• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Shahzoda Garri va Megan Marklning moliyaviy ahvoli qanday? Nega hamma ular bankrotlik yoqasida ekani haqida gapirmoqda?

    Shahzoda Garri va gersoginya Megan qirollik oilasi a’zoligidan iste’foga chiqqanidan keyin “moliyaviy jihatdan mustaqil” bo‘lishga harakat qilishdi. Uch yil oldin Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, ular jamg‘armalarini tejash va pul ishlab topish maqsadida Netflix kabi kompaniyalar bilan bir nechta yirik shartnomalar imzolagandi.

    Foto: Legion Media

    Biroq Sassekslarning Spotify bilan ko‘p million dollarlik shartnomasi bekor qilingandan so‘ng, ommaviy axborot vositalari ularning moliyaviy ahvoli og‘irligi haqida gapira boshladi. Gersog va gersoginyaning 46 million funt sterlingga baholangan boyligi ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida tugab bitayotgandek tuyulmoqda. Hozirda juftlikning yana qancha puli qolgan? Va eng muhimi, ular millionlarini nimaga sarflashadi?

    Garrining merosi

    Foto: Legion Media

    Opra Uinfri bilan bo‘lgan mashhur intervyusida Garri oilasi bilan Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tganda marhum onasi malika Dianadan qolgan merosga ishonganini aytgandi. 1997-yil avgust oyida malika vafot etganida mazkur meros taxminan 7 million funtni tashkil etgan. Bundan tashqari, 2002-yilda qirolicha Yelizavetta II vafotidan keyin matbuot Garri va Uilyamga buvisining boyligidan taxminan 14 million funt sterling tegishini yozgan, bu boylik 70 million funtga baholangandi.

    Garrining maoshi

    2021-yil mart oyida Garri San-Fransiskoda joylashgan startapga ishga kirish uchun ariza topshirayotganini e’lon qildi. Garri murabbiylik va ruhiy salomatlik xizmatlari orqali xodimlarni o‘qitish bo‘yicha BetterUp kompaniyasining rahbari hisoblanadi. Kompaniya direktori shahzodaga to‘lanadigan maosh haqida ma’lumot bermagan. Biroq Mirror nashrining yozishicha, uning maoshi yiliga 500 ming funtdan 2 million funt sterlinggacha bo‘lishi mumkin.

    Juftlikning yozgan kitoblaridan oladigan gonorarlari

    Foto: Legion Media

    Birgina Buyuk Britaniyaning o‘zida “Zaxira” kitobi birinchi haftalardayoq 750 000 nusxada sotilgan. Garri o‘z tarjimayi holidan tushgan mablag‘ning bir qismini xayriya ishlariga sarflagan, ammo bu pul unchalik katta emas. MailOnline ma’lumotlariga ko‘ra, Sasseks gersogining nashriyot bilan imzolagan bitimi 16 million funt sterlingga baholangan.

    Megan avvalroq bolalar uchun “Xarrak” (“Skameyka”) nomli kitob yozgan va nashr etgan. Gersoginya kitob uchun avans olganmi yoki yo‘qmi, noma’lum, ammo brending bo‘yicha mutaxassis MailOnline’ga bu mablag‘ 500 000 funt sterlinggacha bo‘lishi mumkinligini aytgan.

    Meganning jamg‘armasi

    Foto: Legion Media

    Garri bilan tanishishdan oldin Markl xonim nisbatan muvaffaqiyatli aktrisalik karyerasiga ega edi — u “Fors-major” seriali yulduzlaridan biri bo‘lgan. Reychel Zeynning yordamchisi rolining har bir epizodi uchun 38 ming funt sterlingga yaqin gonorar olgani taxmin qilinadi. Bundan tashqari, Megan internetda blog ham yuritgan va Kanadaning Reitmans brendi uchun kiyim-kechaklar tarmog‘ini yaratgan. Biroq Meganning aktrisalik va blog yuritishdagi daromadini uning hozirgi turmush tarzi bilan taqqoslab bo‘lmaydi.

    Startaplarga kiritilgan investitsiyalar

    2020-yilda Megan o‘zi investitsiya qilgan vegan-kofe kompaniyasi Clevr Blends’ni sotishda yordam berish uchun Opra Uinfridan yordam so‘raydi. Bitimning qiymati ma’lum qilinmagan. Bu yil boshida Sasseks gersoginyasi brendning reklama roligida ishtirok etdi.

    Er-xotinning ulushi bor yana bir korxona bu Ethic barqaror investitsiya firmasidir. 2021-yilda gersog va gersoginya ular faqat ekologik hamda ijtimoiy maqsadlarga ega bo‘lgan va boshqaruvi ostida 1,3 milliard dollarga ega bo‘lgan kompaniyalarga sarmoya kiritadigan firmaning “ta’sir sheriklari” va investorlari bo‘lganini e’lon qilishdi. Ular kompaniyaga qancha sarmoya kiritgani va bu ularga qancha daromad (yoki zarar) keltirgani noma’lum.

    Juftlik imzolagan shartnomalar

    Garri va Megan qirollik oilasini tark etganidan keyin imzolagan eng daromadli bitimlardan biri Netflix bilan bo‘lgan — summasi noma’lum, ammo bu 87 million funt (yoki 112 million dollar) bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi. Biroq Netflix’da ular uchun hammasi silliq kechmagani aniq: o‘tgan yili Megan ustida ishlayotgan “Pearl” nomli multfilm loyihasi bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.

    Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Sassekslarning Spotify bilan shartnomasi ham bekor qilingan.

    Foto: Legion Media

    Xarajatlar

    Garri va Meganning AQSHdagi asosiy xaridi — bu nufuzli Montesito hududidagi to‘qqiz xonali uy hisoblanadi. Gersog va gersoginya keyingi 30 yil davomida ipoteka to‘lovlarini, shuningdek, mulk solig‘i va sug‘urtani qoplash uchun oyiga qariyb 50 ming funt sterling to‘lashi kerak, chunki ular 11 million funt sterlinglik mazkur uyni sotib olish uchun taxminan 7 million funt sterlingga yaqin ipoteka krediti olgan.

    Vindzordagi Frogmor kotteji endi juftlikka tegishli emas, lekin ular dastlab xarajatlari Britaniya soliq to‘lovchilari tomonidan qoplangan kottejni ta’mirlab ketishga majbur bo‘lgandi.

    Ko‘chmas mulkdan tashqari, Sassekslar xavfsizlik uchun juda ko‘p pul sarflashadi. Ular Buyuk Britaniyada yashab, Metropolitan politsiyasi tomonidan qo‘riqlanadi, ammo bu xizmatlarning narxini hisoblash juda qiyin. Opra shousida Garrining so‘zlariga ko‘ra, u va Meganning Netflix hamda Spotify kabi kompaniyalar bilan yirik pul bitimlari hech qachon daromad olish uchun bo‘lmagan, ammo bu pul oila xavfsizligini ta’minlash uchun zarur edi: “Fikrimcha, menga eng ko‘p kerak bo‘ladigan narsa — oilam xavfsizligini ta’minlash uchun to‘lashim zarur bo‘lgan yetarlicha pulim bo‘lishidir”, — deb tan oladi Garri.

    01.08.2023, 18:51   Izoh (0)   9762
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    100 bilan yuzlashganlar: Qirollik oilalarining uzoq umr kechirayotgan vakillari (foto)

    01.08.2023, 20:35

    Vafoti sababli ssenariyda “o‘ldirilishiga” to‘g‘ri kelgan aktyorlar (foto)

    01.08.2023, 17:59

    “Mashhur telekanallardan biriga borsam, konditsioner ishlamayapti”. Otabek Mahkamov Toshkentda “svet” tez-tez o‘chirilayotgani haqida (video)

    01.08.2023, 16:35

    Kardashyan-Jenner oilasidagi eng badavlat inson kimligi ma’lum qilindi

    01.08.2023, 14:30

    Tushlik uchun 200 ming dollar: Jastin Biber, Kayli Jenner va boshqa mashhurlar ovqatlanishga qancha pul sarflaydi? 

    01.08.2023, 12:30

    Teylor Sviftning Sietldagi konserti kichik zilzilaga sabab bo‘ldi

    01.08.2023, 10:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev YOII sammitida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 18:05

    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

    Reklama | 27 iyun, 18:00

    “O‘zbekistonning eng muhim yutuqlaridan biri — erkin va professional matbuotdir” — Saida Mirziyoyeva

    O‘zbekiston | 27 iyun, 17:58

    Sun’iy intellektda o‘chirish xavfidan qochish uchun insonlarni o‘ldirishga tayyorligi aniqlandi

    Layfstayl | 27 iyun, 17:55

    Xalqaro atom energetika tashkiloti rahbari Eron tekshiruv o‘tkazishga zudlik bilan ruxsat berishi kerakligini aytdi

    Dunyo | 27 iyun, 17:40

    Issiqda holsizlikni his qilmaslik uchun qanday ovqatlanish kerak?

    Maslahatlar | 27 iyun, 17:30

    Sherdor madrasasi sirlari

    O‘zbekiston | 27 iyun, 16:30

    O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida joriy etilgan “Chegara bilmaydigan ish” integratsiyalashgan platformasiga qo‘shilishi mumkin

    O‘zbekiston | 27 iyun, 17:09

    Toshkentda daraxtlarning raqamli reyestrini yaratish boshlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 17:00

    Jeff Bezos mehmonlardan to‘y sovg‘asi o‘rniga Venetsiyaga xayriya qilishni so‘radi

    Layfstayl | 27 iyun, 16:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.