Toshkentda 2008-yilda tug‘ilgan o‘quvchisiga sevgi izhor qilgan va dars vaqtlarida ham qizga qarab shahvoniy harakatlar qilib kelgan 61 yoshli o‘qituvchiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Shahar sudlari “Daryo”ga ma’lum qildi.

2025-yil 2-may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudida 1964-yilda tug‘ilgan, fizika fani o‘qituvchisi I.R.ga nisbatan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi.
U tumandagi 18-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida fizika fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelgan. 2024-yil 4-noyabrdan boshlab shu maktabda o‘qiydigan 2008-yilda tug‘ilgan 10-sinf o‘quvchisiga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlar sodir etgan.
Jumladan, u o‘quvchiga turli “smayl”lar yuborib, 2025-yil 8-fevral kuni rus tilida “ya tebya lyublyu” mazmunida sevgi izhor qilgan, sinfdoshlaridan uning shaxsiy hayoti haqida surishtirgan hamda dars vaqtlarida unga qarab, shahvoniy harakatlar qilgan.
Sudda o‘qituvchi ikki yildan buyon qizni kuzatib yurganini, uni sevishini va yomon niyati bo‘lmaganini aytib, yengil jazo tayinlashni so‘radi.
Voqea haqida qiz 2025-yil 29-aprel kuni onasiga xabar bergan. Onasi bu haqda maktab rahbariyatiga murojaat qilganini, biroq ular masalani “ichki tartibda” hal qilishga uringani va hech qanday jazo chorasi ko‘rilmaganini ta’kidladi. Maktab direktori qizdan ovoz yozuvini olishni so‘ragan, biroq o‘qituvchiga nisbatan choralar ko‘rilmagan.
Tergov davomida aniqlanishicha, o‘qituvchi qizning sinfdoshlaridan biri orqali unga “Mendan qo‘rqmasin, men uni yaxshi ko‘raman, jiddiy rejalarim bor, unga uylanmoqchiman” degan mazmunda xabar ham yuborgan.
Sud erkakni aybdor deb topib, unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.
Bolalarga nisbatan shahvoniy shilqimliklar statistikasi
O‘zbekiston sudlarida 2025-yil aprel oyi boshidan beri voyaga yetmaganlarga nisbatan shahvoniy shilqimlik bo‘yicha kamida 21 ta ish ko‘rib chiqilgani ma’lum bo‘ldi.
Ushbu 21 ta ishning 3 tasi Andijon viloyati kassatsiya sudida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, avvalgi instansiya sudlari qarorlari ustidan prokuror protestlari bilan bog‘liq. Barcha hollarda protestlar qanoatlantirilib, ishlar qo‘shimcha tergovga jo‘natildi.
21 ta ishdan 1 tasi Qashqadaryo viloyati tumanlaridan birining birinchi instansiya sudi tomonidan qo‘shimcha tergovga yuborilgan. 21 ta holatdan 1 tasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1 (shahvoniy shilqimlik) moddasidan MJtK ning 41-moddasi (haqorat)ga qayta kvalifikatsiya qilindi.
Bolalarga shilqimlik holatlari
- Bolalar ombudsmani taqdimnomasi bilan 9 yoshli qizga shilqimlik qilgan erkakka chiqarilgan sud qaroriga protest kiritildi.
- Toshkent viloyatida erkak 5 yoshli qizchaga tegajog‘lik qilganlikda ayblanmoqda.
- Bolalar ombudsmani otasi tomonidan shilqimlikka uchragan opa-singil ishi bo‘yicha ma’lumot berdi.
- Toshkentda metro vagonida notanish qizga tegajog‘lik qilgan erkak besh sutkaga qamaldi.
- Toshkentda ruhiy kasal bo‘lgan shaxs 12 yoshli qizga tashlandi.
- Toshkentda erkak o‘qituvchi sinfxonani qulflab, o‘quvchisiga tegajog‘lik qildi.
- Toshkentda o‘qituvchi erkak sobiq o‘quvchisini do‘stining oldida haqoratlab, tegajog‘lik qildi.
- Yakkasaroyda 9 yoshli o‘quvchiga shilqimlik qilgan o‘qituvchi javobgarlikka tortildi.
Izoh (0)