Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqida xabarlar tarqalgandi. TIV matbuot kotibi Ahror Burxonov buni asossiz va feyk deb atadi.

“O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi mavjud vizasiz tartib o‘z kuchida qolmoqda”, deydi vazirlik vakili.
Uning ta’kidlashicha, rasmiy manbalar bunday choralar joriy etilgani haqida hech qanday ma’lumot bermagan. Ahror Burxonov fuqarolarni faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalarga ishonishga chaqirdi.
Yaqinda Dubayda o‘zbekistonlik ikki jinoiy guruh o‘rtasida keskin to‘qnashuv sodir bo‘lib, bu pichoqbozlik bilan yakunlangani haqida xabarlar tarqalgandi. TIV matbuot kotibi mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotganini, 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari ko‘payayotgani ikki davlat o‘rtasidagi vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirgandi.
2024-yil 16-fevraldan boshlab Dubay O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz boradigan shaharlar qatoriga kirgandi. O‘zbekiston fuqarolari 30 kundan oshmagan muddatda BAA hududida bo‘lishi davrida viza talablaridan ozod etildi.
Izoh (0)