O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 29-mart kuni amaliy tashrif bilan Olmaota shahriga jo‘nab ketdi.

Ikki mamlakat yetakchilarining norasmiy uchrashuvida O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
Savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish e’tibor markazida bo‘ladi.
2024-yilning aprel oyi boshida O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilarining shunday ikki tomonlama uchrashuvi Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
Qosim-Jo‘mart To‘qayev Urganch xalqaro aeroportida milliy qo‘shiq va raqslar bilan tantanali kutib olingandi. Tashrif davomida ikki davlat yetakchilari muzokaralar o‘tkazib, qadimgi Xiva shahrining tarixiy obidalarini ziyorat qilgandi.
Izoh (0)