Shavkat Mirziyoyev 25-mart kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurgani va u yerda o‘tkazilgan iftorlikda ishtirok etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Namangan24” kanalining yozishicha, iftorlikda ishtirok etgan 108 yoshli otaxonga davlat rahbari nomidan avtomobil sovg‘a qilingan.
![](/static/2024/Fozilbek/photo_2024-03-29_05-21-21.jpg)
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida Namangan tumanidagi Mullakuding qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 108 yoshli Ibrohimjon ota Xo‘jayev davlat rahbari haqiga duoda bo‘lgandi.
![](/static/2024/Fozilbek/photo_2024-03-29_05-20-44.jpg)
Ramazon oyi va yaqinlashib kelayotgan Hayit bayrami munosabati bilan prezident nuroniy Ibrohimjon hoji ota Xo‘jayevga Traverse avtomashinasini tuhfa qildi.
![](/static/2024/Fozilbek/photo_2024-03-29_05-21-28.jpg)
Izoh (0)