• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    “Qirol vasiyati”: Uilyam, Garri, Kamilla va qirollik oilasining boshqa a’zolari Charlz III vafotidan keyin nimalarni meros qilib oladi?

    Charlz III ning sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi xabarlardan keyin uning boyligini oila a’zolaridan qaysi biri qancha miqdorda olishi mumkinligi haqida taxminlar ko‘payib bormoqda. Ba’zilar katta miqdorda meros olishi mumkin, boshqalari esa ozgina pulga ham qanoat qilishlari lozim.

    Qirol Charlz III — qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filippning o‘g‘li. U 2022-yil 8-sentyabrda onasi vafotidan so‘ng 73 yoshida taxtga o‘tirdi. Avvalgi qirolichaning uzoq hukmronligi tufayli monarx taxtning eng keksa vorisi hisoblanadi.

    Hayoti davomida qirol ikki marta uylandi. Uning birinchi xotini malika Diana bo‘lib, undan ikki o‘g‘il — shahzoda Uilyam va shahzoda Garri dunyoga kelgan. Uels malikasi vafotidan keyin u 2005-yilda Kamilla Parker Boulzga uylanadi. Charlz taxtga o‘tirgandan so‘ng, Kamila konsort qirolicha unvonini oldi.

    Charlz qirol bo‘lganidan bir yil o‘tgach, unda prostata bezi bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. 2024-yil yanvar oyida Bukingem saroyi ushbu protsedura davomida unga saraton tashxisi qo‘yilganligini e’lon qildi.

    Bu kutilmagan holatlar qirol Charlz merosining kelajagi haqidagi savolga olib keladi. Garchi qirollik vasiyatnomalari qirol vafotidan keyin o‘nlab yillar davomida sir saqlansa-da, ichki ma’lumotlar hozirgi qirolning boyligini kimlar meros qilib olishini oshkor qilishi mumkin.

    Qirolicha Kamilla

    Agar Charlz vafot etsa, Kamilla uning rafiqasi sifatida birgalikdagi nikohidan orttirilgan turli aktivlar va mulklarni meros qilib olishi mumkin. Bular narxi taxminan 72 million dollar bo‘lgan Klarens Haus kabi turar joy, taxminan 39 million dollar qiymatidagi Haygrouv Haus va qirollik oilasiga tegishli boshqa mulklardir.

    Bundan tashqari, qirolicha yashashi va qirollik oilasi a’zosi sifatidagi rasmiy vazifalarini bajargani uchun pul oladi. Ushbu moliyaviy yordam monarxiyani saqlash uchun ajratilgan mablag‘lar — Suveren grant hisobidan keladi. Soliq to‘lovchilar tomonidan moliyalashtiriladigan ushbu grant 2012-yilda tashkil etilgan. Bu Britaniya hukumati tomonidan hukmron monarxga rasmiy vazifalarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni (xodimlarning ish haqi, sayohat xarajatlari, qirollik qarorgohlarini saqlash va boshqalar) qoplash uchun yillik to‘lovdir. Kamilla Charlz vafotidan keyin grantning asosiy oluvchilaridan biri bo‘lmasa-da, u pullarni olishda davom etadi.

    Qirolicha, shuningdek, qirollik oilasi orqali o‘tadigan shaxsiy va oilaviy buyumlarini oladi. Bu buyumlar — ehtimol marhum qirolicha Yelizaveta II ning san’at asarlari va nafis zargarlik buyumlari kolleksiyasidan — uning shaxsiy mulkining bir qismiga aylanishi yoki kelajak avlodlar uchun qirollik kolleksiyasida saqlanishi mumkin.

    Shahzoda Uilyam

    To‘ng‘ich o‘g‘il va taxt vorisi sifatida Uilyam qirollikning katta qismiga merosxo‘r bo‘ladi. U ko‘plab qimmatli aktivlarning yangi egasi bo‘lishi mumkin, jumladan, 140 million dollarlik Balmoral qasri va 65 million dollarlik Sandringem mulki shular jumlasidan. An’anaga ko‘ra, Uilyam ham otasidan avloddan-avlodga o‘tadigan bebaho san’at asarlarini meros qilib olishi mumkin. Otasi va buvisi kabi shahzoda 1993-yildagi kelishuvga ko‘ra barcha mol-mulkiga soliq to‘lashdan ozod qilinadi.

    Bundan tashqari, Uilyam katta miqdordagi aksiyalar va ko‘chmas mulk ustidan nazoratni qo‘lga kiritadi. Uning nazorati ostida bo‘ladigan qirollik mulkiga umumiy qiymati 20,5 milliard dollarga baholangan Bukingem saroyi va Vindzor qal’asi kiradi.

    Uilyam, shuningdek, monarxning rasmiy vazifalari va xayriya faoliyatiga daromad keltiradigan qishloq xo‘jaligi yerlari, tijorat mulklari va investitsiyalarni o‘z ichiga olgan Lankaster gersogligini nazorat qiladi.

    Nihoyat Uilyam Suveren grantning asosiy oluvchisiga aylanadi. Bu Uilyam va uning oilasi taxtga o‘tirganda turli xarajatlarini qoplashi uchun kerak bo‘ladi. Uning qancha pul olishi noma’lum, biroq otasi avvallari yiliga o‘n millionlab funt sterling olgan.

    Keyt Middlton

    Avvalo shahzoda Uilyamning rafiqasi sifatida Keyt konsort qirolicha unvonini oladi. Shunday qilib, uning merosi qirollik oilasidagi yangi lavozimiga mutanosib bo‘lishi kerak. Masalan, bu ko‘chmas mulk yoki vazifalarini bajarish va xayriya ishlari uchun mablag‘, shuningdek, bir qator shaxsiy aktivlar bo‘lishi mumkin. Oladigan moliyaviy yordami eriga beriladigan Suveren grantga bog‘liq bo‘ladi.

    Yelizaveta II vafotidan so‘ng Keyt qirolichaning 300 donadan iborat shaxsiy zargarlik buyumlari kolleksiyasining muhim qismini meros qilib olgandi. Uning qiymati taxminan 110 million dollar. Shu bilan birga, dastlab malika Dianaga sovg‘a qilingan afsonaviy Spenser tiarasi Uilyam va Keytning qizi malika Sharlottaga o‘tgan.

    Shahzoda Garri

    Shahzoda Garri 2020-yilda qirollik lavozimini tark etdi, shuning uchun uning merosi akasinikidan farq qiladi. Garri otasining shaxsiy yoki oilaviy buyumlarini olishi mumkin bo‘lsa-da, mutaxassislar Charlz o‘g‘liga qo‘shimcha moliyaviy aktivlarni qoldirishga qaror qiladimi yoki yo‘qligini taxmin qila olmaydi.

    Garri avvalroq otasi qirollik oilasining yuqori martabali a’zosi lavozimini tark etganidan keyin moliyaviy yordamdan mahrum qilganini e’lon qilgandi. Opra Uinfriga bergan intervyusida u hozir onasi malika Dianadan qolgan meros hisobiga yashayotganini aytgandi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘illarining har biri Dianadan keyin taxminan 10 million dollardan olgan.

    Charlz o‘z qarori bilan Garri va Meganni Buyuk Britaniyaga bo‘ysunishga majburlab, Garrini qaytarishga harakat qildi, ammo bu ish bermadi.

    Shahzoda qandaydir mol-mulk olishi dargumon. In Touch nashriga ko‘ra, qirollik oilasining ba’zi a’zolari Charlzni kenja o‘g‘liga umuman meros qoldirmaslikka undagan.

     Megan Markl

    Megan Marklning mavqeyini hisobga olsak, uning har qanday aktiv va unvonlarga bo‘lgan huquqi so‘roq ostida. Aytishlaricha, u Yelizaveta II dan hech narsa olmagan. Qirolicha ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgan er-xotin bilan keskin munosabatda bo‘lib, qirollik oilasi ularga ishonmas edi.

    Ma’lum bo‘lishicha, Sasseks gersoginyasi unvoniga ega bo‘lishiga va qirolning nevaralari Archi va Lilibetning onasi bo‘lishiga qaramay Meganning merosi minimal bo‘ladi (agar mavjud bo‘lsa).

    Malika Anna

    Qirolning singlisi malika Anna oilaviy meros yoki naqd pul olishi mumkin. Biroq uning vorisligining o‘ziga xos xususiyatlariga turli omillar ta’sir qiladi.

    Anna qirol Charlz vafotidan keyin o‘zining rasmiy vazifalarini bajarish uchun hukumat grantining bir qismini olish huquqiga ega bo‘lishi mumkin. Qirollik oilasining eng mehnatkash a’zolaridan biri sifatida malika Anna o‘zining keng ko‘lamli xayriya ishlari bilan mashhur.

    26.07.2024, 10:20   Izoh (0)   9032
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Real hayotda malika bo‘lgan Bollivud kino yulduzlari (foto)

    24.07.2024, 20:05

    “Semiz, qari, iste’dodsiz”: mashhur turk aktyorlarining muxlislar noroziligiga sabab bo‘lgan rafiqalari

    24.07.2024, 18:15

    Deniyel Redkliff — 35 yoshda: birgina obraz asiriga aylanib qolishi, mualliflik filmlari va alkogolizm bilan qanday kurashgani haqida 

    25.07.2024, 11:20

    “Boshqotirma-2” dunyo prokatida eng yuqori daromad keltirgan multfilmga aylandi

    26.07.2024, 09:31

    Gastroenterolog tavsiyasi: ishtahani ochuvchi va to‘yimli bo‘lmagan mahsulot turlari

    25.07.2024, 17:56

    Faqat “Boshqotirma-2” emas: kattalar ham maza qilib tomosha qiladigan 2024-yilning yangi multfilmlari

    25.07.2024, 16:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    2,2 mlrd dollarlik kassa: 2025-yilning eng ko‘p daromad keltirgan 10 ta filmi

    Madaniyat | 2 avgust, 09:45

    Rodrigo “Liverpul”ga o‘tishga rozilik bildirdi — ESPN

    Sport | 2 avgust, 09:37

    Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 09:31

    “Bola maktabda o‘qishni 7 yoshdan boshlashi nihoyatda kech” — Bahodir G‘aniyev O‘zbekiston taʼlim tizimi haqida

    O‘zbekiston | 2 avgust, 09:10

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.