Farg‘ona shahridagi avtoshohbekatda janjal bo‘lgani haqidagi xabar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, 30-aprel kuni shaharning Tadbirkorlar ko‘chasida joylashgan avtoshohbekatda fuqaro A.R. va M.U. o‘zaro kelishmovchilik sababli gap talashgan. Voqea joyida bo‘lgan fuqaro Sh.Sh. ularni tinchlantirmoqchi bo‘lgan vaqtida A.R. bilan o‘zaro janjallashib ketgan.
Janjal davomida Sh.Sh.ning tanishi fuqaro A.R.ning yuz qismiga urib, tan jarohati yetkazgan. Natijada A.R. hushini yo‘qotgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “i” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Holatga aloqador barcha shaxslar protsessual tartibda ushlangan.
Toshkentda bir guruh shaxslar fuqaroga o‘yinchoq to‘pponcha bilan tahdid qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Shuningdek, Toshkentda gul do‘konidagi sotuvchi qizni bo‘g‘ib, yana ikki fuqaro bilan janjallashgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Toshkentda ayolni himoya qilishga uringan erkak kaltakdan so‘ng komaga tushdi.
Izoh (0)