O‘zbekistonda havo transporti xizmatidan 1 kunda o‘rtacha nechta yo‘lovchi foydalanishi ma’lum bo‘ldi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-mart oylarida xavo transportida bir kunda o‘rtacha 18,5 ming nafar yo‘lovchilar tashilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 2,8 ming nafar yo‘lovchiga oshgan.
2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 1,3 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 361,2 ming nafarga yoki 37,1 foizga oshgan.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
- Qirg‘iz Respublikasi — 422 591 nafar
- Tojikiston — 401 377 nafar
- Qozog‘iston — 199 048 nafar
- Rossiya — 90 611 nafar
- Afg‘oniston — 81 797 nafar
- Turkmaniston — 48 871 nafar
- Turkiya — 22 520 nafar
- Xitoy — 14 062 nafar
- Hindiston — 10 326 nafar
- Koreya Respublikasi — 5 292 nafar
- Boshqa davlatlar — 38 810 nafar.
Yanvar oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet el fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
- qarindoshlarni yo‘qlash – 461 277 nafar
- xizmat yuzasidan – 88 336 nafar
- sayyohlik – 75 392 nafar
- tijorat – 41 196 nafar
- davolanish – 8 966 nafar
- o‘qish – 3 508 nafarni tashkil etgan.
O‘zbekiston Butunjahon sayyohlik tashkilotining Sayyohlarni himoya qilish xalqaro kodeksiga rasman qo‘shildi. Bu bilan mamlakat turizm sohasidagi xalqaro standartlarga va sayohatchilar huquqlarini himoya qilishga bo‘lgan sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.
Bu borada metropoliten
Toshkent metropolitenida 2024-yilning yanvar—dekabr oylarida jami 270,3 mln nafar yo‘lovchi tashilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 98,3 mln nafar yo‘lovchiga yoki 57,2 foizga o‘sgan.
Ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida quyidagicha:
- 2020-yil — 38,8 mln nafar;
- 2021-yil — 101,8 mln nafar;
- 2022-yil — 136,7 mln nafar;
- 2023-yil — 172 mln nafar;
- 2024-yil — 270,3 mln nafar.
Izoh (0)