Britaniya qiroli Charlz III ning kenja o‘g‘li — shahzoda Garri hozirda AQSH rezidenti ekanligini rasman tasdiqladi, deya Euronews xabar berdi.
Garriga tegishli sayyohlik kompaniyasi shu hafta Buyuk Britaniya hukumatiga uning ko‘chib ketgani va hozirda Qo‘shma Shtatlarda “doimiy asosda” yashayotganini ko‘rsatadigan hujjatlarni taqdim etgan. Ilgari Garri faqat Britaniyani o‘zining “uyi” deb atagan.
Shu munosabat bilan, uning Britaniya monarxining davlat maslahatchisi sifatida faoliyatini davom ettirishi masalasi noma’lum qolmoqda, chunki qonunga ko‘ra, bu faqat mamlakatda doimiy yashovchilarga ruxsat berilgan.
Shahzodaning yangi yashash joyi sifatida AQSHni rasman tan olishi uning Vindzorlardan uzoqlashib borayotganidan dalolat berishi mumkin, — deb yozadi ushbu mavzuga ixtisoslashgan jurnalistlar.
2020-yilda Garri va uning amerikalik rafiqasi Megan Markl qirollik oilasi a’zolari sifatidagi vazifalaridan voz kechib, avval Kanadaga, keyin esa AQSHga ko‘chib o‘tishgan. Ular Janubiy Kaliforniyaga joylashgan. So‘nggi yillarda er-xotin bir necha bor Britaniya monarxiyasi va uning vakillarini tanqid qilgan.
Izoh (0)