Kremniy vodiysidagi texnologiya yetakchilari “aqlliroq” avlod yaratish maqsadida genetik testlash va embrion tanlashning ilg‘or usullariga katta sarmoya kiritmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Ayrim IT kompaniyalar rahbarlari kelajakdagi farzandlarining IQ darajasini prognoz qilish xizmatlari uchun 50 ming dollargacha to‘lamoqda. Nucleus Genomics va Herasight startaplari 6 mingdan 50 ming dollargacha bo‘lgan narxda embrionlarni genetik tekshiruvdan o‘tkazishni taklif qilmoqda. Ular nafaqat kasallik xavfini, balki potensial aqliy salohiyat darajasini ham aniqlab beradi. unday xizmatlarga talab yuqori sur’atda o‘sib bormoqda.
Kremniy vodiysida IQ juda qadrlanadi, deydi Nucleus Genomics asoschisi Kian Sadegi.
San-Fransiskolik ikki muhandis kasallik xavflari va taxminiy IQ darajasini hisobga olgan holda “eng maqbul” embrionni tanlash uchun murakkab ball tizimini ishlab chiqqan. Ularning qizi aqliy salohiyat bo‘yicha uchinchi, ammo umumiy ball bo‘yicha eng yuqori natijaga ega bo‘lgan embriondan tug‘ilgan.
Bu ajoyib ilmiy-fantastik syujet: boylar hokimiyatni qo‘lga oladigan genetik superkastani yaratmoqda, deydi Stenford universiteti Huquq va biologiya fanlari markazi direktori Xenk Grili.
Izoh (0)