Dunyo miqyosida tan olingan sayyohlik eksperti Lonely Planet 2024-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakatlar sifatida O‘zbekiston va yana 9 ta davlatni tanladi.
Lonely Planet Global sayyohlik tashkiloti kelasi yil uchun mashhur yo‘nalishlar ro‘yxatini eʼlon qildi. 50 yillik yubileyini nishonlash uchun “Best in Travel 2024” o‘zining an’anaviy ro‘yxatini eng yaxshi 10 ta shahar, mamlakat va mintaqalar ro‘yxatidan kengaytirib, “Eng yaxshi narx” va “Eng yaxshi barqaror yo‘nalishlar” uchun ikkita yangi toifani qo‘shdi.
O‘zbekiston esa sayohat qilish uchun dunyoning eng yaxshi davlatlari o‘ntaligiga kirdi. Ushbu o‘ntalikka Mo‘g‘uliston, Hindiston, Marokash, Chili, Benin, Meksika, Pokiston, Xorvatiya va Sent-Lyusiya qo‘shildi.
Ma’lumot uchun, 2016-yilda O‘zbekistonga 1,3 mln nafar sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, 2022-yilda sayyohlar soni 5,2 mln nafarni tashkil etdi.
2023-yilning o‘tgan 8 oyida O‘zbekistonga xorijdan 4,3 million turist keldi.
Izoh (0)