Daryo

Turkiyada sud Istanbul merini qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqardi

Korrupsiyada ayblanayotgan Akram Imamo‘g‘li sud jarayoni tugaguniga qadar qamoqda saqlanadi

1 daqiqa o‘qish7 658 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiyada sud 23-mart kuni Istanbul meri Akram Imamo‘g‘lini korrupsiya ishi bo‘yicha qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu haqda CNN Turk telekanali xabar berdi.

Foto: AP Photo

Ma’lum qilinishicha, u Imamog‘li ish bo‘yicha sud jarayoni tugaguniga qadar qamoqda saqlanadi. Tergovda Akram Imamo‘g‘lidan tashqari 99 nafar gumonlanuvchiga nisbatan jinoiy uyushmani boshqarish, unga a’zolik, korrupsiya, poraxo‘rlik, firibgarlik, shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda egallash va kimoshdi savdosiga korrupsiyaviy aralashuv kabi ayblovlar qo‘yilgan.

Istanbul shahri meri, muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi vakili Akram Imamo‘g‘li 19-mart kuni qo‘lga olingandi. Buning ortidan Turkiya shaharlarida namoyishlar avj oldi. 22—mart kuni namoyishlarga chiqqanlarning 300 nafardan ortig‘i qo‘lga olindi. Erdo‘g‘on Istanbul meri hibsga olinishi sababli bo‘layotgan namoyishlarni ko‘cha terrori deb atadi. Imomo‘g‘lining qamoqqa olinishiga qarshi aksiyalarga taqiqlar joriy etildi.

Bundan tashqari, Istanbul universiteti Imamo‘g‘lining 1990-yilda Kipr shimolidagi xususiy universitetdan uning biznes boshqaruvi fakultetiga o‘tishida yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarni sabab qilib ko‘rsatib, diplomini bekor qildi. Turkiyada davlat rahbari lavozimi uchun kurashda faqat oliy ma’lumotli nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

Imamo‘g‘li bo‘lajak prezidentlik saylovlarida Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning asosiy raqibi hisoblangan. Turkiya adliya vaziri Yilmaz Tunch yuz berayotgan voqealarning amaldagi prezidentga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytdi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar