AQSHning Kolorado shtatida tarixdagi eng yirik o‘rmon yong‘inlari avj oldi. Shtatda joylashgan qamoqxona mahbuslari evakuatsiya qilindi. Bu haqda NBC News xabar berdi.

Garfild va Rio-Blanko okruglarida 433 kvadrat kilometrdan ortiq maydonni qamrab olgan. Tog‘li hududlardagi aholi allaqachon boshqa joyga ko‘chirilgan. Yong‘inning faqat 6 foizi nazorat ostiga olingan. Jarohatlanganlar va zarar ko‘rgan inshootlar haqida ma’lumot berilmagan.
Ehtiyot chorasi sifatida Kolorado axloq tuzatish koloniyasidagi 179 nafar mahbus evakuatsiya qilingan. Ular vaqtincha Buena Vista axloq tuzatish majmuasiga ko‘chirilgan. Mingdan ortiq o‘t o‘chiruvchilar yong‘inga qarshi kurashmoqda.
Kolorado shtatining yong‘inlarni oldini olish va nazorat qilish boshqarmasiga ko‘ra, Denverdan taxminan 400 kilometr g‘arbda daraxtlar va butazorlar orasida tarqalayotgan Li yong‘ini hozirda shtat tarixidagi oltinchi yirik alohida yong‘in hisoblanadi.
Kaliforniyadagi bu yilgi eng yirik yong‘in Gifford yong‘ini bo‘lib, 1-avgustdan beri Santa Barbara va San-Luis Obispo okruglarining kamida 466 kvadrat kilometrini qamrab oldi. Yakshanba kuni u 32 foiz nazorat ostiga olingan edi.
Izoh (0)