• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigini yo‘lladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigini yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbari barchani ulug‘ ayyom – muborak Ramazon hayiti bilan chin yurakdan samimiy tabriklab, o‘zining yuksak hurmati va ezgu tilaklarini izhor etdi.

    Qadrli yurtdoshlar!

    Avvalo, siz azizlarni, butun xalqimizni ulug‘ ayyom – muborak Ramazon hayiti bilan chin yurakdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

    Ushbu saodatli damlarda bu yilgi Ramazon oyini har tomonlama munosib o‘tkazib, Iyd-al-Fitrni el-yurtimiz bilan birga mana shunday shod-u xurramlikda kutib olayotganimiz uchun Yaratganga behisob shukronalar aytamiz.

    Albatta, tub mohiyatida insonparvarlik g‘oyasi mujassam bo‘lgan muqaddas islom dinining ezgu qadriyatlari bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga naqadar uyg‘un va hamohang ekani Ramazon oyida yanada yaqqol namoyon bo‘ldi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

    Bu haqda so‘z yuritganda, avvalo, ma’naviy poklanish, sabr-qanoat, shukronalik, xayr-u saxovat fazilatlari ulug‘lanadigan ushbu oyni milliy an’ana va qadriyatlarimizga mos tarzda, yuksak saviyada o‘tkazish, yurtimiz musulmonlari ibodat amallarini emin-erkin ado etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidlash lozim.

    Ayniqsa, bu muborak oyning “Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” degan g‘oya asosida o‘tkazilgani jamiyatimizda tinchlik, do‘stlik, mehr-oqibat va saxovat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

    Shu maqsadda kam ta’minlangan, yordamga muhtoj oilalar, keksa, nogiron va yolg‘iz insonlar holidan xabar olish, kambag‘al kishilarning og‘irini yengil qilish, uylar va mahallalarni obod etish, uch avlod vakillari ishtirokida ommaviy daraxt ekish, yangi bog‘-u rog‘lar barpo etish bo‘yicha ko‘plab xayriya tadbirlari o‘tkazilganini qayd etish zarur. Jumladan, respublikamiz bo‘ylab ko‘pmillatli, ko‘p konfessiyali mamlakatimiz jamoatchiligi vakillarini birlashtirgan iftorlik marosimlari bizning kuchimiz birlikda va hamjihatlikda ekanini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.

    O‘ylaymanki, keyingi yillarda yaxshi an’anaga aylangan bunday marosimlar inson qadrini ulug‘lash, mehnatkash va olijanob xalqimizni yagona, ahil oila sifatida birlashtirish borasida beqiyos ahamiyatga ega bo‘lib, biz bu ishlarni bundan buyon ham albatta davom ettiramiz.

    Hurmatli do‘stlar!

    Barchangizga ma’lumki, islom – bu avvalo, odamiylik, ilm-fan, bilim va ma’rifat, ezgu fazilatlarni ulug‘lash ta’limotidir.

    Shu borada mamlakatimizda islom sivilizatsiyasi va madaniyati asosida yaratilgan boy ilmiy-ma’naviy merosni to‘plash, o‘rganish va keng targ‘ib etishga so‘nggi yillarda ulkan e’tibor berilmoqda. Ayni shu maqsadda yurtimizda yangi-yangi ilmiy-ma’rifiy markazlar, diniy yo‘nalishdagi ta’lim maskanlari, qutlug‘ ziyoratgohlar barpo etilib, samarali faoliyat olib bormoqda.

    Hech shubhasiz, bularning barchasi go‘zal diyorimizda barcha soha va tarmoqlar qatori diniy-ma’rifiy hayot ham uzluksiz rivojlanishda ekanidan dalolatdir. Bu ishlarda yurtimiz mo‘min-musulmonlari, butun xalqimizning munosib hissasi borligini ta’kidlab, buning uchun barchangizga samimiy minnatdorlik bildiraman.

    Mana shu shukuhli ayyomda chet ellarda ona yurtga sadoqat tuyg‘usi bilan yashayotgan vatandoshlarimizni ham Ramazon hayiti bilan chin dildan qutlab, ularga ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

    Ushbu sharofatli kunda dunyoning uzoq-yaqin o‘lkalaridagi musulmon ummatini ham qizg‘in tabriklab, ularning xalqlari va mamlakatlariga do‘stlik salomimizni yo‘llaymiz.

    Aziz va muhtaram vatandoshlar!

    Siz, azizlarni Ramazon hayiti bilan yana bir bor chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga mustahkam sog‘liq, baxt-u saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.

    Ramazon oyida qilgan barcha ezgu niyat va duolarimiz ijobat bo‘lsin!

    Alloh taolo jonajon Vatanimiz va xalqimizni o‘z panohida asrasin!

    Iyd-al-Fitr ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin!

    29 mart, 21:11   Izoh (0)   2200
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shavkat Mirziyoyev#Ramazon#hayit

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: 2021-yilda o‘zbekistonliklarning e’tiborini tortgan voqealar

    31.12.2021, 10:11

    “Karlar sporti doim so‘roq ostida turadi. Pul ajratsam, oqlarmikan, chempion bo‘larmikan, deb ikkilanishadi”. Jahon chempioni Sirojiddin Zayniddinov bilan suhbat

    13.02.2022, 17:19

    O‘zbekiston muftiysi Ramazon hayiti sanasi nega haligacha e’lon qilinmayotgani sababini ma’lum qildi

    29.04.2022, 22:27

    O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlari ma’lum qilindi

    01.05.2022, 10:38

    Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalar yopiladi

    01.05.2022, 12:35

    Shavkat Mirziyoyev nomiga Ramazon hayiti munosabati bilan davlat va hukumatlar rahbarlari hamda ulamolardan qutlovlar kelmoqda

    03.05.2022, 15:46

    O‘zbekiston aholisi Ramazon hayitida ketma-ket 4 kun dam oladi

    20.04.2023, 11:07

    Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdan Xiva va Samarqandga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

    20.04.2023, 12:55

    Namanganlik 108 yoshli nuroniyga prezident nomidan Traverse sovg‘a qilindi

    29.03.2024, 09:42

    “Daryo” dayjesti: 8-aprelning eng muhim xabarlari

    08.04.2024, 22:15

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi 

    09.04.2024, 21:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z umumxalq bayrami bilan tabrikladi

    21 mart, 10:36

    Navro‘z va Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi

    21 mart, 19:35

    Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi (foto)

    22 mart, 16:20

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

    22 mart, 17:08

    Shavkat Mirziyoyev “Ko‘ksaroy”da o‘tkazilgan iftorlik marosimida nutq so‘zladi

    25 mart, 18:56

    Shavkat Mirziyoyev keng jamoatchilik bilan birgalikda iftorlik marosimida ishtirok etdi (foto)

    25 mart, 21:34

    Prezident ishtirok etgan iftorlik marosimi, Andijondagi zilzila, demontaj qilinadigan bankomatlar: 25-martning eng muhim xabarlari

    25 mart, 23:00

    O‘zbekistondagi masjidlarda Qur’oni karimning xatmonalari bo‘ladi 

    26 mart, 16:45

    Qamoqqa olingan poytaxt FVB boshlig‘i o‘rinbosari, faoliyatini tiklagan Shahrisabz aeroporti, qamoqxonada qiynoqqa solingan mahkum: 26-martning eng muhim xabarlari...

    26 mart, 23:35

    Endi tadbirkorlar kamida besh yil ijarada foydalangan davlat mulkini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zi sotib olishi mumkin bo‘ladi

    27 mart, 16:26

    O‘zbekistonda 2025-yil sentyabrdan xalqaro maktab faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

    27 mart, 19:05

    Shavkat Mirziyoyev YIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili bilan O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini muhokama qildi

    27 mart, 20:43

    Poyezddagi suvaraklar, qo‘polligi sabab ishdan olingan tarbiyachi, Yangiyo‘lda bog‘chaga qulagan kranning o‘q qismi: 27-martning eng muhim xabarlari

    28 mart, 00:11

    Guliston—Toshkent—Chinorkent yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

    28 mart, 11:06

    O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari norasmiy uchrashuv o‘tkazadi

    28 mart, 15:16

    Malayziya O‘zbekistonda halol insulin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi 

    28 mart, 19:10

    “M-25” konida yuz bergan vodorod sulfidining otilishi, pora ustida ushlangan soliqchi, afv etilgan jazo muddatini o‘tayotgan 488 nafar shaxs: 28-martning eng muhim...

    28 mart, 23:42

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

    29 mart, 10:43

    Shavkat Mirziyoyev Olmaotaga tashrif buyurdi

    29 mart, 13:04

    O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari “Medeu” tog‘-chang‘i klasterini borib ko‘rdi

    29 mart, 13:40

    O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

    29 mart, 15:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.