm obyektlari atrofidagi yer maydonlarini obodonlashtirish, suv va yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash maqsadida respublika budjeti mablag‘laridan 1 trillion so‘m ajratildi.

    Sohada xorijiy va mahalliy sayyohlarga joylashtirish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlikni rivojlantirish muhim hisoblanadi.

    Foto: “Daryo”

    2016-yilda O‘zbekistondagi joylashtirish vositalari soni 609 tani tashkil etgan. 2022-yil iyuldagi ko‘rsatkichlarni 2016-yil natijalari bilan taqqoslansa, joylashtirish vositalari soni 2,6 baravarga oshgani va ularn 1 ming 579 taga yetgani maʼlum bo‘ladi. Joylashtirish vositalari 2017-yilda 767 ta, 2018-yilda 914 ta, 2019-yilda 1 ming 188 ta, 2020-yilda 1 ming 308 ta, 2021-yilda 1 ming 442 tani tashkil etgan.

    2022-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, respublikada 61 ta yangi mehmonxona va 122 ta xostellar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

    Mahalla fuqarolari yig‘inlari, tog‘li va olis qishloqlarda mahalliy aholini ish bilan taʼminlash va maqbul narxlardagi joylashtirish vositalariga bo‘lgan ehtiyojni taʼminlash maqsadida joylarda oilaviy mehmon uylari tashkil qilinmoqda.

    2018-yilda 106 ta oilaviy mehmon uylari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, 2022-yilning 1-iyuliga kelib, ularning soni 2 ming 667 taga yetdi. Shundan 223 tasi 2022-yilning o‘zida foydalanishga topshirilgan.

    O‘zbekistonda 2016-yilda turistik tashkilotlar soni 484 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilning 1-iyul holatiga ularning soni 1 ming 604 taga yetdi. Shundan 2022-yil davomida 112 ta yangi turistik tashkilotlar ish boshladi va 350 ga yaqin yangi ish o‘rni tashkil qilindi.

    Turizm sohasiga gidlarni tayyorlash yo‘nalishida ham ijobiy natijalar kuzatilmoqda. Jumladan, 2018-yilda gidlar 574 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilning 1-iyul holatiga ularning soni 2,4 ming nafarga tashkil qiladi.

    Sohada tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 100 ga soliq va bojxona imtiyozlari, xarajatlar va kreditlarni bir qismini qoplash, subsidiya hamda grantlar berish, foizsiz ssudalar ko‘rinishida davlat tomonidan qo‘shimcha ko‘mak va preferensiyalar berildi. 

    Foto: “Daryo”

    Yoshlarni turizm sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022-yilning avgust oyidan boshlab, turoperatorlik faoliyatlarni yo‘lga qo‘yishlari uchun 50 million so‘mdan grant mablag‘lari berilmoqda.

    O‘zbekistonda 91 ta xorijiy mamlakat uchun vizasiz rejim tadbiq etilgani ham sayyohlik rivojlanishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatmoqda. 2018-yil 15-iyuldan elektron kirish vizalarini berish tizimi yo‘lga qo‘yildi va bu tizimdan 57 ta davlat fuqarolari foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi hamda 101 mamlakat fuqarolari uchun vizasiz tranzit rejimi joriy etildi.

    Shu bilan birga, xorijiy sayyohlarga bir qator qulayliklar yaratildi. Xalqaro aeroportlarda “yashil” va “qizil” yo‘lak tizimi yo‘lga qo‘yildi, tashrif buyuruvchilar aeroportdan o‘rtacha hisobda 2-3 soatda chiqib ketish vaqti 15-20 daqiqada amalga oshiriladigan tizim yaratildi.

    Mamlakatga tashrif buyurgan sayyohlarni ro‘yxatga olish tizimini takomillashtirish va soddalashtirish maqsadida xorijiy fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi butunlay elektron shaklga o‘tkazildi (ye-mehmon tizimi).

    Bularning samarasi o‘laroq, O‘zbekiston o‘tgan yil mobaynida Nyu-York Times (AQSH) va Gardian (Buyuk Britaniya) nashrlarining reytinglarida “Dunyoning turizm bo‘yicha eng ommabop mamlakati”, Wegoplace sayohatchilar portali tomonidan “Dunyoning eng xavfsiz 5 mamlakatidan biri” hamda CrescentRating (Singapur) va Mastercard tashkilotlari tomonidan “Dunyoning ziyorat turizmi bo‘yicha eng ommabop 10 ta mamlakatidan biri” sifatida yuqori o‘rinlarda eʼtirof etildi.

    Foto: “Daryo”

    Ziyorat turizmi

    Bugun turizm yo‘nalishlari qatorida ziyorat turizmi alohida o‘ringa ega. O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishda ham yaxshi natijalarga erishilmoqda.

    Hisob-kitoblarga qaraganda, 2019-yilda respublikaga tashrif buyurgan 6,7 million nafar xorijiy sayyohlarning 88 foizi musulmon mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

    2018-yilda uzoq xorij davlatlaridan 325 ming 827 nafar sayyoh O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilgan va ularning 35 foizi, yaʼni 115 ming 621 nafari musulmon sayyohlar bo‘lgan. 2019-yilda musulmon sayyohlar soni jami uzoq xorij mamlakatlaridan kelgan sayyohlar soniga nisbatan 34 foizni tashkil qilgan.

    2021-yil 9-fevraldagi prezident farmoniga ko‘ra, 2021-yil 1-martdan boshlab, Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Ummon sultonligi fuqarolari 10 kungacha vizasiz rejim tizimi orqali O‘zbekistonda sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

    Bugungi kunda O‘zbekistonda 8 mingdan ortiq madaniy meros obyektlari bo‘lsa, shulardan 200 tadan ortig‘i YUNESKOning Jahon madaniy meʼrosi ro‘yxatidan o‘rin olgan.

    O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati jahon hamjamiyati tomonidan ham tan olinyapti. Masalan, 2007-yilda Toshkent shahri, 2020-yilda Buxoro shahri Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ISESCO) tomonidan “Islom olami madaniyati poytaxti” deb eʼlon qilingan.

    2019-yilning 21—23-fevral kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilgan “I Xalqaro ziyorat turizmi forumi”da O‘zbekistonni ziyorat turizmi markazlaridan biri sifatida eʼtirof etish to‘g‘risida “Buxoro deklaratsiyasi” qabul qilingan.

    Mastercard va CrescentRating tashkilotlari tomonidan tuzilgan “Jahon musulmon sayohati indeksi 2019” xalqaro reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoda musulmon sayyohlarni jalb qilayotgan mamlakatlar yigirmataligiga kirdi.

    Shu bilan birga, respublika Halal Travel Frontier 2020 hisobotida islomiy merosni qayta tiklash orqali musulmonlar turizmi bozorida yangi trendga asos solgan mamlakat sifatida eʼtirof etilgan.

    Islombek Umaraliyev 

    04.02.2023, 20:54   Izoh (0)   10046
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda noqonuniy diniy ta’lim berayotgan o‘quv markazi aniqlandi

    04.02.2023, 20:17

    Sogʻliqni saqlash vaziri: Taʼlimda oʻzgarish qilmas ekanmiz, tibbiyot ham oʻzgarmaydi

    04.02.2023, 19:38

    “Oila a’zolari tomonidan muntazam jinsiy zo‘ravonlikka uchrayotgan bolalar ham topiladi” — Bolalar ombudsmani

    04.02.2023, 19:27

    Buxoroda Nexia-2 ariqqa tushib ketdi (video)

    04.02.2023, 18:53

    Sogʻliqni saqlash vazirining telefon raqamiga kuniga 500 dan ortiq murojaat kelib tushayotgani maʼlum qilindi

    04.02.2023, 18:33

    Sogʻliqni saqlash vaziri: Tibbiyot muassasalari dorixonalari faoliyati qayta koʻrib chiqiladi va kuchaytiriladi

    04.02.2023, 17:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda kuchli chang bo‘ronli shamol bo‘lmoqda (video)

    O‘zbekiston | 17 may, 19:18

    Amerikalik ayol dunyo rekordini yangilash uchun 25 daqiqa sochidan osilib turdi

    Layfstayl | 17 may, 18:40

    Neymar “Santos” bilan shartnomani uzaytiradi

    Sport | 17 may, 18:03

    Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik aprel oyida barqaror tiklandi — tahlil

    O‘zbekiston | 17 may, 18:00

    Rossiyada avstraliyalik erkak Ukraina tomonida jang qilgani uchun 13 yilga qamaldi

    Dunyo | 17 may, 17:38

    Egizaklar bir xil narsalarga allergik bo‘ladimi?

    Layfstayl | 17 may, 17:35

    O‘zbekistonda 18-may kuni havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 17 may, 17:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.