Turkiyada Respublika xalq partiyasi (CHP) raisi O‘zgur O‘zelga noma’lum erkak hujum qildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya xabar berdi.

Ali Yerlikaya hodisani qoraladi va hujum qilgan shaxs qo‘lga olinganini aytdi.
O‘zgur O‘zelga qilingan hujumni keskin qoralayman va uning tezroq sog‘ayib ketishini tilayman. Bosqinchining shaxsi aniqlandi, u qo‘lga olindi, degan vazir.
Hujum qilgan shaxs 1959-yilda Gaziantep shahrida tug‘ilgan Selchuk Tengio‘g‘li hisobalanadi. U ilgari ikki farzandini o‘ldirgani, shuningdek, o‘g‘rilik uchun sudlangan. Erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Ammo 16 yil qamoqda o‘tirib, shartli ravishda ozod qilingan. Hozir u qo‘lga olingan, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan so‘roq qilinmoqda.
Guvohlarning aytishicha, erkak muxolifat yetakchisiga “Men buyuk Usmonlilar avlodiman!” deb musht tushirgan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on allaqachon jabrlangan O‘zgur O‘zelga qo‘ng‘iroq qilib, hamdardlik bildirgan va uni qo‘llab-quvvatlagan.
Ta’kidlanishicha, yuqoridagi hodisa Turkiya Buyuk milliy majlisi rais o‘rinbosari Sirra Surayya O‘nder bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tgan Otaturk madaniyat markazidan chiqishda yuz bergan.

Izoh (0)