• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Falastinlik oddiy qiz: Raniya Faysal al-Yassin qanday qilib musulmon davlatining eng zamonaviy qirolichasiga aylandi?

    Yorqin ko‘rinishi va nozik didi bilan tanilgan Iordaniya qirolichasini faqatgina buning uchun sevishmaydi, u shuningdek, musulmon ayollarning huquqlarini himoya qiladi va xayriya sohasidagi ishlarda ham doimo faol.

    Sohibjamol va dono

    Foto: Getty Images

    Uning hayoti Zolushka haqidagi ertakni eslatadi. Bo‘lajak malika 1970-yilda Kuvaytda tug‘ilgan. Otasi shifokor, onasi esa oddiygina uy bekasi bo‘lgan. Qizlari Raniya ulg‘aygani sayin tobora jozibali bo‘lib borar va atrofdagilar qiz model yoki aktrisa bo‘lishiga ishonchlari komil edi. Ammo Raniya podiumdagi mashhurlikdan ko‘ra, ilm o‘rganishga ko‘proq qiziqardi. Bu bilimlari bilan u Misr poytaxtidagi Amerika universitetiga qiyinchiliksiz o‘qishga kirdi va uni muvaffaqiyatli tugatdi, so‘ng ota-onasining yoniga qaytdi.

    Foto: Getty Images

    Xarakterining namoyon bo‘lishi

    Ammo tez orada tinch hayot tugadi: urush boshlandi. Iroq qo‘shinlari Kuvaytga bostirib kirdi, natijada Raniyaning oilasi Iordaniyaga qochishga majbur bo‘ldi. Iordaniyada u karyera qilishga qattiq kirishdi. O‘rgangan bilimlari va qobiliyatlari qizga rahbarlik lavozimiga hujjat topshirishga imkon berardi, ammo Applening Iordaniyadagi filialida uni ishga olishmadi. Mag‘rur Raniya eshikni taraqlatib yopgancha chiqib ketdi. Ammo u ish so‘rab kelgan bank rahbari diplomli mutaxassis kelganidan xursand edi.

     Yalang bosh bilan

    Mazkur bank Iordaniyaning o‘sha paytdagi prezidenti — Husaynning qizi Oyshaga tegishli edi. Raniyani birinchi marta ko‘rgan Oysha uni “ohudek xushbichim va askar kabi intizomli” deb eslaydi. Raniya yoshligidanoq o‘jar va mustaqil xarakteri bilan ajralib turardi. Agar u biror narsani maqsad qilgan bo‘lsa, qarori qat’iy va o‘zgarishsiz qolardi. U musulmon mamlakatlaridagi odatga ko‘ra, boshiga ro‘mol o‘rashdan bosh tortdi. Ba’zilarning qoralovchi qarashlariga qaramay, u chodrada yurishni istamadi.

    Foto: Getty Images

    Bankdagi bayram ziyofati

    Qiz shaxsiy hayoti haqida o‘ylamay, g‘ayrat bilan karyera qilishga kirishib ketdi. U 23 yoshga to‘lganida hamma narsa birdan o‘zgardi. Oysha xodimlar uchun ziyofat uyushtirdi, bu bayramda uning ukasi — shahzoda Abdulla ham ishtirok etdi. U haqiqatan ham yoqimli muhitda dam olishni, chiroyli qizlar bilan uchrashishni istagandi, chunki shahzoda tank mashg‘ulotlaridan endigina qaytgan, batalyonga komandirlik qilardi. Abdullaxon ziyofat oldidan uyga kirishga va harbiy mundirini fuqarolik kiyimiga almashtirishga ulgurdi. Uning Raniyaga tashlagan birinchi nigohi kelajakdagi hayotini belgilab berdi. Keyinchalik Abdulla jurnalistlarga bergan intervyusida o‘shandagi holatini izohlab, bu qiz unga kerak bo‘lgan yagona inson ekanini darhol anglaganini aytgan.

    Bir ko‘rishdagi muhabbat

    Shahzodaning unga mulozamat qilishi dastlab Raniyaga zavqdan ko‘ra ko‘proq tashvish keltira boshladi. Qiz valiahd shahzoda bilan o‘zini qanday tutishni bilmasdi. Biroq Abdulla unga nisbatan shu qadar sabrli va e’tiborli bo‘ldiki, tez orada Raniyaning yuragini zabt etdi. Shahzoda uni vertolyotda sayr qildirar, Jipda go‘zal joylarga sayohatga taklif qilar, yoshlar birga dayving bilan shug‘ullanardi.

    Keyinchalik Raniya Abdulla bilan uchrashishi u o‘rganib qolgan qulaylik zonasidan chiqib ketishiga yordam berganini tan oldi. Vazmin xarakterli va uy qizi bo‘lgan Raniya avvaliga o‘zini tanimadi: u go‘zal joylar ustidan vertolyotda uchib o‘tayotganda zavq bilan qichqirar, Abdulla ko‘rsatgan dunyo unga yoqib qolgandi. Ikki oy o‘tgach, Raniyaning ota-onasi o‘z uyida aziz mehmonlarni qabul qilishdi: Iordaniya qirolining shaxsan o‘zi o‘g‘li Abdulla bilan Raniyaning qo‘lini so‘rab keldi.

    Foto: Getty Images

    “Qirollik olmosi”

    Qirol oilasi Raniyani mehr bilan kutib oldi. To‘rt marta uylangan qirol Husayn o‘g‘lining oilada baxt topishini juda xohlardi. Abdullaning buvisi Raniyani ko‘rib: “Bu qiz qirollik sulolasining olmosiga aylanadi”, dedi. 1993-yilda ajoyib to‘y bo‘lib o‘tdi, bu quvonchli voqea sharafiga qirollikda umumiy dam olish kuni e’lon qilindi. Raniya malika bo‘ldi. Lekin u qirolicha bo‘lishini umuman kutmagan edi.

    Gap shundaki, garchi Abdulla Husaynning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lsa-da, qirol ukasini merosxo‘r deb e’lon qilgan, shuning uchun Abdullaga taxt nasib qilmasdi. U bundan unchalik xafa bo‘lmadi: avval kollejda, keyin Oksfordda o‘qidi. So‘ngra Britaniya shahzodalari — Uilyam va Garri ta’lim olgan Harbiy akademiyani tamomladi. Ofitser bo‘lib, Iordaniya armiyasida xizmat qildi.

    Eng yosh qirolicha

    Qirol Husayn Raniyani o‘z oilasida iliq kutib olishi bilan birga kelinini chin dildan yoqtirib qoldi, uning do‘sti bo‘ldi. Shu sababli ham 1999-yilda og‘ir kasallikka chalingan qirol vasiyatnomasini qaytadan yozdi: yangi vasiyatnomaga ko‘ra, u vafot etganida katta o‘g‘li Abdulloh taxtga voris bo‘ladi. Bu kutilmagan voqea qirol o‘limidan ikki hafta oldin sodir bo‘ldi. Shunday qilib, Abdulla otasining vasiyatiga ko‘ra, qirol bo‘ldi, 29 yoshli Raniya esa tarixdagi eng yosh qirolichaga aylandi.

    Foto: Getty Images

    An’analarni taraqqiyot bilan birlashtiradi

    Sohibjamol, ilg‘or, dono Raniya darhol fuqarolarininggina emas, balki butun dunyoning qalbini zabt etdi. Odamlar u haqda yangi “Jaklin Kennedi” va “Malika Diana” deb gapira boshlashdi. Raniya nafaqat qirollikning go‘zal “yuzi” edi, balki u dastlabki kunlardanoq muhim vazifalar — ijtimoiy muammolarni hal qilish va xayriya ishlarini o‘z zimmasiga oldi. Uning yordami bilan mamlakatda sayyohlik biznesi rivojlana boshladi.

    Shuningdek, Raniya tufayli endi Iordaniyada Yevropa kiyimidagi mahalliy ayollarni uchratish mumkin.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Shu bilan birga, malika hech qanday “inqilob” qilmadi, Iordaniya hozirda ham an’analar chuqur hurmat qilinadigan musulmon davlati bo‘lib qolmoqda. Shunchaki, Raniya o‘zi misolida boshqa ayollarga ilhom berdi va ayollar urf-odatlarga sodiq qolgan holda o‘ziga yoqadigan ko‘rinishga ega bo‘lishi, jozibali, nazokatli va zamonaviy bo‘lishi mumkinligini tushundi. Aytish kerakki, Raniya liboslarida musulmon an’analari va yevropacha uslubni mohirona uyg‘unlashtira olgan, hech qanday beodoblikka yo‘l qo‘ymagan.

    “Asosiysi boshdagi narsa emas, balki boshda nima borligi”

    Jinsi shim kiyib yuradigan, oddiy odamlar bilan ko‘p gaplashadigan to‘rt farzandning onasi bo‘lgan qirolichadan ba’zida musulmon an’analarini buzyapsizmi, deb so‘rashadi. Va u tabassum bilan shunday javob beradi: din — majburlash emas. Uning o‘zi chodrada yurmaslikka qaror qilgan, lekin bu hech narsani anglatmaydi: bilimli, ochiq va ilg‘or ayol ham hijobda bo‘lishi mumkin, ba’zida esa aksincha bo‘ladi — juda konservativ musulmon ayollar ham boshi ochiq, chodrasiz yurishi mumkin. Iordaniya malikasining mana bu jumlasini esa hamma biladi: ayolni boshiga o‘ragan narsasiga qarab emas, miyasida nima borligiga qarab muhokama qilish kerak.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Hazil qilish tuyg‘usiga ega bo‘lgan obro‘li va bashang qirolicha

    Raniya Iordaniya ayollariga ko‘p yordam beradi: o‘qish, ishlash va ijtimoiy faol bo‘lishni istaganlardan e’tiborini ayamaydi. Uning sharofati bilan bugungi kunda iordaniyalik ayollar tobora jiddiy lavozimlarni egallamoqda: ular kasalxona, sudlarda ishlamoqda, armiyada xizmat qilmoqda va bu anchadan buyon hech kimni hayratga solmay qo‘ygan. Qirolicha norasmiy tarzda “uslub malikasi” unvoniga ega va dunyodagi eng xushbichim ayol sifatida tan olingan.

    Bundan tashqari, Raniya sayyoradagi eng nufuzli xonimlar ro‘yxatida ham bor. Ammo uni shuning uchungina sevishmaydi. Raniya eri qirol Abdulla singari sodda va boshqalar bilan muloqot qilishda juda samimiy. U ajoyib hazil qilish tuyg‘usiga ega. Misol uchun, o‘tgan yili o‘zining yarim asrlik yubileyini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan malika intervyuda shunday degandi: avval tug‘ilgan kun tortidagi shamlarni o‘chirib, ularning sonidan hayron qoladi. Keyin esa “Aftidan, yillar o‘tib, tortning o‘zi ham kattalashishi kerak, to‘g‘rimi?” degan.

    30.12.2024, 13:05   Izoh (0)   4817
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #shou-biznes#Raniya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Birinchi xonimlar: prezident va qirollarning mashhurlikda ulardan qolishmaydigan rafiqalari (foto)

    27.04.2022, 17:44

    Qudratli Shayx Moza: qanday qilib isyonchining qizi Sharqning “qalblar malikasi” va moda timsoliga aylandi?

    10.05.2022, 14:42

    Instagram: Sevinch Mo‘minovadan ko‘ngli qolgan aktrisa, Yulduz Usmonovaning 42 ming dollarlik libosi, “qovun tushirgan” Asal Abdullayeva

    22.02.2023, 22:27

    Foto: Iordaniya qirolichasi Raniyaning to‘ng‘ich qizi malika Imonning hashamatli kelinlik obrazlari

    14.03.2023, 11:40

    Dubay malikasi Hayya bintu al-Husayn nima sababdan mamlakatdan qochib ketgan?

    04.05.2023, 17:30

    Sharq malikalari: dunyodagi eng chiroyli arab kelinlari (foto)

    05.06.2023, 09:30

    Qirol Abdulla II va qirolicha Raniya baxtining aks tomoni: Iordaniya qirollik oilasining sirlari va fojialari

    07.06.2023, 20:04

    Ovqat qilishni yoqtirmaydigan, liftga yolg‘iz chiqishga qo‘rqadigan va birinchi turmushi omadsizlikka uchragan Shahzoda Matchonova 36 yoshda

    14.08.2023, 16:35

    Arab dunyosining eng zamonaviy qirolicha va malikalari (foto)

    05.09.2023, 16:25

    Sharqning Keyt Middltoni: Iordaniyaning bo‘lajak qirolichasi Rajva Al Saif haqida nimalar ma’lum? (foto)

    16.09.2023, 11:57

    Abdulla va Raniyaning baxt pardasi ortidagi hayot: Iordaniya qirollik oilasi fojialari

    20.10.2023, 17:20

    Qanday qilib oddiy oiladan chiqqan 5 nafar ayol milliarder shayxlarning rafiqasiga aylangan?

    02.08.2024, 11:30

    Qirol va shahzodalar bilan do‘st tutingan Gollivud yulduzlari (foto)

    13.08.2024, 15:30

    Chindan ham qarindoshmi: bir-biriga juda o‘xshash qirollik oilasi a’zolari va Gollivud yulduzlari (foto)

    15.08.2024, 09:55

    Umrbod birga: uzoq yillardan beri birga yashab kelayotgan qirol va qirolichalar 

    25.09.2024, 11:40

    Turk aktyori Murat Yildirim va fransuz aktrisasi Yeva Grin Martin Skorsezening yangi filmida birga suratga tushadi

    24.12.2024, 16:40

    “Tunlari yolg‘iz ekanligim seziladi”. Aktrisa Shafoat Rahmatullayevaning tabassumi ortiga yashiringan dardlari haqida 

    24.12.2024, 13:50

    Jennifer Lopesning yoshlik siri: xonanda go‘zalligini saqlab qolish uchun qanday nonushta qiladi?

    25.12.2024, 09:50

    Burak O‘zchivit 40 yoshda: ajoyib umr yo‘ldosh va mehribon ota, fotograf va kolleksioner haqida nimalar ma’lum?

    24.12.2024, 18:58

    Klinik o‘lim, o‘zagartirilgan ism va “bomj stayl”. Osiyoning eng mashhur 15 xonandasi ro‘yxatiga kirgan Sevara Nazarxon 48 yoshda (foto, video)

    25.12.2024, 12:55

    “Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi Makoley Kalkin Kim Kardashyanning yangi klipida suratga tushdi

    25.12.2024, 10:45

    Instagram: O‘g‘lini muxlislariga ko‘rsatgan Munisa Rizayeva, qizini uzatgan Masrur Usmonov, qo‘lini jarohatlagan Rayhon Ulasenova

    25.12.2024, 11:55

    “Taxtlar o‘yini” finaliga 5 yil to‘ldi: serial qahramonlari hozir qayerda va nimalar bilan band?

    25.12.2024, 15:39

    Xonanda Teylor Svift og‘ir kasal muxlisasiga 5 ming dollarlik ko‘ylak sovg‘a qildi (video)

    25.12.2024, 13:30

    To‘rt tilda so‘zlasha oladigan, turk aktyori qalbini zabt etgan va davosiz kasallikdan aziyat chekadigan Yulduz Rajabova 35 yoshda (foto, video)

    26.12.2024, 11:55

    Ozoda Nursaidova, Hamdam Sobirov va Lola. “O‘zbegim — 2024” mukofoti qaysi san’atkorlarga nasib etdi? (video)

    26.12.2024, 21:11

    Instagram: Ota-onasiga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qilgan Ra’no Shodiyeva, Porsche’sida YTHga uchragan Dili.me, Dilnozning to‘yi qachon?  

    26.12.2024, 12:50

    “Uyda yolg‘iz” filmidagi eng katta sir fosh bo‘ldi: Makkalisterlar oilasi boshlig‘i kim bo‘lib ishlagan?

    26.12.2024, 14:48

    “Nimani maqtansangiz, o‘sha narsangizdan ayrilasiz”. Sitora Farmonova turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani hamda qayerda yashayotgani haqida  

    26.12.2024, 15:53

    “Menga shuncha yil taqiq qo‘ydinglar, indamadim. Bolalarda nima ayb?”. Botir Qodirov Jo‘rayevlar oilasiga murojaat qildi (video)

    26.12.2024, 16:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.