O‘zbekistonda hind filmlari va aktyorlarini ko‘pchilik yaxshi ko‘radi. Ular o‘z kumirlari haqida hamma narsani bilishni xohlashadi. Bollivud aktyorlari ta’tilni qayerda o‘tkazishni yaxshi ko‘rishlarini bilmoqchi bo‘lsangiz, maqolani oxirigacha o‘qing.
Shohrux Xon — London, Dubay
Bollivud qiroli o‘z uyi bo‘lgan Londonda oilasi bilan vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘radi. London — Britaniya muzeyi va Tauer ko‘prigi kabi mashhur diqqatga sazovor joylari bilan dam olish uchun ideal joy. Shohrux Xon, shuningdek, Dubayda hordiq chiqarishni ham yaxshi ko‘radi.
Salmon Xon — Dubay
Dubay — Salmon Xonning ham ta’tilni o‘tkazishni yaxshi ko‘radigan joyi. Dubayda dam olish — ovqatlanish, xarid qilish va o‘yin-kulgidan iborat. Bu boy va go‘zal shahar o‘zining do‘konlari va oziq-ovqat festivallari bilan mashhur. Ekstremal sport turlaridan tortib, spa-salonlar va plyajlargacha — Dubayda mukammal dam olish uchun hamma narsa mavjud.
Amitabh Bachchan — Goa, London
U Goa sohillarida dam olishni va mahalliy madaniyat bilan tanishishni yoqtiradi. Sohillari va ko‘ngilochar tadbirlari bilan mashhur bo‘lgan Goa yil bo‘yi sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Amitabh Bachchan dam olish uchun borishni yaxshi ko‘radigan yana bir joy — London.
Priyanka Chopra — Tailand
Priyanka plyajda dam olishni yoqtirgani uchun Tailandda hordiq chiqarishni xush ko‘radi. Priyanka uchun ta’til oilasi bilan vaqt o‘tkazish imkoniyati hamdir. Tailand o‘zining go‘zal plyajlari va boy madaniyati bilan mashhur.
Anushka Sharma — Himolay, Italiya
Aktrisa butun dunyo bo‘ylab sayohat qilishni va turli joylarni ko‘rishni yaxshi ko‘radi, ammo uning eng sevimli dam olish maskanlari Himolay va Italiyadir. Sarguzashtlarga ishqiboz bo‘lgan quvnoq Bollivud qizi uchun Himolay hordiq chiqarishga eng mos joy hisoblanadi. U Italiyani ham sevadi — taomlaridan tortib, sohillari-yu tosh yotqizilgan ko‘chalargacha hamma narsa ko‘nglidan joy olgan.
Ranbir Kapur — Nyu York, Italiya
Ranbir Kapur Nyu Yorkka borishni yoqtiradi. U ilgari Nyu Yorkda ta’lim olgan, endi esa do‘stlari bilan uchrashish uchun bu shaharga tashrif buyuradi. Nyu York o‘zining Empayer-Steyt binosi, Brodvey teatri, Ozodlik haykali va Tayms-skver maydoni bilan mashhur. Ranbir, shuningdek, Italiyaning Venetsiya va Apuliya shaharlariga borishdan zavqlanadi.
Karina Kapur — Shveysariya
Aktrisa Shveysariyaning qorli go‘zal manzaralarini sevadi. Bu mamlakat nafaqat uning sevimli dam olish joyi, balki u eri Saif Ali Xon bilan asal oyini o‘tkazish uchun ham u yerga borgan. U ta’til paytida havo sharida uchishni, golf o‘ynashni va boshqa ko‘ngilochar mashg‘ulotlarni yoqtiradi. Qor bilan qoplangan bu tog‘li diyor o‘zining sayr yo‘laklari va tog‘ chang‘i kurortlari bilan mashhur.
Akshay Kumar — Kanada
Akshay Kumarning eng yoqtirgan dam olish joyi Kanada. U oilasi bilan Toronto va Vankuverda dam olishni xush ko‘radi. Kanada o‘zining go‘zal tabiati bilan mashhur.
Dipika Padukone — Fransuz Rivyerasi
Baland bo‘yli va go‘zal aktrisa Dipika Padukone plyajlarni juda yaxshi ko‘radi. U tez-tez do‘stlari bilan Fransuz Rivyerasi plyajlariga dam olishga boradi. Fransiyaning janubi-sharqidagi sohil mintaqasi bo‘lgan Fransuz Rivyerasi har yili millionlab sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Bu yerda sayyohlar uchun Kur-Saleya bozori, Efrussi de Rotshild villasi va boshqa ko‘plab diqqatga sazovor joylar mavjud.
Izoh (0)