O‘zbekiston sudlarida 2025-yil aprel oyi boshidan beri voyaga yetmaganlarga nisbatan shahvoniy shilqimlik bo‘yicha kamida 21 ta ish ko‘rib chiqilgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, kamida 21 ta ish voyaga yetmaganlarga nisbatan tegajog‘lik bilan bog‘liq. Ushbu 21 ta ishning 3 tasi Andijon viloyati kassatsiya sudida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, avvalgi instansiya sudlari qarorlari ustidan prokuror protestlari bilan bog‘liq. Barcha hollarda protestlar qanoatlantirilib, ishlar qo‘shimcha tergovga jo‘natildi.
21 ta ishdan 1 tasi Qashqadaryo viloyati tumanlaridan birining birinchi instansiya sudi tomonidan qo‘shimcha tergovga yuborilgan. 21 ta holatdan 1 tasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1 (shahvoniy shilqimlik) moddasidan MJtK ning 41-moddasi (haqorat)ga qayta kvalifikatsiya qilindi.
Ko‘rib chiqilgan 16 ta holatda 17 nafar erkak voyaga yetmaganlarga nisbatan shahvoniy shilqimlikda aybdor deb topildi. Ulardan 12 nafariga nisbatan 3 dan 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. 5 nafar erkak 750 ming so‘mdan 1 million 875 ming so‘mgacha ma’muriy jarimaga tortildi.
Bolalarga shilqimlik
- Bolalar ombudsmani taqdimnomasi bilan 9 yoshli qizga shilqimlik qilgan erkakka chiqarilgan sud qaroriga protest kiritildi.
- Toshkent viloyatida erkak 5 yoshli qizchaga tegajog‘lik qilganlikda ayblanmoqda.
- Bolalar ombudsmani otasi tomonidan shilqimlikka uchragan opa-singil ishi bo‘yicha ma’lumot berdi.
- Toshkentda metro vagonida notanish qizga tegajog‘lik qilgan erkak besh sutkaga qamaldi.
- Toshkentda ruhiy kasal bo‘lgan shaxs 12 yoshli qizga tashlandi.
- Toshkentda erkak o‘qituvchi sinfxonani qulflab, o‘quvchisiga tegajog‘lik qildi.
- Toshkentda o‘qituvchi erkak sobiq o‘quvchisini do‘stining oldida haqoratlab, tegajog‘lik qildi.
- Yakkasaroyda 9 yoshli o‘quvchiga shilqimlik qilgan o‘qituvchi javobgarlikka tortildi.
Izoh (0)