Hukumat qarori bilan “Xorazm viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Nizom Xorazm viloyatida prezident qarorida belgilangan muddatlarda (2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabrgacha) investorlar tomonidan yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida byudjetdan subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
- toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun — 10 mln so‘m;
- 1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 15 mln so‘m;
- 2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 20 mln so‘m.
Bunda mehmonxona kamida 2 qavatdan iborat bo‘lishi lozim. Mehmonxona subsidiya ajratilgan davrdan boshlab 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat yuritishi, toifali mehmonxona bo‘lgan taqdirda, kamida 5 yil ushbu toifani saqlab qolishi lozim.
O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar oshirilishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)