• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    Kafuni hayron qoldirgan, jarohati “Barselona”ga o‘tishga to‘siq bo‘lmagan Ronaldo. Fenomenning Yevropadagi faoliyati qanday boshlangan?

    Niderlandiyaning “PSV” jamoasi Chempionlar Ligasining umumiy bosqichining so‘nggi o‘yinida “Liverpul”ga qarshi bahs olib bordi va 3:2 hisobida zafar quchdi. Mahalliy muxlislar hozirgi kundagi eng yaxshi klublardan birini tomosha qilgan bo‘lsa, 20 yil oldin ular ta’riflab bo‘lmas iste’dodga ega futbolchini kuzatishgan edi.

    Foto: Championat

    Ronaldo Romario bilan suhbatdan so‘ng niderlandiyaliklar safiga borib qo‘shilgan

    1994-yilda 17 yoshli Ronaldo Luis Nazario de Lima Braziliya terma jamoasining Jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritilgan. Yoki shunchaki Ronaldo. Hujumchi “Kruzeyro” tarkibida bor-yo‘g‘i bir mavsumni o‘tkazgan, ammo terma jamoa bosh murabbiyi Karlos Alberto Parreyruni hayratda qoldirgan edi. Natijada, u AQSHdagi turnir uchun terma jamoaga yosh iste’dodni olishga qaror qilgan.

    Avvalroq, 1993-yilda Ronaldoning bitta o‘yinda beshta gol urgani afsonaviy himoyachi Kafuning e’tiborini tortgan. “O‘sha paytdan boshlab Ronaldo haqiqiy fenomenga aylandi”, — deb eslaydi Kafu. Juda aniq baho berilgan edi. Keyinchalik Fenomen laqabi iste’dodli hujumchiga tamg‘a sifatida bosilib qoldi. U 1994-yilda maydonda bir daqiqa ham vaqt o‘tkazmagan bo‘lsa-da, jahon chempioniga aylangandi.

    1994-yilning avgustida Ronaldo Yevropaga yo‘l oldi — “PSV” uni “Kruzeyro”dan sotib oldi. O‘sha vaqtda to‘langan pulning hozirgi kundagi qiymati 5,48 million yevroni tashkil etdi. Braziliyalik futbolchini “Milan” va “Yuventus” skautlari kuzatib borgan, biroq 17 yoshli futbolchining bunday nufuzli klublarga o‘tishi barcha tomonlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin edi. Yevropaning uncha mashhur bo‘lmagan jamoasiga o‘tish mantiqliroqdek ko‘ringan. Bundan tashqari, “PSV”ni yanada kuchli ligaga o‘tish uchun tramplin sifatida qabul qilish mumkin edi.

    “Ayaks” jamoasida Patrik Klyuyvert o‘ynaganiga qaramay, Ronaldo uchun eng ma’qul variant hisoblangan. Biroq, 1994-yilgi Jahon Chempionati hamma narsani o‘zgartirdi. Aynan shu yerda Fenomen bilan Romario o‘rtasida taqdirni hal qiluvchi suhbat bo‘lib o‘tgan. Romario ham xuddi shunday vaziyatda bo‘lib, 19 yoshida “PSV”ga o‘tgandi. U nomzodlar ichidan Eyndxoven klubini tanlagan edi. Braziliyalik futbolchi Niderlandiya klubida 5 ta mavsum o‘tkazib, 148 ta o‘yinda 128 ta gol urgan, uch marta mamlakat chempionligini, ikki marta mamlakat Kubogini qo‘lga kiritgan. 1993-yil yozida Romario “Barselona”ga o‘tgan. Niderlandiya jamoasiga esa yangi yulduz kerak edi.

    “Romario “PSV”ni Yevropaning eng professional va tashkiliy jihatdan kuchli klublaridan biri deb atagan edi. U bu klub mahalliy futbolga moslashish uchun ajoyib imkoniyat ekanligini aytgan. Menimcha, Romario haq”, — deya tushuntirgan Ronaldo Eyndxoven klubiga o‘tishi haqidagi savollarga javoban. “Ayaks”ning bosh murabbiyi Lui van Gal jurnalistlarga doim: “Bizda Klyuyvert bor”, — deya javob berardi. Bir yildan so‘ng poytaxt klubi Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘ladi, Patrik esa “Milan”ga qarshi finalda (1:0) gol uradi. Ammo murabbiyning tanlash imkoniyati bo‘lganida, u niderlandiyalik emas, balki braziliyalik futbolchini afzal ko‘rgan bo‘lishi mumkin edi.

    Fenomen qoyilmaqom mavsumni o‘tkazadi, uning o‘yinidan, hatto raqiblar ham hayratda qolardi

    11 daqiqa — “PSV” libosida birinchi golni urish uchun Ronaldoga shuncha vaqt kerak bo‘ldi. 18 yoshga kirishiga bir necha hafta qolgan futbolchi “Vitess” darvozasini ishg‘ol qilgan. 36 ta o‘yinda 26 ta gol — Romarioning “PSV”dagi debyut mavsumidagi statistikasi. Ronaldo esa bu natijani yangilagan. O‘zining birinchi mavsumida u barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda 35 ta gol urgan. Braziliyalik futbolchi Niderlandiya chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylangani bejiz emas (33 ta o‘yinda 30 ta gol). “PSV”ning mavsumdagi barcha gollarining 40 foizi Ronaldoning hissasiga to‘g‘ri keladi. Eyndxoven klubi haqiqiy yulduzni qo‘lga kiritganiga shubha qilmasa ham bo‘lardi. 

    Ronaldo “Ayaks”ga qarshi bahsda
    Foto: “PSV”

    “Garchi u ozg‘ingina o‘smir bo‘lsa-da, Ronaldoning “PSV”dagi birinchi mavsumida qanchalik ajoyib o‘yin ko‘rsatgani meni hayratda qoldirgan. O‘sha paytlardayoq u yashin tezligiga ega edi. Ronaldo to‘p bilan to‘psiz bo‘lganiga qaraganda tezroq yuguryapti, degan g‘ayrioddiy fikr paydo bo‘lgan. Unda to‘pni boshqalardan qizg‘anish hissi ham bor edi”, — deb yozadi jurnalist Nik Miller.

    Ronaldo ijrosidagi “elastik” fint himoyachilar uchun haqiqiy dahshat edi. Braziliyalik o‘zini boshqa tomonga yugurib ketayotgandek ko‘rsatib, keyin keskin harakati bilan qarama-qarshi tomonga to‘pni irg‘itardi. Bu fintni The Guardian sharhlovchisi Rob Smit shunday ta’riflagan edi: “Ko‘p jihatdan Ronaldo birinchi geymer-futbolchi edi. Uning driblingi o‘ziga xos gipnozdek taassurot uyg‘otardi”.

    Ronaldoning UEFA Kubogi birinchi bosqichi doirasidagi “Bayer”ga qarshi (4:5) ilk o‘yini ko‘pchilikning yodida qolib ketgan. 1994-yil 13-sentyabrda o‘yin ishtirokchilari “Bayer” futbolchilarimi yoki Ronaldoning o‘zi ko‘proq gol uradimi degan o‘ziga xos chellenj uyushtirgan. Nemis klubi beshta, braziliyalik esa uchta gol urdi. Ronaldo shunday o‘ynaganki, raqiblari ham hayratda qolgan. “18 yoshli yigit hech qachon bunday o‘ynaganini ko‘rmaganman”, — degan edi o‘yindan so‘ng “Bayer” hujumchisi Rudi Fyoller. Qizig‘i shundaki, javob uchrashuvida darvozalar daxlsiz qolgan.

    “Ehtimol, Ronaldo men ko‘rgan 9-raqamlar ichida eng yaxshisidir. Ajoyib texnikaga ega, juda tezkor hujumchi. U to‘p bilan shunday muomala qiladiki, atrofdagilar bundan hayratda qoladi”, — degandi “PSV” sobiq direktori Frank Arnesen. Aynan u braziliyalikni jamoaga olib kelgandi.

    Ronaldo “Feyenoord” futbolchilaridan qochib ketmoqda
    Foto: Getty Images

    “PSV”da Ronaldo Lyuk Nilis bilan ajoyib tandem hosil qilgan. Keyinchalik Fenomen barchani hayratda qoldirib, belgiyalikni eng yaxshi jamoadoshi deb bilishini ta’kidlagan. Ma’lumot uchun eslatib o‘tamiz, Luish Figu, Zinedin Zidan, Raul, Devid Bekhem, Romario kabi yulduz futbolchilar bilan birga to‘p surgan. “Lyuk Zidan kabi iste’dodga ega bo‘lmagan, lekin u ajoyib uzatmalarni amalga oshirardi. Nilis to‘p bilan yaxshi muomala qilardi. U hech qachon egoist bo‘lmagan”, — ta’kidlaydi Ronaldo.

    Dastlab, Nilis braziliyalik bilan bitta xonada yashashni istamagan: “Ronaldoni mening xonamga joylashtirishdi. U juda uzoq parvoz qilgandi va darhol uxlab qoldi. U juda qattiq xurrak otgandi. Men u bilan bir xonada qololmasdim. Shifokor va jamoa menejerini chaqirdim. Ular ham braziliyalikning xurrak otishini normal emas deb hisoblashdi. Bilasizmi, ular nimani aniqladilar? Ronaldo bodomcha bezlari tufayli qattiq xurrak otyapti degan xulosaga kelishdi. Shifokorlar faqat qishki tanaffus paytida ularni olib tashlay olishdi”, — deb eslaydi Nils.

    Lyuk Nilis
    Foto: “PSV”

    Ronaldoning noxush jarohat olgani ham “Barselona”ga transfer bo‘lishiga to‘sqinlik qilmagan

    “PSV” Niderlandiyadagi mavsumni “Ayaks”dan 14 ochko ortda qolib, uchinchi o‘rinda yakunladi. 1994-yilning yozida Eyndxoven muxlislari braziliyalikni istiqbolli futbolchi sifatida kutib olgan va mavsum oxiriga kelib uning ismini hamma bilardi. 21 ta o‘yinda 19 ta gol — Fenomenning “PSV”dagi ikkinchi yilidagi statistikasi. Afsuski, tizzasidan olgan jarohati tufayli Ronaldo mavsumning ikkinchi qismini o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri kelgan. Boshqa tomondan, aynan o‘shanda braziliyalik Niderlandiyada yagona sovrinni qo‘lga kiritdi — mamlakat Kubogi sohibi bo‘ldi.

    Jarohat Ronaldoni sotib olmoqchi bo‘lgan ehtimoliy da’vogarlarni cho‘chitib yuborgan. “Barselona” bosh murabbiyi Bobbi Robson esa “ko‘k-anorranglilar” rahbariyatini o‘sha paytdagi hujumchini 15 million yevroga sotib olishga ko‘ndirgan. Mutaxassis nima qilayotganini bilardi. 1997-yilda Ronaldo o‘sha paytdagi eng yosh “Oltin to‘p” sohibiga aylangan.

    Keyinchalik Robsonning o‘zi bunga baho bergan: “Mening qo‘l ostimda o‘ynagan eng yaxshi futbolchi? Ronaldo ajoyib edi. U men bilan “Barselona”da bir yil birga bo‘ldi, uni “PSV”dan sotib olgandik. Ajoyib qobiliyatga ega fantastik futbolchi. Ronaldo meni hurmat qilardi, u bilan muloqot qilish yoqardi. Afsuski, u biz uchun bor-yo‘g‘i sakkiz oy o‘ynadi. O‘shanda braziliyalik fenomenal futbolchiga aylanishi aniq edi. U har qanday himoyadan o‘tib ketishi mumkin edi”.

    Foto: Championat

    Keyinchalik Ronaldo faoliyati davomida “Inter”, “Real”, “Milan”da ham to‘p surdi. Ikkinchi marta Jahon Chempioni bo‘ldi, ikkinchi marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi. Ammo “So‘yloq” uchun Yevropa futboliga eshiklarni aynan Eyndxoven klubi ochib bergan. To‘g‘ri, Ronaldo butun faoliyati davomida jarohatlar tufayli o‘z salohiyatini to‘liq amalga oshira olmagan. Shunday bo‘lsa-da, u futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri bo‘lgan. 

    31 yanvar, 22:15   Izoh (0)   10427
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Ronaldo#Futbol#Oltin to‘p#Braziliya terma jamoasi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bugungi kun Messini Ronaldu bilan, o‘tmish esa Maradona bilan solishtiradi. Xo‘sh, Argentinada kim qirol?

    21.10.2017, 10:08

    Millionlar o‘yini afsonasi Ronaldinyo 37 yoshida butsalarini mixga ildi

    19.01.2018, 08:47

    Samyuel Eto’O: Ronaldo — futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchi

    15.05.2020, 15:26

    Roberto Karlos: Ronaldo — ideal futbolchi. Messi yoki Ronaldu unga teng kelolmaydi

    18.05.2020, 21:00

    Pele, Maradona, Zidan va “o‘zga sayyoraliklar”. Futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilar haqida

    24.09.2020, 23:58

    Angliya klublaridan hech qachon taklif olmagan, Ronaldodan Rivaldoni ustun ko‘radigan va “Milan”ga tasodifan o‘tib qolgan Markos Kafu haqida

    10.06.2021, 23:59

    Afsonaviy rekordlar muallifi Gerd Myullerni xotirlab (fotogalereya)

    16.08.2021, 22:16

    Koronavirus yuqtirib olgan Belarusdagi legionerlar, Pedrining tovon pulini 1 mlrd yevro etib belgilagan “Barselona”, “Oltin to‘p” uchun nomzodini aytgan Ronaldo. E...

    14.10.2021, 21:27

    Omadsiz daho. Oltita finalni boy bergan va bitta mag‘lubiyat sabab O‘zbekiston terma jamoasidan quvilgan Ektor Kuper haqida

    16.11.2021, 23:46

    “Milan”da porlab, “Real”da so‘ngan “tilla bola” — Kaka 40 yoshda

    22.04.2022, 23:51

    Rivaldo 50, Ronaldo esa 45 yoshda. “Barselona”ning 90-yillardagi yulduzlari hozir qayerda va qanday ko‘rinishga ega?

    20.05.2022, 23:51

    “Pelega qadar futbol oddiy sport edi, u futbolni san’at darajasiga ko‘tardi”. Ronaldu, Messi, Holand, Rivaldo, Makron, Obama va boshqalar afsona bilan vidolashdi

    30.12.2022, 23:43

    “Polkovnik yomon ahvolda!”. Bir necha avlodni tarbiyalagan afsonaviy murabbiy Valeriy Lobanovskiyning futboldagi so‘nggi kunlari haqida

    14.05.2023, 15:28

    Maydonda “sehrgarlik” ko‘rsatgan, mast holida het-trik qayd etgan, 32 yoshida faoliyatini yakunlagan Eden Azar haqida 

    15.10.2023, 21:52

    Kaka, Ronaldinyo va Ronaldo. “Oltin to‘p” sohiblari faoliyatini qayerda yakunlagan?

    08.11.2023, 12:50

    Zidan, Messi va Buffon. Braziliyalik Ronaldo o‘zining orzular jamoasini tuzdi 

    12.03.2024, 22:59

    Pele — yetakchi, Ronaldo — 2, Rivaldo 6-o‘rinda. Braziliya terma jamoasining eng yaxshi 10 futbolchisi ro‘yxati tuzildi 

    25.03.2024, 14:53

    “Men odamlar bilan futbol o‘ynamayman”. Zlatan Ibrahimovich o‘zining ramziy terma jamoasiga nega o‘zini kiritmagani sababini aytdi

    29.03.2024, 13:42

    Disney shedevrlaridan tortib kult klassikalargacha: barcha davrlarning eng yaxshi multfilmlari (foto)

    04.04.2024, 17:01

    Ronaldo: “Hozir futbol juda zerikarli bo‘lgani uchun ko‘ra olmayman, uning o‘rniga 5 soat tennis ko‘rishim mumkin” 

    26.06.2024, 17:48

    Aleks Fergyuson: Ronaldo JCH—2026 da ishtirok etishini tasavvur qilolmayman

    04.07.2024, 18:28

    Oleksandr Usik o‘zining sevimli futbol klubi va futbolchilari qaysi ekanini aytdi

    20.08.2024, 11:09

    Futbol tarixidagi eng yaxshi markaziy hujumchilar reytingi e’lon qilindi

    22.08.2024, 14:59

    Osiyolik investorlar bilan ishlagan, “Latsio”ga sovrin olib kelgan va Angliya terma jamoasining oltin avlodini boshqargan Sven-Yoran Eriksson haqida 

    27.08.2024, 02:17

    Spaletti, de Rossi va Shevchenko Italiya futboli shon-shuhrat zalidan o‘rin oladi 

    08.11.2024, 19:05

    Runidan Pirlogacha: talkSPORT portali XXI asrning eng yaxshi futbolchilari reytingini tuzdi

    04.12.2024, 16:50

    Ronaldinyodan Maradonagacha: futbolchining individual mahorati bo‘yicha eng yaxshi o‘yinlar reytingi tuzildi (foto)

    05.12.2024, 21:55

    Roberto Karlos: Ronaldo “Oltin to‘p”imni o‘g‘irlagan

    13.12.2024, 10:50

    Neymarga o‘xshashni istagan, kichik bo‘lsa-da, ulkan mas’uliyatni bo‘yniga olgan “Oltin bola”. Yamal qanday qilib dunyo yulduziga aylandi?

    23 yanvar, 16:05

    Ronaldinyo, Kaka va Andrey Shevchenko. “Oltin to‘p” sohiblari faoliyati qanday yakunlangan?

    29 yanvar, 23:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    Eron prezidenti kortejidagi muammo sababli taksida ketishga majbur bo‘ldi

    18 iyul, 09:25

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil G‘azodagi minglab fuqarolik obyektlarini buzishga kirishdi (foto, video)

    Dunyo | 18 iyul, 11:18

    Apple tarixdagi eng qimmat iPhone ishlab chiqaradi

    Dunyo | 18 iyul, 11:06

    Freestyle Chess Grand Slam. Abdusattorov va Sindorov musobaqaning chorak finalida mag‘lubiyatga uchradi

    Sport | 18 iyul, 10:59

    Koni foyda: qovun yeyish uchun 9 ta asosli sabab

    Maslahatlar | 18 iyul, 10:58

    Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi tayinlandi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 10:41

    Ukraina qurollarni sinash uchun o‘z frontini taklif qildi

    Dunyo | 18 iyul, 10:11

    O‘zbekistonga 859 dona zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 09:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.