• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Instagram orqali eri bilan ajrashgan Dubay amirining qizi — shayxa Mahraning taqdiri qanday kechdi?

    Sharq ertaklari qum va oltinga ko‘milgan uzoq yurtlar, itoatkor malikalar-u ayyor savdogarlar va telba muhabbat haqida so‘zlab kelgan, ammo bu afsonaviy qissalar qanchalik haqiqatga yaqin? Keling, bu savolga javob izlab, arab qirollik saroyidagi hayot haqidagi tasavvurlarni tubdan o‘zgartirib yuborgan Dubay amirining qizi, shayxa Mahraning hayotiga nazar tashlaymiz.

    Mahraning otasi — amir Muhammad ibn Rashid Al Maktum (shuningdek, BAA bosh vaziri va mudofaa vaziri) o‘sha paytda rasman uylangan bo‘lsa-da, grek qiz Zoye Grigorakos bilan islomning sunniy mazhabida ruxsat etilgan vaqtinchalik nikohga kirgan.

    1994-yilda ularning qizi Kristina dunyoga keladi va tez orada Zoye chaqalog‘i bilan Yevropaga qaytib ketadi. Avvaliga Kristina onasi bilan Londonda yashaydi, aviatsiya maktabini tugatgandan so‘ng, ona-bola Gretsiyaga ko‘chib keladi. Qiz nasroniy bo‘lib o‘sgan va Yevropa an’analari bo‘yicha tarbiyalangan. Muhammad bu yillarda qizining yonida bo‘lmagan, ammo moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlab turgan. Mish-mishlarga ko‘ra, voyaga yetganda Mahraning boyligi 90 million dollarga baholangan.

    Kristina xususiy maktabda o‘qigan, ko‘p vaqtini chet tillarini o‘rganishga va chavandozlikka bag‘ishlagan — ot sportiga bo‘lgan muhabbati otasidan o‘tgan. Qiz Sharq jamiyatidan uzoqda o‘sgan bo‘lsa-da, noma’lum sabablarga ko‘ra BAAga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan.

    Shayxning grek qizi 16 yoshida Dubayga ko‘chib o‘tadi. Islomni qabul qilib, Mahra ismini oladi, shundan so‘ng otasi unga qirollik unvonini beradi. Shunday qilib, Kristina shayxa Mahra bintu Muhammad ibn Rashid al-Maktumga aylanadi. Shu paytdan boshlab uning hayoti ertakka o‘xshab qoladi: Dubayda bir necha yil yashagandan so‘ng, Mahra Britaniyaga ko‘chib o‘tadi va u yerda “Xalqaro munosabatlar” dasturida tahsil oladi, keyin esa amirlikka qaytib, otasi asos solgan akademiyada o‘qishini davom ettiradi.

    2023-yil 4-fevralda malika diplom topshirish marosimida olingan suratni “Oilaviy qo‘llab-quvvatlash bu — hamma narsa” degan izoh bilan ijtimoiy tarmoqda joylaydi. Yordam uchun ota-onasidan minnatdor bo‘lish odatiy hol, biroq bir muhim “ammo” bor edi: Mahraning o‘gay opalariga universitetda o‘qish kabi imtiyoz berilmagandi.

    Muhammadning aslida nechta farzandi borligini hech kim bilmaydi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning soni 30 dan ortiq, ammo uning ikki qizi: Shamsa va Latifa ayniqsa mashhur bo‘lgan. Aynan ular birinchi bo‘lib oltin darvozalar ortidagi hayot ko‘ringanidek emasligini aytishgan.

    Mavzuga doir: Hashamatli hayot yoki uy qamog‘i: arab shayxlarining qizlari qanday yashaydi?

    1999-yil sentyabr oyida malika Shamsa akasiga xat yozib, otasining unga kollejga kirishni taqiqlagani haqida xabar beradi — shu bilan shov-shuvli voqealar zanjiri boshlanadi. E’tiborli jihati shundaki, amirning o‘zi Kembrijni tugatgan va Britaniya qurolli kuchlarida xizmat qilgan, BAAga qaytgach esa islohotchilik siyosatini yuritib, ayollar huquqlarini kengaytirish tarafdori bo‘lgan.

    Otasining zulmidan azob chekkan qiz ta’til paytida qochishga qaror qiladi. Shamsa Range Rover’ni olib qochib, shaharga yetib boradi, afsuski, ikki oydan so‘ng uni ko‘chada ushlab olishadi va Dubayga qaytarishadi. Singlisi Latifaning so‘zlariga ko‘ra, qiz o‘sha paytda nima bo‘layotganini hatto anglamagan: unga giyohvand moddalar berishgan va majburan samolyotga o‘tqazishgan.

    Shayxa Shamsa

    Amirliklarda Shamsaning hayoti haqiqiy do‘zaxga aylanadi: keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, u qamoqda saqlangan va kaltaklangan. Politsiya va jurnalistlar malikani o‘g‘irlash bo‘yicha tergov boshlashga harakat qilishadi, ammo ularning barcha urinishlari behuda ketadi. 2018-yilda, qochganidan deyarli 19 yil o‘tgach, Dubay qirollik saroyi “Shamsa mehr va g‘amxo‘rlik ichida yashayotgani” haqida izoh beradi.

    Bu izohni o‘sha yili Latifa yozib olgan video rad etadi. Unda u boshidan kechirgan barcha dahshatlarni: oila zulmi, qiynoqlar va arab qamoqxonasidagi uch yili haqida hikoya qiladi. Latifa ham 16 yoshida saroydan qochishga ikki marta urinib ko‘radi, ammo uni ham opasiniki kabi taqdir kutardi. Latifaning tashqi dunyo bilan so‘nggi muloqoti 2021-yilda bo‘lgan: o‘shanda u Chili sobiq prezidenti Mishel Bachelet bilan shaxsan suhbatlashgan. Oradan 2 yil o‘tib, ayolning aytishicha, Latifa suhbat davomida unga yo qo‘rqib ketgandek yoki psixotrop dorilar ta’sirida bo‘lgandek tuyulgan.

    Shayxa Latifa

    Malikalar bir necha yillardan beri omma oldida ko‘rinmaydi, rasmiy vakolatxona esa hozirgacha ularning ahvoli haqida bir xil ma’lumot beradi: qizlar yaxshi, ular shunchaki maxfiylikni saqlashni xohlashadi.

    Shamsa va Latifaning hikoyalari jamoatchilikni hayratda qoldirgan, ammo vaqt o‘tishi bilan hamma malika Mahraga e’tibor qaratdi: u Sharqning eng go‘zal 10 nafar ayoli qatoriga kiradi, ijtimoiy tarmoqlarda faol, sport musobaqalarida qatnashadi va xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi.

    2023-yilda esa 29 yoshli Mahra Dubay hukmron oilasi vakili, o‘zining uzoq qarindoshi bo‘lgan shayx Mana al-Maktumga turmushga chiqadi. To‘y dabdabali bo‘ldi: hashamatli oq ko‘ylak, qimmatbaho marjonlar, yetti qavatli tort va zalni bezab turgan millionlab atirgullar.

    2024-yilning may oyida Mahra farzandini dunyoga keltirdi, qizaloqqa onasining sharafiga Zoye deb ism berishdi. Ammo oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Mahra eridan ajrashmoqchiligini e’lon qildi. 2024-yilning 17-iyulida u turmush o‘rtog‘ining xiyonatiga shama qilib, Instagram’dagi sahifasida uch marta “Men siz bilan ajrashaman” deb post qoldiradi.

    Shariatga ko‘ra, ajralish haqida e’lon qilish huquqi faqat erkak kishida mavjud, shunga ko‘ra, malikaning xatti-harakatlari diniy qonunlarni qo‘pol ravishda buzish sifatida baholanadi — an’anaviy tartib-qoidalarga ochiqdan ochiq bo‘ysunmaslik jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

    Mahraning ijtimoiy tarmoqlardagi so‘nggi posti 31-oktyabr kuni e’lon qilingan — u qizi bilan tushgan suratini joylagan. Uning ajrim haqidagi postiga shu paytga qadar na Dubay amiri bo‘lgan otasi, na turmush o‘rtog‘i hech qanday munosabat bildirmagan. Ularning nikohi rasman bekor bo‘ldimi-yo‘qmi, hozircha noma’lum.

    05.12.2024, 09:47   Izoh (0)   36943
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Dubay amiri#shayxa Mahra#Mahra

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dubay malikasi Hayya bintu al-Husayn nima sababdan mamlakatdan qochib ketgan?

    04.05.2023, 17:30

    1788 ta xona, 5 ming kishilik zal va tilla unitaz: arab shayxlarining hashamatli saroylari qanday ko‘rinishga ega? (foto) 

    09.05.2023, 11:48

    Sharqning eng go‘zal kelini: Dubay hukmdorining sohibjamol qizi shayxa Mara turmushga chiqdi (foto)

    14.06.2023, 15:30

    Dubay amirining grek qizi: Islomni qabul qilgan shayxa Mara qanday ko‘rinishga ega? (video)

    06.07.2023, 09:41

    Shayx va amirlarning hashamatli saroylari qanday ko‘rinishga ega? (foto)

    19.02.2024, 13:50

    Dubay amirining Instagram orqali eri bilan ajrashgan qizi “Ajrim” deb nomlangan atirni sotuvga chiqardi

    11.09.2024, 16:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32

    Ukraina armiyasiga 23 ming zirhli transport vositasi kerak — OAV

    Dunyo | 26 iyul, 22:13

    Gaz va elektr tokini behuda sarflaganlar javobgarlikka tortiladi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:07

    Mahkumni ozodlikka chiqarib berish uchun 30 ming dollar talab qilgan advokat qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:02

    Eronda sud binosiga hujum: 9 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 21:34

    Abbosbek Fayzullayev “Bashakshehir”da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi — manba

    Sport | 26 iyul, 21:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.