33 yoshli braziliyalik hujumchi Neymar qishki transfer oynasida o‘zining ilk klubi — “Santos”ga qaytdi. U klub bilan iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan qisqa muddatli shartnoma imzoladi. Bu esa futbolchining yaqin orada Yevropaga qaytmoqchi ekanidan dalolat beradi, deyilmoqda.

Ispaniyaning Sport gazetasining yozishicha, Neymar “Barselona”ga qaytishni maqsad qilgan. U 2017 yilda “PSJ”ga o‘tganida klub bilan munosabatlarini chiroyli yakunlay olmagandi. Endi esa kataloniyalik muxlislar bilan munosabatlarni ajoyib tarzda yakunlashni istaydi.
Biroq “Barselona” klubining unga eshik ochishga tayyor yoki tayyor emasligi hozircha noma’lumligicha qolmoqda.
Ma’lumot uchun, Neymar futbol tarixidagi eng qimmat transfer qilingan futbolchi hisoblanadi. 2017 yilda “PSJ” uni “Barselona”dan 222 million yevroga sotib olgan edi.
Izoh (0)