Jinoyat ishlari bo‘yicha Bandixon tuman sudida voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga jazo tayinlandi.
Maʼlum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida yashovchi 22 yoshli yigit 16-mart kuni “Bandixon” mahallasi hududida voyaga yetmagan qizning yoniga mashinasida kelib, unga uylanmoqchi ekanini aytgan va qo‘lidan ushlab shilqimlik qilib, mashinasiga o‘tqizmoqchi bo‘lgan.
Sud majlisida qiz va uning opasi uning uchun huquqbuzarga nisbatan daʼvosi borligi, unga qonuniy chora ko‘rishlikni so‘rab ko‘rsatma bergan.
Sud, maʼmuriy ish hujjatlarini o‘rganib chiqib, yigitni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) bilan aybdor deb topgan. Unga shu modda bilan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Bir necha kun oldin Toshkentda avtobusda oilali ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan konduktor qamalgan edi.
Izoh (0)