• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Qirg‘iziston Tojikiston

    O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi

    Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni Xo‘jand shahrida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov bilan uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Uchrashuv avvalida davlat rahbarlari bir-birlarini Ramazon hayiti hamda bahor uyg‘onishi va yangilanish ayyomi — Navro‘z bilan qutladi, birodar xalqlarga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi. Shavkat Mirziyoyev Tojikiston va Qirg‘iziston tomonlarini barcha masalalar uzil-kesil hal etilgani hamda Davlat chegarasini delimitatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani bilan tabrikladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ushbu hujjat, shuningdek, uch mamlakat davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risida imzolanayotgan shartnoma barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga, butun mintaqaning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Tantanali ravishda ochilgan Do‘stlik stelasi esa qardosh mamlakatlar o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlarining yangi ramziga aylanishi qayd etildi.

    O‘zbekiston prezidenti amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Eng avvalo, bu oliy darajadagi faol va ishonchli aloqalarni davom ettirishdir. Shu hafta Samarqandda “Markaziy Osiyo—Yevropa ittifoqi” birinchi sammiti va mintaqadagi umumiy ekologik tahdidlarga bag‘ishlangan Iqlim forumi bo‘lib o‘tadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    May oyida Ko‘rfaz arab davlatlari bilan sammit, sentyabr oyida esa Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan, bo‘lajak tadbirlar kun tartibini puxta tayyorlash va umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish uchun tashqi ishlar vazirliklari orqali muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

    Chegaradosh hududlarning hamkorligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonning Qirg‘iziston va Tojikiston bilan tovar ayirboshlash hajmi o‘n karradan ziyodga oshgani qayd etildi. Bu hajmning deyarli yarmi chegaraoldi hududlarga to‘g‘ri keladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu bois chegaralardagi bojxona punktlarini kompleks modernizatsiya qilish va kengaytirish, qulay, zamonaviy savdo va logistika infratuzilmasini shakllantirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Uch tomonlama savdo maydonchasini tashkil etish, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining doimiy faoliyat ko‘rsatadigan ko‘rgazma-yarmarkasini yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganish taklif etildi.

    Yana bir yo‘nalish — sanoat kooperatsiyasi loyihalari. Bugungi kunda O‘zbekiston korxonalari va xususiy kompaniyalari qo‘shni mamlakatlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga faol sarmoya kiritmoqda. Kooperatsiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakat rahbari qo‘shma investitsiya jamg‘armalari kapitalini bosqichma-bosqich oshirishga tayyorligini bildirdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mamlakatlar o‘rtasida transport aloqalarini rivojlantirish borasidagi ishlarni davom ettirishga kelishib olindi. Bu aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish va geografiyasini kengaytirish, chegaraoldi hududlardagi shaharlar o‘rtasida yangi avtobus yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yishni o‘z ichiga oladi.

    “Yashil” energetika va transport sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalar, suv va ekologiya dasturlarini ilgari surish diqqat markazida bo‘ldi. O‘zbekiston prezidenti hukumatlar iqtisodiy yo‘nalishda yanada faol ishlab, xalqlar farovonligini oshirishga qaratilgan tezkor, real natijalar berishi lozimligini alohida ta’kidladi.

    Shu kunlarda Xo‘jand shahrida qator madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazilayotgani xalqlarimiz, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi.

    Davlat rahbari har yili Navro‘z bayrami kunlarida chegaraoldi hududlarda qo‘shma konsert va do‘stlik festivallarini o‘tkazishni taklif etib, kelgusi yilda bunday tadbirlarni Farg‘ona shahrida tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

    Uchrashuv yakunida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma imzolandi hamda uch davlat rahbarlarining Qo‘shma deklaratsiyasi qabul qilindi.

    Bugun, 31-mart kuni Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Xo‘jand shahriga yetib bordi. Aeroportda davlat rahbarini Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi. O‘zbekiston rahbarining tashrifi sharafiga davlat bayroqlari ko‘tarildi. Milliy kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

    Shavkat Mirziyoyev Xo‘jand shahriga kelgach, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon huzurida tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning kuchga kirishi haqidagi bayonnomani imzoladi va ratifikatsiya yorliqlarini almashdi. 

    31 mart, 14:09   Izoh (0)   5512
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #O‘zbekiston#Tojikiston#Qirg‘iziston

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Urushda qatnashgan emas, qatnashmagan yutadi”. Ukraina inqirozi Markaziy Osiyo davlatlariga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

    19 mart, 11:20

    Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston chegaralari tutashgan nuqta ko‘rsatildi

    19 mart, 15:21

    O‘zbekiston Yevrosiyo taraqqiyot bankini taʼsis etish haqidagi bitimga qo‘shiladi

    20 mart, 09:55

    Qozog‘iston O‘zbekistondan baxtliroq deb topildi

    20 mart, 14:35

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z umumxalq bayrami bilan tabrikladi

    21 mart, 10:36

    Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir

    21 mart, 17:44

    Bir asrlik “nizo urug‘i”ning qurishi: O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi “minalar” tarixi

    23 mart, 18:00

    Qirg‘izistonning xorijga chiqish pasportlari dizayni o‘zgardi (foto)

    25 mart, 15:32

    Prezident ishtirok etgan iftorlik marosimi, Andijondagi zilzila, demontaj qilinadigan bankomatlar: 25-martning eng muhim xabarlari

    25 mart, 23:00

    O‘zbekistonga o‘tgan ikki oyda turistlar eng ko‘p qaysi davlatdan kelgani aniqlandi

    26 mart, 20:10

    Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas O‘zbekistonga keladi

    27 mart, 09:38

    Kallas: “Rossiyaga qarshi sanksiyalar Markaziy Osiyo iqtisodiyotiga zarar yetkazmoqda”

    27 mart, 19:15

    Xorijga borgan o‘zbekistonliklarning safar maqsadlari bo‘yicha statistika e’lon qilindi 

    28 mart, 18:35

    Chiqindixonadagi motivator, qurumsoq oshiq: kinokastinglardan o‘ta olmagan Bobur Mansurov qanday qilib mashhur vaynerga aylandi?

    29 mart, 17:04

    Sovet davrida yashirincha nishonlangan bayram: hayitning tarixiga nazar

    29 mart, 18:17

    Ramazon hayiti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlaridan qutlovlar kelmoqda

    29 mart, 21:20

    Shavkat Mirziyoyev uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi

    30 mart, 09:59

    O‘zbek olimlarining navbatdagi g‘alabasi

    30 mart, 19:25

    Tailandda og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    30 mart, 12:09

    O‘zbekistonda 1-apreldan qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi? 

    30 mart, 14:41

    Qaysi sohalarda bo‘sh ish o‘rinlari ko‘proq? O‘zbekiston mehnat bozori tahlil qilindi

    30 mart, 14:00

    O‘zbekiston terma jamoasi Erondan o‘tib ketdimi?  

    30 mart, 16:40

    2024-yilda tashqi savdo balansi taqchilligi 17,4 mlrd dollarni tashkil etdi  — Markaziy bank

    30 mart, 17:01

    Vitaliy Denisov BAAga qarshi o‘yin haqida: “Har qanday holatda ham g‘alaba uchun o‘ynash kerak” 

    30 mart, 17:51

    O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Ramazon hayiti bilan bir-birlarini tabrikladi 

    30 mart, 18:30

    O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari Ramazon hayiti bilan bir-birlarini qutladi 

    30 mart, 19:55

    “Abbosbek Fayzullayevga Yevropaning top-5 ligalaridan qiziqish bor” — manba  

    30 mart, 20:31

    Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni Tojikistonda bo‘ladi

    30 mart, 20:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mozambikda 120 nafar bola isyonchilar tomonidan o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 25 iyun, 15:10

    Putin 2027-yilgacha urushni davom ettira oladi — NATO razvedkasi

    Dunyo | 25 iyun, 15:00

    Vitamin va minerallar tanqisligini qanday to‘ldirish mumkin? Mutaxassisdan 5 tavsiya

    Salomatlik | 25 iyun, 14:50

    Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 14:38

    Yurishdan ham yaxshiroq: olimlar miya uchun eng foydali jismoniy faollik turini aniqladi

    Layfstayl | 25 iyun, 14:35

    O‘zbekistonda ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 14:35

    Rasman. “An-Nassr” Stefano Piolini iste’foga chiqardi

    Sport | 25 iyun, 14:30

    Xitoydagi ko‘rshapalaklarda odamga yuquvchi yangi viruslar aniqlandi

    Dunyo | 25 iyun, 14:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.