• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Messi, Neymar, Allison va boshqalar. Lotin Amerikasining eng qimmat futbolchilari

    Hech kimga sir emaski, Janubiy Amerika mamlakatlari aholisi futbolni shunchaki yoqtirmaydi, balki u bilan yashaydi. Braziliya, Argentina, Urugvay kabi jamoalar esa o‘zlarining yulduz futbolchilari bilan maqtana oladi. O‘z navbatida yuqoridagi mamlakat o‘yinchilari doimiy ravishda Yevropa maydonlarini zabt etib kelgan. Quyida aynan ushbu mintaqaning eng qimmat futbolchilari haqida fikr yuritiladi.

    Xose Mariya Ximenes — 65 million yevro, Urugvay, “Atletiko”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ro‘yxatdan ikki nafar himoyachi o‘rin olgan, ulardan biri “Atletiko” himoya qo‘rg‘oni Xose Mariya Ximenesdir.

    2013-yilda “matraschilar” 26 yoshli himoyachi uchun 900 ming yevro sarflagan, u esa ortda qolgan yillar davomida o‘zining ishonchli o‘yini orqali klub tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilaridan biriga aylandi. Ammo so‘nggi paytlarda u jarohatlar borasida juda ko‘p muammolarga duch kelmoqda, hozircha bu uning transfer qiymatiga ta’sir o‘tkazmay turibdi.

    Federiko Valverde — 70 million yevro, Urugvay, “Real”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ximenesning vatandoshi ro‘yxatda to‘qqizinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. 22 yoshli Federiko Valverde uchun 2019/20-yilgi mavsum omadli kechdi.

    Federiko 2017-yildan beri Urugvay terma jamoasida o‘ynab kelmoqda, hozirda u tarkibdagi eng ishonchli o‘yinchilardan biri hisoblanadi. Garchi kamroq o‘ynayotgan bo‘lsa-da, bu mavsum ham Valverde uchun yomon o‘tmayapti deb aytish mumkin.

    Markinyos — 70 million yevro, Braziliya, PSJ

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ro‘yxatdagi ikkinchi himoyachi Markinyosdir. Braziliyalik futbolchi 2013-yildan beri PSJ safida to‘p surib keladi va o‘shandan keyin o‘z o‘rnini hech kimga bermayapti. O‘shanda Parij klubi uning transferi uchun 31,4 million yevro to‘lagandi.

    Markinyos — ko‘p qirrali futbolchi bo‘lib, tayanch zonasida ham bekam-u ko‘st o‘ynashi mumkin. Tiago Silva “Chelsi”ga ketganidan keyin u parijliklar himoyasidagi eng muhim o‘yinchiga aylandi.

    Kazemiro — 70 million yevro, Braziliya, “Real”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ko‘pincha futbolda tayanch yarim himoyachilari o‘zlari loyiq bo‘lgan e’tirofga sazovor bo‘lmaydi, ammo ularsiz hech qaysi jamoa ma’lum yutuqqa erishmagan bo‘lardi. Kazemironi esa o‘z pozitsiyasining eng yaxshilaridan biri deb hisoblash mumkin. U 2013-yildan beri “Real”ga ketma-ket sovrinlarni qo‘lga kiritishda yordam berib kelmoqda. Kazemiro o‘zining texnik xususiyatlari bilan maqtana olmasa ham, o‘yinni o‘qiy olish va maydonni yaxshi ko‘rish qobiliyati bilan istalgan futbolchiga raqobatchi bo‘lishi mumkin.

    Shuningdek, Kazemiro o‘z pozitsiyasining ham eng qimmat futbolchilaridandir. U transfer qiymati borasida faqat “Bavariya” futbolchisi Yozua Kimmixdan (90 million yevro) orqada.

    Lautaro Martines — 70 million yevro, Argentina, “Inter”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    2018-yilda Argentinaning “Rasing” klubidan “Inter”ga yo‘l olgan Lautaro Martines darhol “San Siro”ning sevimli futbolchisiga aylandi va “nerazurri” tarkibida 39 ta gol urishga ulgurdi. 23 yoshli hujumchi o‘z pozitsiyasida Yevropaning eng zo‘rlaridan biri hisoblanadi. O‘z vaqtida unga 22,7 million yevro sarflangani ko‘plab tanqidlarga uchragandi, ammo u o‘z o‘yini bilan bu tanqidlarning barchasi noo‘rin ekanligini isbotladi.

    2020-yilning yozida Ispaniya grandlari safiga qo‘shilishi kutilgan Martines katta ehtimol bilan 2023-yilda nihoyasiga yetadigan shartnomasini uzaytirsa kerak.

    Paulo Dibala — 70 million yevro, Argentina, “Yuventus”

    Foto: “Yuventus” FK

    Foto: “Yuventus” FK

    Bir necha yillardan buyon Paulo Dibalaning futbol olamidagi yangi yulduz bo‘lishi va’da qilinadi. Ammo bu hamon quruq gapligicha qolmoqda.

    Dibala bu mavsumda barqaror o‘yin ko‘rsata olmayapti, shunga qaramay uning iste’dodini inkor etib bo‘lmaydi. U “Yuventus” safida 2015-yildan beri 244 uchrashuvda 98 ta gol va 40 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

    Ro‘yxatdagi boshqa futbolchilardan farqli o‘laroq, Dibalaning narxi asta-sekin pasayib bormoqda. 2018-yilda u 110 million yevroga baholangandi, hozir esa “atigi” 70 million.

    Roberto Firmino — 72 million yevro, Braziliya, “Liverpul

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ko‘pincha Janubiy Amerika vakillarini La Ligada ko‘rish mumkin. Ammo so‘nggi paytlarda Angliyada ham janubliklar ko‘payib borayotganini inkor etib bo‘lmaydi.

    O‘tgan yili “Liverpul” bilan chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan Firmino kam gol urayotganiga qaramay Yurgen Klopp jamoasining asosiy o‘yinchisi bo‘lib qolmoqda. Braziliyalik “qizillar” safiga qo‘shilganida, uning transfer qiymati 33 million yevroni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda bu bir necha baravarga oshgan. Biroq bundan keyin narxning ko‘tarilishi dargumon, boisi uning yoshi 30 ga yaqinlashib qoldi.

    Alisson — 80 million, Braziliya, “Liverpul”

    Foto: AP

    Foto: AP

    “Liverpul”ning yana bir braziliyalik futbolchisi Alisson Mersisayd klubining asosiy va almashtirib bo‘lmas darvozaboni hisoblanadi.

    2018-yilda 62,5 million yevro evaziga “qizillar” safiga qo‘shilgan Alisson dunyoning eng qimmat darvozabonlar ro‘yxatida ikkinchi pog‘onani (birinchi o‘rinda Yan Oblak 90 million yevro) band etdi. Uning hozirgi transfer narxi 80 million yevroni tashkil qildi.

    Shu vaqtdan boshlab u FIFA talqini bo‘yicha eng yaxshi darvozabon bo‘lishga va Lev Yashin mukofotini qo‘lga kiritishga ulgurdi.

    Lionel Messi — 80 million yevro, Argentina, “Barselona

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Messi futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri hisoblanadi. Bugungi “Barselona”ni usiz tasavvur qilish imkonsizdir.

    Ammo ortda qolgan yillar barcha narsalar qatori Messining narxiga ham ta’sir o‘tkazmay qolmadi. Uning amaldagi transfer narxi 80 million yevroga baholangan. 2020-yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun kurashda esa u Robert Levandovski va Krishtianu Ronaldudan keyin 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

    Neymar — 128 million yevro, Braziliya, PSJ

    Foto: Goal

    Foto: Goal

    Neymarning ushbu ro‘yxatga kiritilganidan hech kim ajablanmasa kerak. Boisi braziliyalik 222 million yevro evaziga “Barselona”dan PSJga o‘tganida butun transfer bozorini ostin-ustun qilib yuborgandi.

    Parijda ham Neymar gol urishda davom etmoqda: u 102 uchrashuvda 83 ta gol urdi va 46 ta assistni amalga oshirdi. Ammo Fransiya poytaxtida uni jarohatlar tinch qo‘ymayapti. Shu bois u aksariyat hollarda o‘yinlarda qatnashish o‘rniga ularni tomosha qilish bilan cheklanmoqda.

    128 million yevroga baholanayotgan hujumchidan oldinda faqat bir o‘yinchi bor, bu uning jamoadoshi Kilian Mbappe (180 million yevro).

    Boshqa maqolalar: 

    • Yo‘qotilgan “oltinboshlar”: o‘zbek futbolining erta so‘ngan yulduzlari haqida
    • Top-5: Futbol tarixidagi to‘purar himoyachilar
    • Eng uzoq masofadan urilgan goldan to‘purar darvozabongacha. Futbol tarixidagi noyob rekordlar haqida
    • “Sen qo‘rqoq va noshudsan”. Zlatan Ibragimovich va Xosep Gvardiola o‘rtasidagi mojaro tarixi
    • Futbolda yangi savol: Mbappe zo‘rmi yoki Holand?
    • Gretsiyalik chaqaloq muxlis, parvozlar va Avstraliya kapalaklari. Fevral oyining sportga oid eng sara suratlari

    19.03.2021, 10:00   Izoh (0)   20834
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Manchester Yunayted” Pogbaning goli evaziga safarda “Milan”ni mag‘lub etib, Yevropa Ligasi chorak finaliga chiqdi

    19.03.2021, 03:07

    “Tottenhem” Zagrebda javobsiz 3 ta gol o‘tkazib, Yevropa Ligasi chorak finali yo‘llanmasidan mosuvo bo‘ldi

    19.03.2021, 01:43

    Yevropa Ligasi. “Arsenal” Londonda mag‘lub bo‘lganiga qaramay ikki o‘yin natijasiga ko‘ra chorak finalga yo‘l oldi, “Roma” ham keyingi bosqichda

    19.03.2021, 01:03

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogiga qur’a tashlandi

    18.03.2021, 21:43

    RPL. Oston O‘runov to‘liq harakat qilgan o‘yinda “Ufa” “Lokomotiv M”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi

    18.03.2021, 21:13

    Superliga. “Paxtakor” mehmonda OKMKni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    18.03.2021, 20:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 20 iyul, 11:40

    Navoiyni zararli tutun qopladi (video)

    O‘zbekiston | 20 iyul, 11:10

    Dastin Porye faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazdi

    UFC | 20 iyul, 10:30

    Saudiya Arabistonining “uyqudagi shahzoda”si vafot etdi

    Dunyo | 20 iyul, 10:30

    Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

    Futbol | 20 iyul, 10:04

    Oleksandr Usik Daniel Dyuboani beshinchi raundda nokautga uchratdi

    Boks | 20 iyul, 09:55

    Uzoq tanaffusdan keyin ringga qaytgan Pakyao chempionlik kamariga ega chiqa olmadi

    Boks | 20 iyul, 09:45

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha pul to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 09:30

    Xitoy dunyodagi eng yirik GESni qurishga kirishdi

    Dunyo | 20 iyul, 08:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.