• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bobur shahrini barchamiz orzu qilayotgan eng go‘zal, eng zamonaviy shaharga aylantirish bugundan boshlab real vazifa qilib kun tartibiga qo‘yiladi” – Shavkat Mirziyoyev

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida yangi barpo etilgan Bobur shahrida o‘tkazilgan tantanali marosimda nutq so‘zladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbari Bobur shahri milliy madaniyat va sanʼat, o‘zbekona mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik va hamkorlikni aks ettiradigan o‘ziga xos ko‘zgu bo‘lishi zarurligini taʼkidladi.

    Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar, muhtaram Andijon ahli!

    Avvalo, siz, azizlar bilan yurtimizda ko‘klam nafasi kezib yurgan mana shunday fayzli kunlarda diydor ko‘rishib turganimdan g‘oyat mamnunman. Barchangizga o‘zimning yuksak hurmat va ehtiromimni bildiraman.

    Hammangizga ma’lumki, inson qadrini ulug‘lash, xalqimizning huquq va manfaatlarini ta’minlash, shu asosda odamlarni hayotdan rozi qilish – Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadidir.

    Bugun jonajon Vatanimizning barcha viloyatlari, qishloq va ovullarida ana shu ulug‘ va ezgu maqsad qanday amaliy natijalar berayotganini ko‘rib, albatta barchamiz cheksiz quvonamiz. Buning amaliy tasdig‘ini go‘zal va betakror Andijon zaminida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Viloyatda sanoat, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, bog‘u rog‘lar barpo etish, ko‘cha va mahallalarni obod qilish, aholi uchun munosib mehnat va yashash sharoitlari yaratish bo‘yicha ko‘plab tahsinga loyiq ishlar qilinmoqda.

    Qani endi, imkoni bo‘lsa-yu, bu so‘lim diyorga tez-tez kelib, siz, azizlar bilan chin dildan miriqib suhbatlashsam. Chunki, sir emas, men doimo sizlar kabi mard va tanti, qalbi – Ollohda, qo‘li – ishda bo‘lgan insonlar bilan uchrashib, muloqot qilib, o‘zim uchun beqiyos ma’naviy kuch olaman, ruhlanaman.

    Ishonch bilan aytish mumkinki, Andijon zaminida Yangi O‘zbekiston g‘oyasi, Yangi O‘zbekiston nafasi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib bormoqda, xalqimizni baland-baland marralarga undamoqda.

    Bu – islohotlarimizning biz kutgan, butun xalqimiz kutgan eng katta, eng muhim natijasi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

    Qadrli do‘stlar!

    Faxr bilan ayta olamizki, Andijon butun mamlakatimiz, Markaziy Osiyo mintaqasining zamonaviy, yirik shaharlaridan biri, vodiy gavharidir. Bu ko‘hna zamindan ko‘plab olim va mutafakkirlar, mashhur shoir va adiblar, davlat va jamoat arboblari, madaniyat va san’at namoyandalari yetishib chiqqan.

    Andijon – buyuk mutafakkir, bunyodkor shoh Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz tavallud topgan tabarruk diyor ekani barchamizga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi.

    Bugungi kunda Andijonda barcha soha va tarmoqlar jadal rivojlanmoqda. Ayni paytda bu yerda juda katta salohiyat mavjud. Ana shunday ulkan imkoniyatlarimizni ishga solish, hududni yanada taraqqiy ettirish maqsadida sizlar bilan bundan ikki yil avval Yangi Andijon shahri va “Yangi O‘zbekiston” bog‘ini barpo etish haqida kelishib olgan edik.

    O‘tgan davr mobaynida ushbu ulkan loyihani amalga oshirish borasida katta ishlar bajarilganiga barchangiz guvohsiz. Nafaqat guvohsiz, ayni paytda ularda bevosita ishtirok etmoqdasiz. Qisqa vaqt ichida havas qilsa arziydigan mana shu go‘zal shaharcha bilan birga “Yangi O‘zbekiston” bog‘i ham qad ko‘tardi.

    Siz, azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni ana shu buyuk mehnat g‘alabasi bilan samimiy tabriklayman. Bunday fayzli, muazzam maskan barchamizga, avvalo, mehnatkash va olijanob Andijon ahliga muborak bo‘lsin, buyursin!

    Xalqimizning bunyodkorlik an’analarini munosib davom ettirib kelayotgan, fidoyilik va tashabbuskorlik fazilatlarini amaliy ishlari bilan namoyon etayotgan Andijon ahliga, bu ishlarga hissa qo‘shgan barcha insonlarga chin yurakdan tashakkur bildiraman.

    Shu o‘rinda ko‘pdan buyon o‘ylab yurgan bir tashabbusni sizlar bilan maslahat qilmoqchiman.

    O‘zining betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan millatimiz, xalqimizni butun dunyoga tarannum etgan buyuk ajdodimiz – Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga – Bobur shahri deb nom bersak, nima deysizlar?

    Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Ishonchim komil, bu tashabbus har tomonlama xalqimizning ko‘nglidagi ish bo‘ladi.

    Nega deganda, hazrati Bobur – jahon tarixida kamdan-kam uchraydigan shunday benazir, ulug‘ zotki, uning sharafiga nafaqat ko‘cha va maydonlar, bog‘u rog‘lar, balki alohida shahar bunyod etsak, albatta arziydi.

    Nega deganda, Bobur Mirzo – Temuriylar Renessansining munosib davomchisi, ilm-fan, madaniyat, san’at va adabiyot, iste’dod homiysi bo‘lgan buyuk shaxsdir.

    Uning yoshlik paytlaridan yurtda tinchlik va adolat o‘rnatish uchun olib borgan kurashlari, bu yo‘lda ko‘rsatgan mardlik va jasorati fidoyilik va vatanparvarlik maktabidir.

    Hech shubhasiz, qomusiy bilim va tafakkur egasi bo‘lgan bu mumtoz ajdodimizning birgina “Boburnoma” asari uchun ham uning sharafiga mana shunday go‘zal shaharchani bunyod etsak, arziydi.

    Chunki, takror aytishga to‘g‘ri keladi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi olamga mashhur ajdodlarimiz borligini, ular O‘zbekiston farzandi ekanini hech qachon unutmasligimiz kerak.

    O‘zligimizni anglab, shonli tariximizni yosh avlodimizga, bolalarimizga tushuntirsak, ilm-ma’rifatni rivojlantirsak, ulug‘ bobolarimizga munosib bo‘lib yashasak, Yangi O‘zbekistonni ham, Uchinchi Renessansni ham albatta quramiz!

    Marra albatta bizniki bo‘ladi.

    Aziz do‘stlar!

    Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz bor-yo‘g‘i 47 yil umr kechirdi. Shu qisqa vaqt davomida u inson aqli bovar etmaydigan qanday buyuk ishlarni amalga oshirgani, qanday me’moriy obidalar, bog‘u rog‘lar barpo etib, o‘zidan o‘chmas nom qoldirib ketgani ham barchamiz uchun yuksak o‘rnak namunasidir.

    Shu ma’noda, hazrati Boburning shonu shuhrati va qadr-qimmatini joyiga qo‘yish, uning bebaho merosini xalqimizga yanada kengroq tanishtirish, butun dunyoga targ‘ib etish hurmatli olim va adiblarimizning, hammamizning muhim burchimiz hisoblanadi.

    Viloyat ziyolilari, bilimdon yoshlarimiz, butun Andijon ahli bu borada yanada faollik ko‘rsatadilar, deb ishonaman.

    Nega deganda, andijonliklar o‘zining bu ulug‘ farzandi xotirasini o‘sha og‘ir, mustabid tuzum davrlarida ham qalbida, xotirasida e’zozlab-ardoqlab kelganini yaxshi bilamiz. Davlatimizning yaqin yordami bilan hurmatli oqsoqolimiz Zokirjon aka Mashrabov kabi o‘nlab ma’rifatparvar insonlar, Bobur xalqaro fondi va ilmiy ekspeditsiyasi qanday katta ishlarni amalga oshirib kelayotganini yuksak qadrlaymiz.

    Bu borada bir masalaga alohida e’tibor qaratishimiz zarur: Bobur Mirzoning bebaho merosi – bu bir ummon. Ummonning esa hech qachon tubiga yetib bo‘lmaydi.

    Shuning uchun mamlakatimizda, viloyatda boburshunoslik sohasida olib borilayotgan ishlar to‘xtab qolmasligi, aksincha, yangi avlod, azmu shijoatli yoshlarimiz tomonidan davom ettirilishi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarilishi lozim. Bu ishda men sizlarga har tomonlama yordam berishga doimo tayyorman.

    Aziz do‘stlar!

    Mamlakatimizda amalga oshirayotgan barcha o‘zgarish va islohotlarimiz Bobur Mirzo kabi ulug‘ ajdodlarimizning orzu va maqsadlari, hayotiy ideallari, amalga oshirgan ulug‘vor ishlariga hamohang, desak, yanglishmagan bo‘lamiz.

    Bugun sizlar bilan birgalikda Bobur bobomiz tug‘ilib o‘sgan tabarruk zaminda ul zotning dilida qolgan armonlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida yana bir tarixiy voqeaning ishtirokchisi bo‘lmoqdamiz, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.

    Bobur shahrini barchamiz orzu qilayotgan eng go‘zal, eng zamonaviy shaharga aylantirish bugundan boshlab real vazifa qilib kun tartibiga qo‘yiladi. Bu shahardan haqiqiy boburiylar yetishib chiqishi uchun bobomiz nomi bilan ataladigan ixtisoslashgan bog‘cha va maktab, universitet, kutubxona va IT parkdan iborat yirik ta’lim klasteri barpo etiladi. Uning tarkibida eng yuqori talablarga javob beradigan sport kompleksi ham quriladi.

    Bir so‘z bilan aytganda, barchamiz birlashib, Bobur shahrini milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etadigan ma’naviy maskanga, ta’lim va ilm-fan shahriga, yoshlarimiz uchun ilhom va ibrat, parvoz maydoniga, nafaqat vodiy, balki mamlakatimizning turizm va madaniyat markaziga, “yashil infratuzilma” asosida qurilgan zamonaviy “smart-siti”, ya’ni, aqlli shaharga aylantiramiz.

    Bu shahar, xuddi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy nomi qo‘yilgan azim shahar kabi, shonli tariximiz va kelajagimiz o‘rtasida ma’naviy ko‘prik bo‘ladi, yangi tariximizdan munosib o‘rin oladi.

    Mana shu bog‘ hududining eng baland nuqtasida Zahiriddin Muhammad Bobur bobomizning yangi, muhtasham haykalini ham o‘rnatamiz.

    Bobur shahri milliy madaniyat va san’atimiz, o‘zbekona mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik va hamkorlikni aks ettiradigan o‘ziga xos ko‘zgu bo‘lishi zarur.

    Ushbu ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun katta dastur qabul qilamiz, 250 million dollarlik dastlabki kapitalga ega bo‘lgan alohida jamg‘arma tashkil qilinadi.

    Bugungi tadbirda bosh vazir o‘rinbosarlari, mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari ham ishtirok etyapti. Ularga alohida topshiriq: ushbu megaloyiha bir oydan kechikmay boshlanishi shart.

    Aziz vatandoshlar!

    Hurmatli Andijon ahli!

    Mana shu zamonaviy amfiteatr sahnasida, mana shu go‘zal bog‘da xalqimizning nodir san’ati doimo namoyish etilib, ulug‘ shoirlarimiz she’rlari yangrab tursa, ayni muddao bo‘ladi.

    Bu oqshom ushbu yangi madaniyat maskanida atoqli san’atkorlar va iste’dodli yosh ijrochilar ishtirokida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturi shu yo‘lda ezgu an’anani boshlab beradi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

    Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha madaniyat va san’at sohasi xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan butun xalqimiz nomidan, o‘z nomimdan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

    Ishonchim komil, noyob qiyofasi, yashil olami, zamonaviy dam olish infratuzilmasi bilan yangi shahar hayotida alohida o‘rin egallaydigan ushbu muazzam bog‘ Andijon ahli uchun, barcha vatandoshlarimiz, farzandlarimiz uchun eng sevimli va qutlug‘ maskanga aylanadi.

    Barchamiz yaxshi bilamizki, Zahiriddin Muhammad Bobur dunyoning qaysi yerida, qaysi o‘lkasida bo‘lmasin, bir umr vatan sog‘inchi bilan yashadi. Bugun buyuk ajdodimizning armonlari ushaldi, ul zot o‘z yurtiga ruhan qaytib keldi, desam, o‘ylaymanki, sizlar ham bu fikrga qo‘shilasiz.

    Mana shunday ulug‘, tarixiy kun barchamizga muborak bo‘lsin!

    Sizlarga, sizlarning timsolingizda Andijon ahliga tinchlik-omonlik, mustahkam sog‘liq, yangi yutuq va omadlar tilayman.

    15 aprel, 21:20   Izoh (0)   2177
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Andijon

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi

    25 mart, 15:50

    Prezident ishtirok etgan iftorlik marosimi, Andijondagi zilzila, demontaj qilinadigan bankomatlar: 25-martning eng muhim xabarlari

    25 mart, 23:00

    O‘zbekistondagi chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

    26 mart, 11:05

    Toshkent—Andijon hamda Toshkent—Samarqand yo‘llarida haydovchi va yo‘lovchilar uchun turli pulli xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi

    26 mart, 21:51

    Qamoqqa olingan poytaxt FVB boshlig‘i o‘rinbosari, faoliyatini tiklagan Shahrisabz aeroporti, qamoqxonada qiynoqqa solingan mahkum: 26-martning eng muhim xabarlari...

    26 mart, 23:35

    Poyezddagi suvaraklar, qo‘polligi sabab ishdan olingan tarbiyachi, Yangiyo‘lda bog‘chaga qulagan kranning o‘q qismi: 27-martning eng muhim xabarlari

    28 mart, 00:11

    Fevralda isteʼmolchilarga qancha keshbek to‘langani ochiqlandi

    29 mart, 23:12

    Respublikaning barcha tarixiy obidalariga kirish imkonini beradigan “yagona turistik karta” joriy qilinadi

    9 aprel, 17:10

    “Vazirlar, viloyat hokimlari joriy yil yakunigacha 4,5 mlrd dollarlik ishlarni so‘zsiz bajarishi shart” — prezident

    9 aprel, 18:35

    Endi banklar chetdan mablag‘ jalb qilishi bilan uni qanday loyihalarga berishi haqida hokimlarni xabardor qiladi

    9 aprel, 18:36

    Parlamentlararo ittifoq tadbirida vafot etgan Zambiya vakili, O‘zbekistonda soliq to‘laydigan ChatGPT, konsertlarda cheklanadigan fonogramma: 9-aprelning eng muhim...

    9 aprel, 23:40

    “Daryo” dayjesti: 11-aprelning eng muhim xabarlari

    11 aprel, 23:10

    Zelenskiy ofisi ayollarni armiyaga majburiy chaqirishni taklif qildi

    13 aprel, 21:25

    AQSHda o‘smir Trampga suiqasd qilish uchun ota-onasini o‘ldirdi — CNN

    14 aprel, 09:49

    “Husanov — bu Husanov”: o‘zbekistonlik mutaxassis himoyachini Puyol va Pepe bilan taqqosladi

    14 aprel, 14:46

    Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi

    14 aprel, 14:48

    Shavkat Mirziyoyev Chorvoq suv ombori bo‘yida quriladigan xalqaro turizm markazining master-rejasi bilan tanishdi

    14 aprel, 17:51

    Vladimir Zelenskiy: “Aprel oyi boshidan buyon Rossiya hujumlari oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi, 119 kishi yaralangan”

    14 aprel, 19:40

    Toshkentning Yashnobod tumanida okeanarium quriladi

    14 aprel, 19:21

    O‘zbekiston va ITB o‘rtasida 40 mln dollarlik grant shartnomasi imzolandi

    14 aprel, 22:56

    Tramp Baydenni Ukrainadagi mojaroni keltirib chiqarishda aybladi 

    14 aprel, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 14-aprelning eng muhim xabarlari

    14 aprel, 23:35

    Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyurdi

    15 aprel, 12:18

    Markaziy Osiyo davlatlari Kipr masalasida Turkiyaga qarshi chiqdi

    15 aprel, 15:12

    Prezident Andijondagi to‘qimachilik klasterining yangi korxonasini borib ko‘rdi

    15 aprel, 14:03

    Prezident Andijon viloyati aholisini daromadli ish bilan ta’minlash bo‘yicha yangi ko‘rsatmalar berdi

    15 aprel, 15:20

    Tramp jamoasida Rossiyaga nisbatan munosabatda kelishmovchiliklar yuzaga keldi — WSJ

    15 aprel, 15:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.