• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chalob sotuvchiligidan katta tadbirkorlikkacha: muhojirlikda qiynalgan ayol hikoyasi

    Qiyinchiliklarga qaramay, o‘z ishini boshlayotgan, o‘ziga ishongan va muvaffaqiyat sari intilayotgan ayollar jamiyatimizning muhim tayanch kuchidir. Ularning qat’iyati nafaqat oilalar farovonligini oshirishga, balki butun mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga xizmat qiladi.

    O‘zbekiston prezidentining ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash siyosati doirasida “Hamroh” dasturi ishga tushirildi. O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva ushbu tashabbus ayollarga biznes yuritish bo‘yicha zarur bilimlarni olish, tajribali murabbiylardan maslahat olish hamda imtiyozli kreditlar va grantlardan foydalanish imkoniyatini yaratishi haqida e’lon qildi.

    “Hamroh” dasturidan ruhlanib, yanada olg‘a intilayotgan Gulmira Djumayeva bolaligida ishchilar uchun chalob sotgani, bir necha yil muhojirlikda qiynalgani va bugungi kunda qanday qilib katta tadbirkorga aylangani haqida hikoya qildi.

    “Odamlarga chalob sotib katta bo‘lganman”

    — Bolaligimda men yashaydigan joy — Kattaqo‘rg‘on tumanida poyezd yo‘lida ishchilar uchun bozor bo‘lardi. Yosh bo‘lishimga qaramay, chalob tayyorlab kelib, o‘sha yerda sotardim. Dadam oilada yetti kishini bir o‘zi boqardi. 

    Rossiyada ko‘cha supurgan paytlarim ham bo‘lgan. Cho‘ntagimga ozgina non solib, choy damlab olardim. Yo‘lning bir chekkasiga o‘tirib ovqatlanardim. U narsalarni eslash juda og‘ir, oila sog‘inchi…

    Qarindosh-urug‘larim, do‘stlarim sen chiqindi bilan ishlayapsan, yaxshi ish qilmayapsan deb mendan xafa bo‘lardi. Shundan so‘ng to‘y-ma’raka, yig‘inlarga ham bormaganman. Meni taklif qilishganda ham rad etardim. Odamlar ustimda kular, hatto qo‘li bilan meni ko‘rsatishardi, deya hikoya qiladi u.

    “Bugun qo‘l ostimda yuzlab insonlar ishlaydi”

    — Chet elda ishlayotganlar u yerdan g‘oyalar olishi kerak. Tajribalarni O‘zbekistonga olib kelishsa, bajarish bizning odamlarning qo‘lidan keladi. Faqat o‘sha kasbni o‘rganish kerak. Nima uchun men mehnat muhojiri bo‘lib yuribman-u, nega endi O‘zbekistonga borib shu yutuqni qilolmas ekanman? Ular mingan mashinani nega men minolmayman, degan savollarni o‘zimga berganimda turmush o‘rtog‘im ustimdan kulgan payti ham bo‘lgan. Mening shu savollarim bugungi yutug‘imning egasi bo‘ldi.

    Hozir chiqindini qayta ishlash bilan shug‘ullanaman. Bugungi kunda shu sohada uchta tuman klasteriman. Chiqindilar qayta ishlansa — ular O‘zbekistonning boyligi. Qo‘l ostimda 426 nafar inson faoliyat yuritadi. Ulardan 123 tasi “temir daftar”da turadigan, imkoniyati cheklangan ayollar. Ishchilarim bilan bitta stolda o‘tirib ovqatlanishni yaxshi ko‘raman — tushlikda ular bilan bir stolda o‘tiraman. Ularning dardini, qanday muammosi borligini eshitaman, deydi Gulmira Djumayeva.

    “Pul osonlik bilan kelmaydi, ortga chekinmaslik lozim”

    — Hozir Kattaqo‘rg‘on shahrida ham, tumanda ham birorta chiqindi ko‘rmaysiz. Bitta tushgan chiqindi darhol yig‘ishtirib ketiladi va bizning zavodga yetkaziladi. Bugun oddiy shishani qayta ishlayman — drobilka orqali maydalab, yig‘ib, yetkazib beraman. Metallni qayta ishlashda kseroksdan foydalanaman. Barcha plastmassani qayta ishlab, granula tayyorlayman. Qop, metall va plastikni qayta ishlayman. Yetti xil turdagi qayta ishlaydigan mahsulotlarim bor.

    Ayollar bugungi kunda qiyinchilikdan ortga chekinmasliklari kerak. Xotin-qizlarga bugun juda keng imkoniyat va sharoitlar bor. Pul o‘z-o‘zidan kelib qolmaydi. Qiyinchilikni sabr bilan yengsa albatta, hammasi o‘z o‘rniga tushadi. Orqaga chekinmaslik lozim — ishlash kerak. Bugun ziyon qilsa, ertaga foyda qiladi. Agar ertaga ham ziyon bo‘lsa, indinga albatta, foyda ko‘radi, deydi tadbirkor.

    “Hamroh” mening olg‘a intilishimga kuch beryapti”

    — Boshlanishidagi barcha qiyinchiliklarni oilam bilan birgalikda yengib o‘tdim, ularni ham to‘g‘ri ishlarga yo‘naltirdim. Bugun erimning oilasi ham, o‘zimning opa-singil, ukalarim — hammasi yaxshi yashaydi. Barchasining “inomarka” mashinasi bor.

    Hozirda O‘zbekistonimizda hamma sharoit bor! Menda “Shu qiyinchiliklardan o‘tib olsam, barchasi yaxshi bo‘lib ketadi” degan gap xayolimda turardi. Yotsam ham, tursam ham shu haqida o‘ylardim. O‘sha qiyinchiliklarga chidadim, sabr qildim — mana bugun rohatini ko‘ryapman.

    Shunday vaqt bo‘ldi-ki, ozroq qiynalib turgan paytimda 500 million kredit so‘radim. Xalq banki tomonidan menga shu summa ajratib berildi. “Hamroh” esa mendan qiyinchilik, menga qanday yordam berilsa yana mingta ish o‘rni yaratilishini so‘radi. “Hamroh”dek tashkilotlar yanada oldinga yurishimga ruhan kuch beryapti, deydi chiqindini qayta ishlash korxonasi rahbari Gulmira Djumayeva.

    20 mart, 20:45   Izoh (0)   3243
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #“Hamroh”#Saida Mirziyoyeva

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Sizning borligingiz menga kuch bag‘ishlaydi”. Otabek Umarov rafiqasi Shahnoza Mirziyoyevani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    08.08.2019, 22:50

    Otabek Umarov Saida Mirziyoyevani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    04.11.2019, 09:24

    “Daqiqalar, soniyalardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganing” — senatorlar, deputatlar hamda vazirlar maktab bitiruvchilarini tabrikladi

    25.05.2022, 11:12

    Toshkentda ayollarga bag‘ishlangan “Matonatning 17 qiyofasi” fotoko‘rgazmasi o‘tkaziladi

    05.12.2022, 17:59

    Saida Mirziyoyeva shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Afruza Hamdamovani shaxsan kutib oldi (foto)

    26.11.2023, 13:45

    Yangi Chery avtomobillarining taqdimoti: yangi narxlar e’lon qilindi

    16.09.2024, 15:00

    Raj Kapurning nevarasi, Saif Ali Xonning rafiqasi, mahoratli aktrisa Karina Kapur 44 yoshda (foto, video)

    23.09.2024, 17:10

    Netflix tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi 5 ta koreys seriali (treyler) 

    28.10.2024, 18:40

    OAV: Putinning tansoqchilari tasodifan uning harakatlanish manzillarini oshkor qildi

    30.10.2024, 15:17

    Tom va Jerri ekranlarga qaytmoqda: Warner Bros. yangi talqindagi multfilmni taqdim etadi

    17.12.2024, 17:50

    Ayol tansoqchilar: Muammar Qazzofiy nega bokira qizlarni o‘ziga qo‘riqchi qilib olgan?

    17.12.2024, 14:10

    Uch ayoldan to‘qqiz farzand, shaxsiy orol va boy berilgan obrazlar: aktyor Mel Gibson haqida 5 ta kutilmagan fakt

    9 yanvar, 13:30

    Ilon Maskning natsistlarga xos ishorasi muhokamalarga sabab bo‘ldi (video) 

    21 yanvar, 16:18

    Mish-mish yoki haqiqat: Fransiya birinchi xonimi Brijit Makron yoshligida qanday ko‘rinishda bo‘lgan?

    5 fevral, 15:52

    APEX INSURANCE sayohat sug‘urtasi: dunyoning istalgan nuqtasida ishonchli hamrohingiz

    7 fevral, 10:30

    Braziliya sobiq prezidenti davlat to‘ntarishiga urinishda ayblandi 

    19 fevral, 15:20

    O‘zbekistonda kreditini vaqtida to‘lagan ayol tadbirkorlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

    7 mart, 18:00

    O‘zbekistonda 5 nafar ayolni biznesga olib kirgan tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha grant ajratiladi

    7 mart, 21:54

    2025-yilda 2 mln nafar ayolning bandligini ta’minlash maqsad qilingan

    7 mart, 23:11

    O‘zbekistonda xotin-qizlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

    17 mart, 14:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nursulton Ro‘ziboyevning Brayan Battlga qarshi jangi bekor qilindi

    Sport | 16 avgust, 10:30

    Alyaskadagi sammit: Putin va Tramp muzokaralari yakunlandi. Ular ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 16 avgust, 09:59

    APL. “Liverpul” 1-turda “Bornmut” darvozasiga to‘rtta gol urdi (video)

    Sport | 16 avgust, 09:37

    Jazo muddatidagi shaxs katta miqdorda soxta dollarlarni sotayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

    Sirdaryo | 16 avgust, 09:17

    Enzo, Niki, Dino va boshqalar: insonlar sharafiga nomlangan avtomobil modellari

    Shou-biznes | 16 avgust, 09:10

    Magnit bo‘ronlarining Yerga ta’siri kuchayib bormoqda - tadqiqot

    Dunyo | 16 avgust, 08:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.