“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, haftaning ikkinchi yarmida havo nisbatan salqinlashadi.

11—12-avgust kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asosan 38-40 daraja, janubda 42 darajagacha bo‘ladi. Faqat shimoli-g‘arbiy viloyatlarda va cho‘l hududlarda ertaga kunduzi harorat 2-3 darajaga pasayadi.
13-avgust, chorshanba kuni haroratning pasayishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Lekin issiqning sezilarli darajada pasayishi ish haftasining ikkinchi yarmida kutilmoqda, bunda respublika hududining katta qismida harorat 34-37 darajagacha, faqat eng chekka janubda 40 darajagacha pasayadi.
Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida 13-avgust kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Harorat kechalari 21-23 daraja, kunduz kunlari 11—12-avgustda 38-40 daraja, 13-avgustda 36-38 daraja, 14—15-avgustda 34-37 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)