Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumani 34-IDUMda o‘quvchi maktabdoshini kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi.
Holat yuzasidan Andijon viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirib, holat o‘rganilayotganini maʼlum qilgandi.
Bolalar ombudsmanining xabar berishicha, maktabning 9-sinf o‘quvchilari A.X. va M.R. (2009-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar) o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqib, A.X. M.R. ni urib, tan jarohati yetkazgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
“Vaziyat yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha maʼlumot beriladi”, deyiladi xabarda.
Izoh (0)