• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    Futbol va musiqa. Madhiyasiga o‘zbekistonlik qo‘shiqchi mualliflik qilgan Polsha jamoasi haqida bilasizmi?

    Dunyodagi ikki eng mashhur soha — futbol va musiqa tarixda juda ko‘p marta kesishgan. 1986 yilda Diyego Maradona allaqachon dunyoga mashhur futbolchi bo‘lganida, argentinalik pop-guruh bilan birgalikda qo‘shiq yozgan. UEFA Chempionlar Ligasi musiqasini ta’riflash shartmas. Jahon Chempionatlari, o‘zi umuman yirik turnirlar oldidan ularga atab aytiladigan musiqalar hamon futbol ixlosmandlarining pleylistidan joy olgan. Ushbu maqolada esa bir noodatiy hamkorlik (futbol va musiqa hamkorligi) haqida hikoya qilinadi.

    Anna German
    Foto: Rambler.ru

    “Gurnik” Zabje

    Anna Germanni tanishtirishga hojat yo‘q. Ehtimol, inson hayoti davomida bir marta bo‘lsa ham “Bog‘lar gullaganda”, “Muhabbat sadosi”, “Umid” qo‘shiqlarini tinglagan. Mashhur qo‘shiqchining ijodida ko‘plab polyakcha, inglizcha va italyancha qo‘shiqlar mavjud. Ha, yana, qayd etib o‘tish kerak, Anna 1936-yilda O‘zbekistonning Urganch shahrida tavallud topgan. Bir muddat oilasi bilan Toshkentda ham istiqomat qilgan. 

    Anna Germanning biografiyasida “futbol”ga oid bir voqea ham bor. 1971-yilda Anna German Polshaning kichik Zabje shahridagi “Gurnik” klubi uchun madhiya yozgan edi.

    “Gurnik” jamoasining retro-fotosi
    Foto: Rambler.ru

    “Gurnik” nisbatan yosh klub bo‘lib, 1948-yilning dekabrida tashkil etilgan. Uning nomi “Konchi” deb tarjima qilinadi. Jamoa 1956-yilda oliy ligada debyut qilgan va oltinchi o‘rinni egallagan. Keyingi yili esa “Gurnik” o‘zining ilk chempionligini qo‘lga kiritadi. Keyingi yillarda klub yana 13 marta oltin medallarni qo‘lga kiritgan, eng so‘nggisi — 1988-yilda.

    90-yillar boshigacha klub muntazam ravishda yuqori o‘rinlarni egallab kelgan, lekin 1993/94-yilgi mavsumda bronza medalini qo‘lga kiritgandan keyin, “Gurnik” hech qachon kuchli uchlikka kira olmadi. 2009 va 2016-yillarda u ligadan tushib ketdi, ammo har ikkala holatda ham qisqa muddat ichida yana qaytdi.

    Foto: Sports

    2018-yilda “Gurnik” yana elitaga qaytib, kutilmaganda 4-o‘rinni egalladi, faqat bronza medallarini qo‘lga kiritgan “Lex”dan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qoldi. Bu jamoaga 24 yildan so‘ng (Intertoto Kubogi hisobga olinsa, 23 yildan so‘ng) yana Yevrokuboklarda ishtirok etish imkonini berdi. Yevropa Ligasi saralash bosqichining birinchi raundida “Gurnik” Moldova shahrining “Zarya” jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi, o‘z maydonida 1-0 hisobida g‘alaba qozonib, safarda 1-1 hisobida durang o‘ynadi. Lekin keyingi bosqichda klub Slovakiyaning “Trenchin” jamoasiga ikki bor mag‘lub bo‘ldi va umumiy hisobda 1-5 hisobida yutqazdi. 2018-yildan beri jamoa musobaqa jadvalida 6-o‘rindan yuqori ko‘tarila olmadi. Lekin bir paytlar hammasi boshqacha edi...

    Xalqaro muvaffaqiyat

    Polsha chempionati yuqori darajadagi chempionat deb hisoblanmasa ham, mahalliy klublar Yevrokuboklarda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan. “Legiya” Kubok egalari Kubogining va hatto, Chempionlar Kubogining yarim finaliga chiqqan. Bir marta Lodz shahrining “Vidzev” jamoasi Yevrokubok finaliga chiqishga bir qadam yaqin edi. Xalqaro arenada Krakovning “Visla”, Poznandagi “Lex” va Xojuv shahrining “Rux” jamoalari ham yaxshi natijalar ko‘rsatib, Yevrokuboklar chorak finallariga chiqishgan va Yevropa grandlari ustidan g‘alaba qozongan. Lekin Yevrokubok finaliga chiqa olgan yagona Polsha klubi — bu “Gurnik” Zabje edi.

    Bu 1970-yilda sodir bo‘lgan, o‘shanda klub Kubok egalari Kubogida ishtirok etgan. “Gurnik” UEFA turniriga yo‘llanmani milliy Kubokning finalida “Legiya”ni 2-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratish orqali qo‘lga kiritgan. O‘yin 24-may kuni Lodz shahrida, ikki jamoa uchun ham neytral maydonda bo‘lib o‘tgan. O‘yinning 17-daqiqasida “Gurnik” o‘yinchisi Vlodzimej Lubyanski birinchi golni urdi, 76-daqiqada Ervin Vilchek hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

    Bu “Gurnik”ning Polsha Kubogidagi uchinchi g‘alabasi edi. Qizig‘i shundaki, klub garchi 1986, 1992 va 2001-yillarda finalga chiqqan bo‘lsa ham 1972-yildan keyin bu sovrinni boshqa hech qachon yuta olmagan. Kubokdagi g‘alabalar soni bo‘yicha (6 marta) “Gurnik” 2-o‘rinda, “Legiya” bu Kubokni 20 marta qo‘lga kiritgan.

    Yevrokubokdagi muvaffaqiyatli kampaniyasi boshlanishiga qadar “Gurnik” xalqaro arenada bir necha marta ishtirok etgan va 1967/68-yilgi mavsumda Chempionlar Kubogining chorak finaliga qadar chiqqan. Turnir davomida jamoa Shvetsiyaning “Yurgordens” jamoasidan ustun kelgan (3-0, 1-0), keyin esa Kiyevning “Dinamo” jamoasini mag‘lub etgan (2-1, 1-1), shundan so‘ng “Manchester Yunayted”ga qarshi bahsda mag‘lub bo‘lgan (0-2 va 1-0).

    Keyingi mavsumda esa “Gurnik” 1/8 finalda “Reynjers” jamoasi bilan to‘qnash kelgan. Bu to‘qnashuvda polyaklar aytarli muammoga duch kelmadi va ikki marta 3-1 hisobida raqibini mag‘lub etdi. O‘sha paytda shotlandlar Kubok egalari Kubogi finalida ikki marta o‘ynagan va ko‘plab Yevropa grandlarini mag‘lubiyatga uchratgan edi.

    Chorak va yarim finalni ham hal qilgan “Gurnik” UEFA turnirining finaliga chiqqan birinchi Polsha jamoasiga aylandi. Polsha esa vakili Yevrokubok finaliga chiqqan o‘n ikkinchi davlatga aylandi (hozirgi vaqtda bunday davlatlar soni yigirma bitta).

    “Gurnik” va “Manchester Siti” sardorlari
    Foto: Sports

    Kubok egalari Kubogi finaliga chiqqanida, klub atigi 22 yoshda bo‘lgan. Bugungi kunda 2002-yilda tashkil etilgan bir jamoaning UEFA turniri finaliga chiqishini tasavvur qilish qiyin. Ammo boshqa tomondan, “Leypsig” 2009-yilda tashkil etilgan bo‘lib, allaqachon klubning tarixida ikkita yarim final o‘yinlari bor. Shunday ekan, klubda hali ham “Gurnik”ning natijalarini yangilash uchun imkoniyat bor.

    1970-yil 29-aprelda Polsha jamoasi Vena shahridagi “Praterstadion” (1992 yildan buyon bu stadion “Ernst Xappel” deb ataladi) stadioniga final o‘yini uchun tashrif buyuradi, raqibi esa “Manchester Siti” bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, bu ham “shaharliklar”ning birinchi Yevrokubok finali edi. Bundan tashqari, klub o‘z tarixida ikkinchi marta Yevrokuboklarda o‘ynayotgan edi. Bir yil avval jamoa Chempionlar Kubogida qatnashgan, ammo birinchi bosqichda “Fenerbaxche” jamoasiga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (1-2) yutqazgan.

    Finalga qadar “Man Siti” “Atletik” Bilbao, “Lyers”, “Akademika” va “Shalke” jamoalarini ortda qoldirgan.

    Final “Gurnik”ning ssenariysi bo‘yicha kechmadi. 13-daqiqada “Manchester Siti” tarkibida Nil Jeyms Yung hisobni ochdi. 43-daqiqada esa Frensis Genri Li jarima zarbasidan gol urib, o‘yin natijasini hal qilgandek edi. Ammo raqib taslim bo‘lmadi va 68-daqiqada Stanislav Oslizlo oradagi farqni qisqartirdi. Afsuski, “Gurnik” va uning muxlislari uchun hisob boshqa o‘zgarmadi va kubok “Manchester Siti”ga nasib etdi.

    Shundan beri birorta Polsha jamoasi Yevrokuboklar finallariga chiqa olmadi, “Gurnik”ning finalga qadar borgani Polsha tarixidagi eng muvaffaqiyatli mavsum bo‘lib qoldi.

    Madhiya

    Shuning uchun, 1971-yilda mashhur qo‘shiqchi klub uchun madhiya yozishida hech qanday ajablanarli holat yo‘q edi, chunki “Gurnik” Yevropa grandlari bilan tengma-teng kurasha boshlagandi. Albatta, qo‘shiq polyak tilida ijro etilgan edi.

    Musiqani Anna Germanning o‘zi bastalagan, so‘zlarini esa Yuzef Prutkovskiy yozgan. Polyak tilini biladigan odamlar madhiya matnini osongina tushunadi. Bilmaganlar esa internet tarmog‘idagi tarjimonlardan foydalanishlari mumkin.

    Ammo, hatto polyak tilini bilmasdan ham, qo‘shiqda “Vlodek” so‘zini eshitish mumkin. Bu ikki marta Kubok egalari Kubogining to‘purariga aylangan va 1970-yilgi finalda ishtirok etgan futbolchi (hujumchi) Vladimij Lubyanskining laqabi edi.

    30.10.2024, 19:14   Izoh (0)   7419
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Anna German#Gurnik#Legiya#Polsha

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Lotin harflaridan so‘ramang...

    09.12.2017, 18:40

    Ukraina telekanalining 92 foiz tomoshabini Yanukovich qaytishi uchun ovoz berdi

    10.12.2017, 12:49

    SSSRdan samolyotda qochishga uringan gruzin yoshlari, gugurt tufayli yuz bergan London metrosidagi yong‘in va XX asrning eng yirik o‘z joniga qasd qilish holati. K...

    18.11.2022, 09:30

    Halok bo‘lgan qiz kundaligi: fashizm davri tarixiga aylangan Anna Frank va uning oilasi taqdiri

    15.08.2023, 17:10

    Rossiya, Belarus va G‘arb davlatlari o‘rtasida mahbuslar almashildi 

    01.08.2024, 23:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.