• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    Bekhem, Ouen, Bellingem va Trent Aleksander-Arnold. “Real” safida to‘p surgan angliyalik futbolchilar

    Inglizlar va “Real” — garchi so‘nggi ikki yil ichida klub Jud Bellingem va Trent Aleksander-Arnoldni o‘z safiga qo‘shib olgan bo‘lsa-da, bugungi kunda ham noodatiy tuyuladigan kombinatsiya hisoblanadi.

    Inglizlar La Ligada to‘p surishi juda kamdan-kam yuz beradigan holat. Ko‘pchilik uchun Angliyadan ketish g‘oyasining o‘zi uzoq vaqt ekzotika yoki sarguzasht bo‘lib tuyulgan. Ayniqsa, bosim, ambitsiya va talablar qulay moslashish imkonini bermaydigan “Real Madrid”da.

    Lekin baribir tavakkal qilganlar ham bo‘ldi. “Real”da to‘p surgan ingliz futbolchilarini yodga olamiz.

    Lori Kanningem “Madrid”ning ikkinchi qora tanli futbolchisi hisoblanadi. Uni hatto “Kamp Nou”da ham olqishlashgan

    Foto: Sports
    Foto: Sports

    Avvalo, 1979-yilga nazar tashlaymiz. AS nashrining yozishicha, Ispaniya poytaxtiga to‘p bilan yengil mumoala qiluvchi, tezligi esa eng qaysar himoyachilarni ham chalg‘ituvchi futbolchi kelgan. Yamaykada tug‘ilgan angliyalik Lori Kanningem ”Real”ning 77 yillik tarixida braziliyalik Dididan (50-yillarda o‘ynagan) keyin ikkinchi qora tanli futbolchiga aylandi.

    O‘sha paytlardayoq Kanningem Angliyaning eng yorqin vingerlaridan biri hisoblanardi. “Vest Bromvich”da Lori Siril Ridgis va Brendon Betson bilan birga porladi — ular Angliya chempionatining yangi avlodi ramzlari edi. Kanningemning UEFA Kubogida “Valensiya”ga qarshi o‘yini shunchalik taassurot qoldirgan ediki, “Real” futbolchi uchun 950 ming funt to‘ladi.

    Lori tezda “Madrid”ga qo‘shilib ketdi va Xuanito bilan birga hujumda yetakchiga aylandi. Muxlislarga, ayniqsa, uning burchak to‘plarini tepish uslubi yoqardi.

    Angliyalik futbolchi “Real” safidagi asosiy o‘yinini 1980-yilning fevralida o‘tkazgan. “Barselona”ga qarshi safarda o‘tkazilgan klasikoda Kanningem raqib himoyasi ustidan kulib, himoyachilarni bir necha bor aldab o‘tgan. “Madrid” 2:0 hisobida g‘alaba qozonganiga qaramasdan Lori gol ura olmagan. Va darhol yanada muhimroq mukofotni qo‘lga kiritdi — uni to‘lib-toshgan “Kamp Nou” olqishladi. Shu paytgacha “Real”ning biror futbolchisi bunday e’tirofga sazovor bo‘lmagan.

    El Pais gazetasining o‘yin haqidagi reportajidan: “Lori Kanningem bir o‘yinda 50-60 marta to‘pni qabul qilib oldi va shuncha marta raqiblarini aldab o‘tdi — ular unga hech narsa qila olishmadi. “Barselona” futbolchilari professionalga qarshi maydonga tushgan havaskorlarga o‘xshardi. Tribunalardagi muxlislar bir payt shunchaki “qora marvarid”ning mahoratidan zavqlanishgan.

    Lori 1983-yilga qadar madridliklar sharafini himoya qilgan: 66 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol urgan, La Liga va ikki marta Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritgan. 1982/83-yilgi mavsumda u “qaymoqranglilar”ning yangi transferlari tufayli kam o‘ynagan — klub germaniyalik Uli Shtilike va niderlandiyalik Jon Metgodni sotib oldi. O‘shanda Ispaniyada faqat ikkita legioner maydonga tushirilgan va Kanningem 1983-yilning bahorida “Manchester Yunayted”ga qisqa muddatli ijaraga ketgan.

    Shundan so‘ng Xixonning “Sporting” klubiga ijaraga berildi va “Real”ni butunlay tark etdi.

    Kanningem 1989-yil iyul oyida Madridda avtohalokatda vafot etgan. U endigina 33 ga kirgandi. 

    Makmanaman o‘zini yolg‘iz his qildi va YCHLdagi g‘alabasini nishonlamagan. Peres uni klubdan siqib chiqargan

    Foto: Sports
    Foto: Sports

    1999-yilning yozida “Real” prezidenti Lorenso Sans bozorda katta xaridni boshladi: Nikolya Anelka, Ivan Elgera, Michel Salgado, Jeremi Njitap, Elver Balich va boshqalarni olib keldi. Yangi o‘yinchilar orasida “Liverpul” yarim himoyachisi Stiv Makmanaman porlab turardi — 27 yoshli ingliz “Bernabeu”ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan.

    Makmanaman yangi madaniyat va til to‘sig‘iga duch keldi, bu esa dastlabki oylarni og‘ir o‘tkazishiga sabab bo‘ldi. 

    “Real”da boshqa ko‘plab klublarda bo‘lgani kabi, yangi kelganlar uchun an’ana bor edi — futbolchi jamoa oldida qo‘shiq aytishi kerak. “Biroz ovqatlanib olganimizdan so‘ng, yangi jamoadoshlarim mendan qo‘shiq aytishimni talab qildi. Va men buni qildim — aynan nima kuylaganim esimda yo‘q, ehtimol The Beatles yoki shunga o‘xshash qo‘shiq bo‘lgandir. Lekin ular meni umuman tushunmasdi”, — deb kuladi Makmanaman.

    O‘sha kechki ovqatda Makmanamanning “Liverpul”dagi sherigi Rob Jons ham bor edi, u o‘rtog‘ini ko‘rgani kelgandi. Stivning aytishicha, Jonsdan ham qo‘shiq aytishni so‘rashgan: “Men qo‘shiqni tugatganimda, “Madrid” futbolchilari Robga o‘girilib, “Yaxshi, endi sening navbating”, deyishdi. U ham kuyladi.

    Makmanaman ispan tilini bilmagani uchun sheriklari bilan kam muloqot qilardi, lekin kiyim almashtirish xonasida baribir uni juda hurmat qilishardi. Fernando Yerro u haqda shunday degan: “Stiv — men uchratgan eng yorqin, eng fantastik odam. U ketgan kuni hammamiz uni juda sog‘inib qolamiz”.

    “Real”dagi to‘rt yil davomida angliyalik futbolchi 158 ta o‘yin o‘tkazib, ikki marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan. Dastlabkisini debyut mavsumidayoq qo‘lga kiritgan.

    Makmanaman o‘sha final oldidan kiyim almashtirish xonasidagi muhitdan hayratga tushdi: “O‘yin oldidan asabiylashganimni eslayman, ammo jamoadoshlarim bosimga o‘rganib qolishgan va o‘zlarini juda bo‘sh qo‘yardi. Ular tungi soat birda massajga borishar, qo‘shiq aytishardi. Angliyada biz katta o‘yin arafasida kechqurun soat 10:30 da o‘z xonalarimizda bo‘lardik, ammo ispanlar hayoti shunday — ular uchun bu odatiy hol edi”.

    Ulkan muvaffaqiyatlarga erishganiga qaramay, Stiv o‘zini yolg‘iz his qilardi: “Biz hozirgina Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘ldik. Kiyim almashtirish xonasida bolalar ispancha qo‘shiq aytishar va prezidentni yuqoriga irg‘itishardi. Menda esa g‘alati hissiyotlar bor edi. Telefonni olib, kiyinish xonasidan chiqdim, yo‘lakdagi polga o‘tirdim va shunchaki xabarlarni o‘qidim. “Liverpul” bilan bularning barchasini bajonidil boshdan kechirgan bo‘lardim — u yerda voqealar markazida bo‘lardim va butunlay berilib ketgan bo‘lardim. Ammo “Real”da men barcha bayramlarning chekkasida qolib ketdim, chunki nima bo‘layotganini tushunmasdim”.

    Foto: Sports
    Foto: Sports

    2000-yilda Peres Sansning o‘rniga prezidentlik lavozimini egalladi. Avvaliga Florentino saylovda Sansni qo‘llab-quvvatlagan Fernando Redondodan (“Milan”ga ketgan) qutuldi, keyinroq Makmanaman bilan ham xayrlashdi.

    Peresga unchalik yulduz bo‘lmagan futbolchi klubda eng ko‘p maosh oluvchilar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda turishi yoqmadi va Stivni “Real”dan siqib chiqarishga harakat qildi. Avvaliga inglizni “Bavariya” bilan o‘rtoqlik o‘yiniga qo‘yishmadi, keyin “Galatasaroy” bilan Yevropa Superkubogi qaydnomasidan tushirib qoldirishdi. Shundan keyin ham Makka taslim bo‘lmadi.

    Yoz oxiriga kelib, Florentino eng so‘nggi choralar ko‘rdi — Makmanaman mavsum uchun qaydnomadan joy olmadi va raqamidan mahrum qilindi. O‘shanda “Latsio” Stiv bilan bog‘langan, Visente del Boske esa tan olgandi: “Men Makmanamanga bu yil o‘yin amaliyotiga deyarli ega bo‘lmasligini aytdim. Ketgani ma’qul. Makmanaman o‘shanda ham chekinmadi - "Latsio"ni rad etib, klubda qoldi, uning yonini esa sheriklari olishdi.

    O‘shanda Peres endigina klubga kelgan va jamoa oldida u qadar katta obro‘ga ega emasdi. Uning Makmanamanga bo‘lgan munosabati o‘yinchilarga yoqmadi. Marca’ning yozishicha, Yerro va Salgado jamoa nomidan Del Boske va Peresga e’tiroz bildirgan: ular inglizga nisbatan adolatsizlik qilinayotganiga ishonishgan.

    Vaqt o‘tishi bilan Makmanaman “yorildi”: “Meni yil og‘ir bo‘lishi haqida ogohlantirishdi. Ammo mening faoliyatimda hamma narsa bitta ssenariy bo‘yicha sodir bo‘ladi — menga hech narsa osonlikcha kelmaydi, lekin men har doim oxir-oqibat boshlang‘ich nuqtada bo‘laman. Men ishlashga va jamoadan o‘rin olishga tayyor edim”.

    2001/02-yilgi mavsumda Makmanaman Chempionlar Ligasining navbatdagi g‘alabasi yo‘lida yana bir muhim gol urdi — safarda “Barselona” darvozasi ishg‘ol qilindi.

    Foto: Sports
    Foto: Sports

    2002/03-yilgi mavsum ingliz uchun Ispaniyadagi so‘nggi mavsum bo‘ldi: u maydonda 1300 daqiqadan sal ko‘proq vaqt o‘tkazdi va muhim o‘yinchi maqomini yo‘qotdi. 2003-yilning yozida u erkin agent sifatida “Manchester Siti”ga o‘tdi va u yerda faoliyatini yakunladi.

    Stiv “qaymoqranglilar”dagi davrini yolg‘izligiga qaramay, juda muvaffaqiyatli deb hisoblaydi: “Hammasi ham mukammal emas edi, lekin men barcha eng muhim sovrinlarni qo‘lga kiritdim va dunyoning eng yaxshi klublaridan birida to‘p surishga muvaffaq bo‘ldim. Afsuslanadigan joyim yo‘q, chunki men katta yutuqlarga erishdim”.

    Ikkita YCHLdan tashqari, Makmanaman “Real”da ikkita La Liga, ikkita Ispaniya Superkubogi, Yevropa Superkubogi va qit’alararo Kubokda g‘olib chiqqan.

    Vudgeyt “Real”ga jarohat bilan yetib kelgan va klub tarixidagi eng yomon debyutni amalga oshirgan

    Foto: Sports
    Foto: Sports

    2004-yilda Vudgeytning “Real”ga o‘tishi dastlab g‘alati ko‘ringan — himoyachi bahordayoq jiddiy jarohat olgan (son mushaklarining yorilishi), shu tufayli Yevro—2004 ni o‘tkazib yuborgan va yangi mavsum startiga tayyor bo‘lmagan. Ammo “Real” baribir “Nyukasl”ga 18,3 mln yevro taklif qildi.

    Jarohat tufayli Jonatan hatto taqdimotda to‘p bilan jonglyorlik qila olmadi. Klubdagilar Vudgeytni sentyabr-oktyabr oylaridayoq maydonga tushishini kutishgandi. Ammo vaqt o‘tib borar, futbolchi esa qayta olmasdi: oktyabr oyining boshida mashg‘ulot paytida yana jarohat olgan.

    “Men ahvolim yaxshi emasligini bilardim, chunki hatto yugura olmasdim. O‘ylab qoldim, klubda mening to‘g‘rimda shubha yo‘qmi: mabodo ular meni adashyapti yoki yolg‘on gapiryapti, deb o‘ylashsa-chi? Bir kuni hatto qandaydir shifokorni olib kelishdi, u meni giyohlar yordamida davolayman, deb ishontirdi. Men o‘yladim: Nima?! Men “Real”daman, siz esa meni o‘t bilan davolamoqchimisiz?

    Men kuniga ming marta o‘tirib-turish mashqini bajarib, gavdamni va orqamni mustahkamlashga harakat qilardim va o‘z-o‘zimga: “Bu menga yana formaga qaytishimga qanday yordam beradi?” deb savol berardim”.

    Jonathan bir yildan ko‘proq vaqt o‘tkazib yubordi va faqat 2005-yil sentyabr oyida “Atletik”ka qarshi uy uchrashuvida debyut qildi. Bu o‘yin Vudgeytning “Real” muxlislari yodida qolishiga (jarohatlardan tashqari) yagona sabab bo‘ldi. “Madrid” safida birinchi bo‘limda Vudgeyt o‘z darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda ikkinchi sariqqa loyiq ko‘rildi. “Real” tarixida hali hech kim bunday dahshatli debyut qilmagan edi!

    “Odamlar har doim mendan debyutim va uning qanchalik yomon bo‘lgani haqida so‘rashadi. Va men har doim ularning “Real”dagi debyuti qanday o‘tganini so‘rayman. Bu meni umuman xavotirga solmagan, chunki men dunyodagi eng katta jamoada o‘ynaganman”, — deya javob qaytargan Vudgeyt.

    Shunga qaramay, “Bernabeu” Jonatanni qarsaklar bilan kuzatib qo‘ydi, bu haqda futbolchi yillar o‘tib shunday eslaydi: “Muxlislarning menga yaxshi munosabatda bo‘lganini ko‘rib xursand bo‘ldim. Ular mening debyutimni uzoq kutishdi, men esa maydonda ekanligimdan xursand edim, garchi ikkinchi sariqni menga asossiz ko‘rsatishgan deb hisoblasam ham”.

    Vudgeyt o‘zi uchun eng qo‘rqinchlisi o‘ynamaslik ekanini tan oldi. Va “Madrid”ning har bir o‘yini uning uchun sinov edi. “Real”da hatto jarohat olganlar ham uy o‘yinlariga borishi kerakligi haqida qoida bor edi — Jonatan buyuk klubning bir qismi edi, ammo u hamma narsaga chetdan qarardi.

    Jarohatlar chekinmadi va uning faoliyatini butunlay buzdi: atigi 14 ta rasmiy o‘yin va 2006-yilning yozida “Midlsbro”ga ketish. Avvaliga bir yillik ijaraga, keyin esa to‘liq transfer orqali 9 mln yevroga.

    Ouen ingliz gazetalarini olish uchun aeroportga borar va Zidandan qo‘rqardi

    Foto: Sports
    Foto: Sports

    2004-yilda Ouenning o‘tishi Peresning “Galaktikos” — “Oltin to‘p”ga ega o‘yinchilarni yig‘ish kontseptsiyasiga juda mos keldi. Ammo jamoa allaqachon juda zich edi: Zidan, Figu, Raul va Ronaldo, ularning har biri superyulduz va asosiy tarkibning temir o‘yinchisi edi.

    25 yoshli Ouen “Liverpul” bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmadi: “Menga yangi chaqiruv kerak edi, men oldinga siljishim kerakligini his qildim. “Real”dan taklif kelganida, ularga rad javobini bera olmasligimni tushundim — bu dunyodagi eng yaxshi klub edi”.

    Ouen Rafa Benites va “Liverpul” bosh direktori Rik Perri bilan Ispaniyaga ko‘chib o‘tishni muhokama qildi. Ular Maykl “Real”da 1-2 mavsum o‘tkazishi, keyin esa “Liverpul”ga qaytishi haqida kelishib olishdi. Transferdan oldin Maykl Makmanaman bilan maslahatlashgan edi.

    Kutilganidek, Ouen “Madrid”da dahshatli raqobatga duch keldi va asosiy tarkibda Raul yoki Ronaldoning o‘rnini ba’zida egallashi mumkin edi. Ammo asosan zaxiradan maydonga tushsa ham, angliyalik futbolchi 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan yillar o‘tib, Maykl “Real”ga o‘tgani xato bo‘lgani haqida gapirdi: “Men faoliyatimni nazorat qila olmay qoldim va o‘zim haqimdagi tasavvurni o‘ldirdim. Men noto‘g‘ri joyda va noto‘g‘ri vaqtda bo‘lib qoldim. To‘g‘ri, “Real” har bir futbolchi uchun sharafli klub, ammo bu yerda bosim shunchalik kuchli bo‘ladiki, nafas ololmaysan. Bu men kutgan narsa emas edi”.

    Futbolchi hech qachon o‘zini “Real”ning bir qismi sifatida his qilmagan va klubga biror maqomda qaytishni istamagan: “Men ular safida o‘ynaganman va bundan faxrlanaman, ammo “qaymoqranglilar"ning o‘tmishdagi buyuk futbolchilari bilan prezident lojasida o‘tirish menga noqulay bo‘lardi, chunki men ulardan emasman”.

    Inglizda Zidan eng kuchli taassurot qoldirgan: “U doimo burchakda o‘tirar va hammaga juda jiddiy nigoh bilan diqqat qilardi. Ba’zan bu nigoh menga tikilib qolar va hatto qo‘rqinchli tuyulardi. U meni yomon ko‘radi deb o‘ylardim. Keyin tushundimki, Zidan hamma bilan shunday — uning menga qarshi hech narsasi yo‘q edi”.

    Ouenni ham maishiy muammolar qiynardi — u rafiqasi va qizi bilan mehmonxonada yashardi: “Bu og‘ir edi. Men mashg‘ulotlarda edim, ular esa xonada bekor o‘tirishardi — ular ham menga o‘xshab ispan tilini bilishmasdi, o‘zlarini noqulay his qilishardi, hatto hech kim bilan muloqot qila olishmasdi”.

    2005-yilning yoziga kelib, Ouen ketishga qat’iy qaror qildi: u 2006-yilgi Jahon Chempionatida o‘ynashni orzu qilardi va o‘yin amaliyoti u uchun zarur edi. “Madrid” rahbariyati uni qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi. “Real” “Liverpul” bilan bog‘landi, ammo klub 25 mln yevro to‘lashdan bosh tortdi. O‘shanda “Nyukasl” paydo bo‘ldi, u “Real”ning aytgan narxini to‘lab berdi.

    Bekhem “Real” uchun “Barsa”dan voz kechgan va daromadlarni uch baravarga oshirib olgan. Lekin ko‘pincha noto‘g‘ri pozitsiyada o‘ynashiga to‘g‘ri kelgan

    Foto: Sports
    Foto: Sports

    Bekhemni Madridda futbolchi emas, Hollivud yulduzi sifatida kutib olishdi. 

    Devid esa “Barsa”ga o‘tishi mumkin edi. “Manchester Yunayted” hatto Kataloniya klubi bilan kelishib ham oldi, ammo futbolchi bunga rozi bo‘lmadi: “Manchester” meni “Barselona”ga deyarli sotib yuborganini eslash kulgili. Piter Kenon (“mankunianliklar” ijrochi direktori) menga qo‘ng‘iroq qilib, ularning taklifini qabul qilishganini aytdi. Unga agar meni sotmoqchi bo‘lsa, o‘tmoqchi bo‘lgan yagona klubim “Real” bo‘lishini aytdim.

    Futbolchi Peres bilan qisqa suhbat o‘tkazdi: “Esimda, men oshxonada edim, Florentino menga qo‘ng‘iroq qildi va dedi: “Devid, “Real?” Men: “Ha”, — dedim. U esa: “Muammo yo‘q, hammasi bajarildi”, — dedi.

    Foto: Sports
    Foto: Sports

    “Real”dagi ilk kun Devid uchun sinovli bo‘ldi. Ronaldo uni masxara qilib, shunday fintlar qildiki, ingliz muvozanatini yo‘qotib, yiqilib tushdi. Keyinchalik Bekhem shunday deb eslaydi: “Men bu yerda shunchaki yaxshi bo‘lish mumkin emasligini tushundim. Seni hurmat qilishlari uchun buyuk bo‘lish kerak”.

    Avvaliga Devid Ispaniyadagi inglizlar uchun an’anaviy bo‘lgan til to‘sig‘i, turmush tarzi va madaniyatidagi farq tufayli o‘zini begona his qildi. U ijaraga olingan villada yashar, xotini Viktoriya esa bolalari bilan tez-tez Londonda qolib ketardi. Ingliz tilini yaxshi biladigan Mishel Salgado unga yordam berdi. “Real” himoyachisi Bekhem uchun eng yaqin do‘stga aylandi: maishiy masalalarda yordam berdi, klubda va undan tashqarida, jadvaldan tortib mahalliy oshxonagacha qanday ishlashini tushuntirdi. 

    Bekhem har doim moda ramzi bo‘lgan va “Real”ga o‘tganidan keyin uning tashqi ko‘rinishi bir zumda muhokamalarga sabab bo‘ldi. O‘yinchilar ko‘pincha uning kiyinishi ustidan hazillashardilar: shlyapa, yupqa gardishli ko‘zoynak, hatto issiq havoda ham mo‘yna yoqali palto kiygan, sochlarini yaxshilab turmaklagan — bularning barchasi mahalliy aholining neytral uslubiga zid edi. Roberto Karlos ko‘pincha Bekhemni model deb atardi.

    Keyinchalik Bekhem shunday deydi: “Real” futbolchilari mashg‘ulotdan oldin ikki soat sochimni turmaklashimning nima keragi borligini tushunishmasdi”.

    Vaqt o‘tishi bilan uning uslubi yuqumli bo‘lib qoldi: ba’zi “galaktikoslar” unga taqlid qila boshladi va shunga o‘xshash aksessuarlarni tanladilar. Hatto har doim bosiq bo‘lgan Raul ham bir kuni bazada faqat ingliz kiygan sharfda paydo bo‘ldi.

    Maydon tashqarisida Bekhem porladi, ammo maydonda unchalik emasdi: murabbiylar ko‘pincha unga yaxshiroq rol topa olishmasdi. Ba’zida ular boshqa superyulduzlarni joylashtirish uchun tayanch zonasiga qo‘yilgan.

    Keyinroq Peres Bekhemning transferi “Real”ning zamonaviy tarixidagi eng yaxshi kelishuvlardan biri ekanligini ta’kidladi. Ammo u aynan media qismiga urg‘u berdi: “Devid bizga daromadni uch baravar oshirishga yordam berdi. Biz deyarli har hafta uning hisobiga homiylik bitimlari tuzardik. U homiylar uchun ohanrabo edi. Bunday futbolchilar hisobiga daromadni oshirish orqali qarzlarni to‘liq to‘ladik va masofada raqobatbardosh bo‘lish uchun iqtisodiy poydevor yaratdik. Pul “Real” uchun muammo bo‘lmay qoldi.

    Foto: Sports
    Foto: Sports

    Ayniqsa, Bekhem Zidan bilan chiqishib ketdi: “Zinedinning so‘nggi o‘yinidan oldingi mashg‘ulotni eslayman. Kiyim almashtirish xonasida o‘tirganimda, u yonimga kelib: “Devid, so‘nggi bir necha yil ichida sen bilan o‘ynash juda yoqimli bo‘ldi”, — dedi. O‘rnimdan sakrab turdim, ko‘chaga yugurib chiqdim, do‘stlarim va otamga qo‘ng‘iroq qildim va: “Hozir nima bo‘lganiga hech qachon ishonmaysiz, Zizu hozirgina menga buni aytdi!”, — dedim.

    2006-yilning yozida Fabio Kapello madridliklar bosh murabbiyiga aylandi va Devidni zaxiraga oldi. Bir necha oy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmaganidan so‘ng, ingliz boshqa klublar bilan aloqaga chiqa boshladi. Kapello bundan xabar topdi va Bekhemni suhbatga chaqirdi: “Boshqalar bilan muzokara olib borayotganingni eshitdim. Bunday o‘yinchi kollektivning bir qismi bo‘la olmaydi. “Real”da boshqa o‘ynamaysan”.

    Shundan so‘ng Fabio Devidni asosiy jamoa mashg‘ulotlaridan chetlashtirdi va o‘yinlar qaydnomasidan chiqarib tashladi.

    Bekhem 2007-yil iyul oyida erkin agent sifatida AQShga ko‘chib o‘tish uchun “Gelaksi” bilan dastlabki shartnoma imzoladi. Ammo Devid izolyatsiyalangan maqomida ham har bir mashg‘ulotda bor kuchini sarfladi. Vaqt o‘tib, Kapello futbolchining sa’y-harakatlarini qadrladi va La Liga oxirrog‘ida uni tarkibga qaytardi. O‘shanda “Real” “Barsa” bilan raqobatlashayotgandi, Devid esa sakkizta o‘yinning yettitasida asosiy tarkibda maydonga tushdi (bir o‘yinni sariqlarning ko‘pligi tufayli o‘tkazib yubordi): to‘rtta gol urdi va chempionlikka muhim hissa qo‘shdi.

    Kapello Bekhemga nisbatan ortiqcha qattiqqo‘llik qilganini tan oldi, ammo kech bo‘lgandi — “Gelaksi” bilan bog‘liq barcha muhim qog‘ozlarga allaqachon imzo chekilgandi.

    Bellingem “Real”ning eng yaxshi debyutantlaridan biriga aylandi

    Foto: Sports
    Foto: Sports

    Bekhemdan keyin “Real” 16 yil davomida inglizlarni o‘z safiga qo‘shib olmadi. 2023-yilda Peres Bellingem uchun 103 million yevro (+bonuslar) to‘ladi.

    Jud bilan bitim imzolanishida Vinisius ham muhim rol o‘ynadi: “Men Jud bilan bir necha oy yozishib turdim. Boshqa jamoalar uni o‘z safiga qo‘shib olishni istayotganini bilar va doim unga “Bizga, dunyoning eng yaxshi klubiga o‘t,” deb yozardim. Kalafat (“Real”ning bosh skauti) mening do‘stim va agar men yordam bera olsam, buni qilishimni biladi. Kamavinga bilan ham shunday bo‘lgandi”.

    Jud Eden Azardan (120 mln) keyin klub tarixidagi ikkinchi eng qimmat futbolchiga aylandi va uning o‘yinidan katta umidlar kutilgandi. Anchelotti unga Vinisius va Rodrigo ortida rombda o‘nlik rolini berdi, shuning uchun Bellingem to‘purar sifatida namoyon bo‘ldi: “Real”dagi dastlabki 10 o‘yinda u 10 ta gol urdi. Klubdagi faoliyatining boshida bunday samaradorlik faqat Alfredo di Stefano va Krishtianu Ronalduda bo‘lgan.

    Anchelotti yangi kelgan futbolchining yetukligidan hayratda qoldi: “Jud 20 yoshda, lekin u 30 yoshdagidek o‘ylaydi va harakat qiladi. U allaqachon faxriy sifatida o‘ynamoqda va har doim jamoa uchun nima yaxshiroq ekanligini biladi. Kiyim almashtirish xonasida Bellingem o‘zini yetakchilardan biri sifatida his qiladi va ko‘rsatadi. U boshqalarni o‘z ortidan ergashtira oladi”.

    Birinchi mavsumdayoq Jud 23 ta gol urdi, “qaymoqranglilar”ning La Ligadagi eng yaxshi to‘purari (19 ta gol) bo‘ldi, Ispaniya Chempionati, Chempionlar Ligasi va Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqdi.

    Foto: Sports
    Foto: Sports

    Bellingemning o‘yini inglizlar “Real”ga moslasha olmayotgani haqidagi afsonani qisman yo‘qqa chiqardi. U nafaqat yashin tezligida “Madrid”ning eng yaxshi o‘yinchilaridan biriga aylandi, balki moslashish bilan ham muammolarga duch kelmadi: “Menga Ispaniyadagi shahar va hayot yoqadi. Odamlar juda xushchaqchaq. Keyingi 10-15 yil ichida o‘zimni shu yerda ko‘ryapman, baxtliman”.

    13 avgust, 16:37   Izoh (0)   303
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Real Madrid#Bekhem#Bellingem#La Liga

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘limidan 10 daqiqa o‘tib, qayta tirilgan erkak taassurotlari bilan bo‘lishdi

    Dunyo | 13 avgust, 18:30

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi “Tul” nazorat-o‘tkazish punkti vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 18:20

    Alina Kabayeva yashaydigan Putin qarorgohida havo mudofaasi kuchaytirildi — OAV

    Dunyo | 13 avgust, 18:10

    Tez ayniydi: muzlatkich eshigida saqlash mumkin bo‘lmagan 7 ta mahsulot

    Layfstayl | 13 avgust, 18:00

    Joriy yilda 5,2 mln fuqaroni ish bilan taʼminlash rejalashtirilgan — Obid Hakimov

    O‘zbekiston | 13 avgust, 17:54

    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

    Reklama | 13 avgust, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.