Megan Marklning yangi As Ever brendiga tegishli mahsulotlar haqida turlicha fikrlar bildirilmoqda. Bu haqda New York Post xabar berdi.

Sasseks gertsogi Megan Markl yaqinda As Ever brendi ostida o‘z mahsulotlarini sotuvga chiqardi. Xaridorlarga 14 dollarga malina murabbosi, 11 dollarga giyohli choylar (limon—zanjabil, gibiskus va yalpizli), 14 dollarga “nafis lazzat uchun” quymoq tayyorlash aralashmasi, 14 dollarga qumoq pechenye tayyorlash uchun aralashma, 28 dollarga dala gullaridan mumkatakli asal va 15 dollarga quritilgan gullar sepmasi taqdim etildi.

Birinchi partiya bir soat ichida sotildi. New York Post’ning degustatorlari As Ever mahsulotlarining baʼzilarini tatib ko‘rishga ulgurishdi. Mashhur malina murabbosi haqidagi fikrlar ikkiga bo‘lindi. Shunday qilib, kulinar tanqidchi Stiven Kuazzo murabbo taʼmi AQSHning istalgan supermarketlaridan sotib olish mumkin bo‘lgan boshqa har qanday murabbo taʼmiga o‘xshaydi, deb taʼkidladi.

Shu bilan birga muharrir Zakari Kusin uni juda nordon, bemaza va hatto “chidab bo‘lmas darajada” deb atadi.
Pechenye tayyorlash uchun aralashma ham turli xil sharhlarni oldi. Reportyor Emma Sutton-Uilyams pechenye taʼmini maqtadi. Kusin fikricha, pechenye “uvalanib ketadigan” va bemaza bo‘lib chiqdi: “u konsistensiyasi jihatidan xokkey shaybasiga o‘xshaydi”, dedi u.

Giyohli choy haqida gap ketganda, u bemaza va ta’msiz deb tavsiflandi. Yalpiz choyi ixlosmandi bo‘lgan Kusin uning yetarli darajada achchiq emasligini taʼkidladi.
Izoh (0)