Madridning “Real” klubi 2025-yilgi “Oltin to‘p” mukofotiga nomzod bo‘lgan futbolchilarini na ijtimoiy tarmoqlarda, na klub telekanali orqali tabrikladi. COPE nashri jurnalisti Siro Lopesning yozishicha, bunga klubning o‘tgan yilgi marosimdan so‘ng mukofotga bo‘lgan ishonchini yo‘qotgani sabab bo‘lgan.

Bu orqali “Real” o‘tgan yilgi natijalardan keyin mukofot tashkilotchilariga bu sovringa ishonmasligini bildirgan, deydi Lopes.
Xabarda qayd etilishicha, “qaymoqranglilar” kelgusi yillarda ham o‘z futbolchilari nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan taqdirda ham, ayni shu pozitsiyasida qolishi mumkin.
2025-yilgi “Oltin to‘p” mukofotiga “Real”dan Vinisius Junior, Kilian Mbappe va Jud Bellingem nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Xuddi shunday holat “Lev Yashin” mukofoti uchun kurashayotgan Tibo Kurtua hamda “Kopa” sovrini uchun nomzod bo‘lgan Din Xeysen bilan ham yuz berdi.
Bu sovuq munosabatlar ortida boshqa omillar ham bor. Xususan, klub prezidenti Florentino Peres Superliga loyihasini boshlaganidan buyon UEFA bilan munosabatlari sovuq tus olgan.
“Real Madrid” hurmat qilinmaydigan joyga bormaydi, deya klub vakili vaziyatni izohlagan.
Eslatib o‘tamiz, “Real” delegatsiyasi 2024-yilgi “Oltin to‘p” marosimida qatnashmagan edi. O‘shanda mukofot Ispaniya terma jamoasi va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrigo bilan topshirilgan, Vinisius Junior esa ikkinchi o‘rinni egallagandi.
Izoh (0)