• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Uch yildan buyon yutqazmayotgan Italiya, eski mavqeyiga qaytayotgan Turkiya, “ajdarlar” va “bankirlar”. Yevro—2020 A guruhi haqida

    Koronavirus pandemiyasi sabab bir yilga muddatga kechiktirilgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati—2020 iyun-iyul oylarida mintaqaning o‘nta shahrida bo‘lib o‘tadi. “Daryo” Yevro—2020 oldidan terma jamoalar va guruhlardagi holatga qisqa sharh berib o‘tadi. Mazkur sonda A guruhi vakillariga to‘xtalib o‘tamiz.

    A guruhi
    • Italiya
    • Turkiya
    • Uels
    • Shveysariya

    Kollaj: “Daryo”

    Italiya

    • Bosh murabbiy: Roberto Manchini
    • FIFA reytingi: 7-o‘rin
    • Yevrodagi eng yaxshi natijasi: Oltin (1968-yil)
    • Yulduz futbolchilar: Leonardo Bonuchchi, Marko Verratti, Chiro Immobile
    Roberto Manchini shogirdlari saralash bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunladi. Jamoa Finlyandiya, Gretsiya, Bosniya va Gersegovina, Armaniston va Lixtenshteyn kabi terma jamoalarga qarshi kechgan o‘nta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, birinchilardan bo‘lib musobaqa yo‘llanmasiga ega chiqqandi.

    Yevro—2016 musobaqasini o‘tkazib yuborgan jamoa bu safar juda ishonchli o‘yin ko‘rsatgan holda bo‘lajak turnirning favoritlari qatorida e’tirof etilmoqda. “Skuadra Adzurra” so‘nggi mag‘lubiyatni 2018-yilning oktabrida qabul qilib olgandi. Millatlar Ligasi yarim finalida jamoa Portugaliyaga imkoniyatni boy berib qo‘ygan. O‘shandan buyon Italiya biror marta ham mag‘lub bo‘lmadi.

    Foto: Getty Images

    Biroq italyanlarni oson bo‘lmagan guruh o‘yinlari kutib turibdi. Keyingi jamoalar deyarli bir xil darajada va Italiyadan nom borasida ortda qoladi, xolos. Qizig‘i, Italiyaning mintaqaviy musobaqadagi natijalari Jahon Chempionatlaridagi kabi maqtanarli emas. To‘rt bor mundial g‘olibi bo‘lgan apenninliklar Yevropa birinchiligida bor yo‘g‘i bir bor, o‘shanda ham omad evaziga (Yevro—1968 yarim finalida SSSR terma jamoasi bilan durangdan keyin qur’aga ko‘ra finalga yo‘l oladi) g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

    Manchini musobaqa uchun quyidagi futbolchilarni tanlab olgan:

    Darvozabonlar: Janluiji Donnarumma (“Milan”), Aleks Meret (“Napoli”), Salvatore Sirigu (“Torino”);

    Himoyachilar: Franchesko Acherbi (“Latsio”), Alessandro Bastoni (“Inter”), Leonardo Bonuchchi, Jorjio Kyellini (ikkisi “Yuventus”), Jovanni di Lorenso (“Napoli”), Emerson Palmeri (“Chelsi”), Alessandro Florensi (“PSJ”), Leonardo Spinatssola (“Roma”), Rafael Toloi (“Atalanta”);

    Yarim himoyachilar: Nikolo Barella, Stefano Sensi (ikkisi “Inter”), Jorjinyo (“Chelsi”), Manuel Lokatelli (“Sassuolo”), Brian Kristante, Lorenso Pellegrini (ikkisi “Roma”), Marko Verratti (“PSJ”);

    Hujumchilar: Andrea Belotti (“Torino”), Domeniko Berardi (“Sassuolo”), Federiko Bernardeski, Federiko Kyeza (ikkisi “Yuventus”), Chiro Immobile (“Latsio”), Lorenso Insinye (“Napoli”).

    Italiya terma jamoasining Yevro—2020 uchun qaydnomasi va guruh bosqichidagi taqvimi

    Italiya terma jamoasining Yevro—2020 uchun qaydnomasi va guruh bosqichidagi taqvimi
    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Turkiya

    • Bosh murabbiy: Shenol Gyunesh
    • FIFA reytingi: 29-o‘rin
    • Yevrodagi eng yaxshi natijasi: Bronza (2008-yil)
    • Yulduz futbolchilar: Chag‘lar So‘yunjyu, Xoqon Chalxono‘g‘lu, Burak Yilmaz
    Turklar ham saralash bosqichini yomon o‘tkazmadi. Jamoa guruhda faqat Fransiyadan (2 ochkoga) ortda qoldi qoldi va Islandiya bilan raqobatda yaqqol ustunlik qilgan holda final bosqichiga chiqdi. Qayd etish joiz, Turkiya saralash bosqichida Fransiyaga yutqazmadi (1 tadan g‘alaba va durang), biroq shu bilan birga Islandiyani mag‘lub etolmadi (1 tadan durang va mag‘lubiyat).

    Foto: Twitter

    Turkiya terma jamoasining ko‘plab futbolchilari Yevropa milliy chempionatlarida yorqin mavsumni o‘tkazdi. Terma jamoa sardori Burak Yilmaz, himoyachi Zeki Chelik va yarim himoyachi Yusuf Yaziji “Lill” safida Liga 1 g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Chalxono‘g‘lu “Milan”ning asosiy figurasiga aylangan bo‘lsa, Ozan Kabak van Deyksiz qolgan “Liverpul” markaziy himoyasining asosiy vakiliga aylandi. “Lester”dagi Chag‘lar So‘yunjyu esa APLda mavsumning eng yaxshi himoyachilaridan biri bo‘ldi.

    Turkiya murabbiylar shtabi musobaqa uchun quyidagi tarkibni tanlab oldi:

    Darvozabonlar: Altay Bayindir (“Fenerbahche”), Mert Fehmi Gyunok (“Istanbul”), Ug‘urjan Chaqir (“Trabzonspor”);

    Himoyachilar: Zeki Chelik (“Lill”), Chag‘lar So‘yunjyu (“Lester”), Kan Ayhan, Mert Myuldyur (ikkisi “Sassuolo”), Merih Demiral (“Yuventus”), O‘zan Kabak (“Shalke”), Ridvon Yilmaz (“Beshiktosh”), Umut Jengiz (“Gavr”);

    Yarim himoyachilar: Yusuf Yaziji (“Lill”), Dorukhan Tokyoz (“Beshiktosh”), Irfon Kaxveji, O‘zan Tufan (ikkisi “Fenerbahche”), Okay Yokushlu (“Selta”), Orkun Kyokchyu (“Feyenord”), Taylan Antalyali (“Galatasaroy”), Xoqon Chalxono‘g‘lu (“Milan”);

    Hujumchilar: Burak Yilmaz (“Lill”), Jengiz O‘nder (“Roma”), Enes Unal (“Xetafe”), Abdulqodir Omyur (“Trabzonspor”), Kerem Akturko‘g‘lu (“Galatasaroy”), Xalil Dervisho‘g‘lu (“Brentford”), Kenan Karaman (“Fortuna”).

    Turkiya terma jamoasining Yevro—2020 uchun qaydnomasi va guruh bosqichidagi taqvimi

    Turkiya terma jamoasining Yevro—2020 uchun qaydnomasi va guruh bosqichidagi taqvimi
    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Uels

    • Bosh murabbiy: Rayan Giggz (Rob Peyj)
    • FIFA reytingi: 17-o‘rin
    • Yevrodagi eng yaxshi natijasi: Yarim final (2016-yil)
    • Yulduz futbolchilar: Garet Beyl, Aaron Remzi
    Uels terma jamoasi saralash bosqichida katta qiyinchilikka duch keldi. Guruhda “ajdarlar” Xorvatiya, Slovakiya va Vengriya jamoalariga qarshi kurashdi. Yakunda Uels 14 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi, birinchi o‘rindagi Xorvatiya (17) ulardan uch ochko ko‘p to‘plagan bo‘lsa, Slovakiya (13) va Vengriya (12) biroz ortda qolib ketdi. Qayd etish kerak, Uels so‘nggi turda to‘g‘ridan to‘g‘ri raqibi Vengriyani ishonchli tarzda mag‘lub etib, Yevro—2020 yo‘llanmasiga ega bo‘lgandi.

    Foto: Twitter

    2020/21-yilgi mavsum Uels yulduzlari uchun oson bo‘ldi deb bo‘lmaydi. Jamoaning hujumdagi yulduzi Garet Beyl mavsum yakuniga kelibgina o‘zini namoyish qila boshladi, biroq barqarorlik borasida “golfchi” u qadar maqtana olmaydi. Aaron Remzi esa “Yuventus” zaxirasida qolib ketdi. Bu ham yetmaganidek jamoa Yevropa chempionatiga bosh murabbiysiz boradi. Giggz jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda va shu sabab Yevro—2020 ni o‘tkazib yuboradigan bo‘lyapti.

    Uelsning Yevro—2020 uchun qaydnomasi:

    Darvozabonlar: Ueyn Hennessi (“Kristal Pelas”), Denni Uord (“Lester”), Adam Devis (“Stok Siti”);

    Himoyachilar: Kris Ganter (“Charlton Atletik”), Ben Devis, Jo Rodon (ikkisi “Tottenhem”), Kris Mifam (“Bornmut”), Tom Lokyer (“Luton Taun”), Neko Uilyams (“Liverpul”), Ris Norrington-Devis (“Stok Siti”), Konnor Roberts, Ben Kabango (ikkisi “Suonsi”);

    Yarim himoyachilar: Aaron Remzi (“Yuventus”), Jo Allen (“Stok Siti”), Jonni Uilyams (“Kardiff”), Harri Uilson (“Liverpul”), Itan Ampadu (“Chelsi”), Devid Bruks (“Bornmut”), Jo Morrell (“Luton Taun”), Mettyu Smit (“Manchester Siti”), Dilan Levitt (“Manchester Yunayted”), Rubin Koluill (“Kardiff ”);

    Hujumchilar: Garet Beyl (“Tottenhem” / “Real”), Kiffer Mur (“Kardiff”), Tayler Roberts (“Lids”), Deniel Jeyms (“Manchester Yunayted”).

    Uels terma jamoasining Yevro—2020 uchun qaydnomasi va guruh bosqichidagi taqvimi

    Uels terma jamoasining Yevro—2020 uchun qaydnomasi va guruh bosqichidagi taqvimi
    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Shveysariya

    • Bosh murabbiy: Vladimir Petkovich
    • FIFA reytingi: 13-o‘rin
    • Yevrodagi eng yaxshi natijasi: 1/8 final (2016-yil)
    • Yulduz futbolchilar: Granit Jaka, Jerdan Shakiri, Manuel Akanji
    Shveysariya saralash bosqichida Daniya va Irlandiya kabi o‘zi bilan teng kuchli jamoalarga qarshi bahs yuritdi. So‘nggi turlarni ishonchli o‘tkazgan “banklar yurti” yakunda birinchi o‘rin bilan ushbu bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

    Shveysariya kamtarona tarkibga ega bo‘lsada musobaqalarda doim yetakchilarga muammo tug‘dirishi bilan yodda qolgan. Bu safar ham Petkovich jamoasini oson bo‘lmagan sinov kutib turibdi.

    Shveysariyaning Yevro—2020 uchun qaydnomasi quyidagi ko‘rinishni oldi:

    Darvozabonlar: Ivon Mvogo (“PSV”), Yonas Omlin (“Monpelye”), Yann Zommer (“Borussiya M”);

    Himoyachilar: Manuel Akanji (“Borussiya D”), Loris Benito (“Bordo”), Eray Jemert (“Bazel”), Niko Elvedi (“Borussiya M”), Jordan Lotomba (“Nitssa”), Kevin Mbabu (“Volfsburg”), Bechir Omeragich (“Syurix”), Rikardo Rodriges (“Torino”), Fabian Sher (“Nyukasl”), Silvan Vidmer (“Bazel”);

    Yarimhimoyachilar: Kristian Fassnaxt (“Yang Boyz”), Edimilson Fernandes (“Mayns”), Remo Froyler (“Atalanta”), Mario Gavranovich (“Dinamo Zagreb”), Admir Mehmedi (“Volfsburg”), Granit Jaka (“Arsenal”), Denis Zakariya (“Borussiya M”), Jibril Sou (“Ayntraxt F”), Ruben Vargas (“Augsburg”);

    Hujumchilar: Bril Embolo (“Borussiya M”), Jerdan Shakiri (“Liverpul”), Haris Seferovich (“Benfika”), Stiven Zuber (“Ayntraxt F”).

    Shveysariya terma jamoasining Yevro—2020 uchun qaydnomasi va guruh bosqichidagi taqvimi

    Shveysariya terma jamoasining Yevro—2020 uchun qaydnomasi va guruh bosqichidagi taqvimi
    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Yevropa chempionati 11-iyunda Turkiya va Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bilan boshlanadi. Musobaqaning final o‘yini 11-iyulga mo‘ljallangan.

    Nodirxon Hamidxonov tayyorladi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    03.06.2021, 05:43   Izoh (0)   32743
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘rtoqlik o‘yinlari. Fransiya terma jamoasi Uelsga imkon qoldirmadi, Angliyada ham g‘alaba, Germaniya va Niderlandiya durang o‘ynadi

    03.06.2021, 05:23

    Serxio Agueroning “Barselona”da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

    02.06.2021, 19:01

    “Aristokratlar”ning samoviy xaridlari: “Chelsi” chempion tarkibni yig‘ish uchun qancha mablag‘ sarflagan?

    02.06.2021, 18:14

    “Uning haykali bizning stadionimizda turadi”. Serxio Aguero qanday qilib “Manchester Siti” afsonasiga aylandi?

    02.06.2021, 16:00

    Superliganing may oyidagi eng yaxshilari aniqlandi

    02.06.2021, 14:42

    Shavkat Mirziyoyev Osiyo chempionatida 7 ta oltin medalga ega chiqqan boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga tabrik yo‘lladi

    02.06.2021, 14:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Sistit — bu uyat emas!


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Misrdan O‘zbekistonga C gepatitiga qarshi dorilarning 2025-yildagi birinchi partiyasi yuborildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 14:01

    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

    Reklama | 1 iyun, 13:30

    Migratsiya agentligi fuqarolarni xorijdan qaytarishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 13:40

    “PSJ” finaldagi g‘alabasi evaziga qancha pul ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 1 iyun, 13:07

    Mask giyohvand moddalar iste’mol qilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    Dunyo | 1 iyun, 11:30

    2024/25-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi: eng yaxshi to‘purar va assistentlar aniqlandi

    Sport | 1 iyun, 11:02

    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi

    Reklama | 1 iyun, 12:00

    Rossiyada yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 1 iyun, 10:40

    Tojikistondan 16 kilo giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 09:45

    10 sutka qamoq va jarima. Toshkentdagi futbolda janjal uyushtirganlar jazolandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 08:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.