Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi Yevropa Ligasining yarim final bosqichidagi “Atletik”ka qarshi uchrashuvda yirik hisobda g‘alaba qozondi (3:0). Ushbu natijadan keyin mankunianliklar Yevropa musobaqalarida mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa sifatida qoldi.

“Manchester Yunayted” hozirgi kunga qadar Yevropa Ligasida 13 uchrashuvda maydonga tushib, umuman imkoniyatni boy bermadi. Jamoa mazkur bellashuvlarning 8 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 5 uchrashuvda durang o‘ynadi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” yarim finalning dastlabki uchrashuvida Bilbaoning “Atletik” klubi ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi gollarga Bruno Fernandesh (dubl) hamda Kazemiro mualliflik qildi. Mazkur jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi 8-may oqshomida “Old Trafford”da bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “qizil iblislar” “Ipsvich Taun” hujumchisi Liam Delapni yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Izoh (0)